22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:34
Jamiyat 👁 248

“Milliy qadriyatlarimiz - bebaho boyligimiz” shiori ostida koʻrgazma tashkil qilindi

“Milliy qadriyatlarimiz - bebaho boyligimiz” shiori ostida koʻrgazma tashkil qilindi

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz bebaho boyligimizdir. Uni asrab-avaylash, avlodlarga meros qoldirish barchamizning muqaddas burchimiz va vazifamizdir.

24-iyul kuni Amudaryo tumanining Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini binosida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahallaning koʻchaboshchi, faol ayollari, yosh qiz-kelinchaklar ishtirok etdilar. Tadbir davomida mahallaning chevar ayol-qizlari oʻz qoʻl mehnatlari bilan tayyorlagan quroq bolishlari, koʻrpa hamda koʻrpachalarini koʻrgazmaga qoʻydilar.

Aytish lozimki, yurtmizdagi har bir hududning oʻziga xos quroq namunalari bor. Ular har xil matolar va shakllardan tikiladi. Quroq qurash odamning sabrini sinovdan oʻtkazadi. Quroq koʻrpa, koʻrpacha, qiz uzatganda qoʻshib beriladi. Quroqdan tikilgan mahsulotlarni kelinning sepiga qoʻshish qizning borgan yerida ildiz otib, palak yoyib, oʻzidan koʻpayib, qoʻshgani bilan qoʻsha qarisin, qurashib ketsin, degan maʼnolarni ifodalaydi. Toʻydan avval quroq tikish, qizining sepiga qoʻshish – oʻzbek xalqining urf-odati.

Koʻrgazmada koʻchaboshchi ayollari milliy hunarmandchiligimiz namunalari boʻlgan quroqchilik, kashtachilik, zardoʻzlik sanʼati haqida batafsil maʼlumot berdilar. Tadbirda ishtirok etayotgan boshqa ayol-qizlarni ham uyda bekor vaqt oʻtkazmaslikka, hunar oʻrganishga chaqirib hunarli boʻlgan inson kam boʻlmasligini hayotiy misollar orqali batafsil tushuntirdilar. Quroq qurash qadimdan kelayotgan xalq amaliy sanʼati ekanligini, quroqni til-koʻzdan, yomonlikdan saqlaydigan tumor sifatida foydalinishlarini aytib, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish boʻyicha oʻzlarining taklif va tavsiyalarini berib oʻtdilar.

Koʻrgazmada koʻchaboshchi ayollar har bir oʻzbek qiz-kelinchagini bugungi kungacha saqlangan va ayni paytda yanada ommalashib borayotgan, momolarimizdan qolgan quroqchilik anʼanasini davom ettirishga chorladilar.

Toʻlqin ovulidagi sogʻlom maʼnaviy muhit, koʻchaboshchi ayollarining xonadonma-xonadon yurib, ayol-qizlar bilan doimiy ravishda muloqot qilishlari yosh oilalar uchun ibrat boʻlib kelmoqda.

Shuningdek, jamoatchilik asosida tashkil etilgan “Koʻchaboshchi ayollar” tuzilmasi ishlarni nafaqat xonadonbay tashkil etishda, balki xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Toʻlqin ovulida boʻlib oʻtgan mazkur tadbir ham mahallaning xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotayeva hamda koʻchaboshchi ayollarining tashabbusi bilan tashkil etilib, 40 nafarga yaqin ayol-qizlar qamrab olindi.

Milliy hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi yuqori saviyada tashkil etilib, ayol-qizlarga hunar oʻrgangan inson aslo kam boʻlmasligi, hunarli ayol oilaviy daromadiga hissa qoʻshishi mumkinligi, qolaversa kasb-hunar bilan shugʻullangan oilalarda kelishmovchiliklar kelib chiqmasligi, shu sababdan ham yosh qizlarga bolalik paytidan boshlab hunar oʻrgatish lozimligi taʼkidlandi.

Boʻlib oʻtgan milliy hunarmandchilik koʻrgazmasi ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026