21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:59
Jamiyat 👁 255

HALOLLIKNING MUKOFOTI

HALOLLIKNING MUKOFOTI

Biz halollik haqida juda koʻp gapiramiz. Nasibangni halol mehnating ila topib, kundalik hayotingni xotirjam oʻtkazish, atrofingdagilarning hurmat-eʼtiboriga sazovor yashash hammaga ham nasib etavermaydi.

Buning uchun, avvalo insonda qatʼiyat, sabr-toqat, oʻz faoliyatini doimiy tahlil va tahrir etib yashash qobiliyati, mardonalik mujassam boʻlmogʻi joiz.

Mohir jurnalist Oygul Rajabovaning feʼlida aynan ana shu fazilatlar uygʻunligi uchun ham uning hayoti koʻplar havas qilishga arzigulik yorqin sahifalarga toʻla.

Ilk jurnalistik faoliyatini 1985-yilda “Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida qishloq xoʻjalik boʻlimi muxbiri lavozimida ishlashdan boshlagan Oygul Rajabova 38 yillik ijodiy izlanishlari, qaynoq mehnat jarayonida toblandi. Oʻzining qatʼiyati, sabr-toqati, oʻz ustida tinmay ishlashi, kasbiga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbati bilan elning aziz farzandiga aylandi, shaxs sifatida shakllandi. Mehnatga halollik bilan munosabatda boʻlishni oʻziga hayotiy shior qilib olgan Oygul ijodda va umr yoʻllaridagi jamiki muvaffaqiyatlariga mardonalik bilan erishdi.

Biz uning shaxs sifatida shakllanish jarayonlariga guvoh, doʻst, hamkasb sifatida shuni dadil ayta olamizki, Oygul Rajabova oʻzining kamtarligi, xalq hayotiga doir muammolarni dadil koʻtarib chiqishi va boshqa olijanob fazilatlari bilan nafaqat ijodiy jamoa, balki el-yurt hurmatiga sazovor boʻla oldi. Tahririyatda qalami oʻtkir, sermulohaza  jurnalist, talabchan ustoz, samimiy va mehribon doʻst sifatida eʼtibor topdi, yuzlab muxlislariga ega ijodkorga aylandi. Bugungi kunda yillar davomida ijodiy faollikni oʻziga hamroh qilgan Oygul deyarli har kuni aziz xalqi bilan birga. Kimningdir hayotidagi muammolar yechimini izlab, goh olis ovullarga, mahallalarga yoʻl olsa, yana kimlardir u qilgan yaxshiliklar uchun eng ulugʻ mukofot – minnatdorchilik izhor etish maqsadida tahririyat eshigidan kirib keladi. Ana shunday lahzalarda Oygulning yuz-u koʻzlari yashnab ketadi:

– Ming shukur, halollikka yetadigan neʼmatning oʻzi yoʻq, xalqqa nafim yetganiga shukur, – deya koʻngli togʻday yuksaladi uning.

Bu Oygulga xos fazilat, hayotining haqiqiy ziynati!

U jonajon Amu eliga har lahza oʻzining otashin soʻzini aytishga oshiqdi, xalqni yangi marralar sari ruhlantirishga intildi va pirovardida Amu elining oʻz qiziga aylandi.

Ijodiy faoliyati davomida “Mashaqqatlarda toblangan umr” ocherki, “Tushlarimga kirib turing” esse janridagi biri-biridan oʻqishli, badiiy yetuk ijod namunalarini aziz xalqiga kitob shaklida taqdim etdi. Mohir tarjimon sifatida qoraqalpoq shoir va yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirib, millatlar va adabiyotlar doʻstligining qudratidan yuzlab kitobsevarlarni bahramand etib kelayotgani va bu xizmati uchun baʼzilarga oʻxshab davralarda oʻz “meni”ni oldinga olib chiqishga intilmaganining oʻzi ham faqat va faqat Oygul Rajabovaga xos halollik, fidoyilikdir.

Oygul oʻz iqtidori, bilim va tajribasi, qolaversa, ijodkorga xos ogʻir-vazminligi bois, tahririyatda turli yillarda oddiy muxbirlikdan boʻlim mudiri, masʼul kotiba kabi vazifalarni sharaf bilan ado etib kelayotgan yetuk ijodkor, oilada tadbirli beka, ikki oʻgʻil, ikki qizni umr yoʻldoshi Maqsud aka Salayev bilan oʻqimishli, kasb-korli, uyli-joyli qilgan hurmatga musharraf ona, sermulohaza qaynona, 7 nafar shirin-shakar nevaralarning sevimli buvijonisi. Oʻgʻil-qizlari kamolidan, biri-biridan oqila kelinlaridan koʻngli toʻq, kasbiy faoliyatidan ham qoniqish hissi bilan yashab, doimiy ijod bilan band.

Fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilib, turli yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasining Faxriy yorliqlari, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20-yil” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan Oygul Rajabovaning el-yurt oldidagi fidoyi xizmatlari, halol mehnati davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, II Darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.

Oddiy, oʻta kamtar, halollikni oʻzining hayot shioriga aylantirgan, fidoyi ijodkor, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Oygul Rajabovani butun ijodiy jamoamiz, muxlislari va shogirdlari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Samimiyat choʻgʻi lovullab turgan goʻzal feʼl-atvori, ibratga munosib ustozlik sharafi, eʼzoz va ehtiromga loyiq hayot yoʻli bilan yana uzoq yillar yosh ijodkorlar uchun chinakam ijod maktabi sohibasi boʻlib yashang va qoʻlingizdan aslo qalamingiz tushmasin, ijod zavqi hamrohingiz boʻlsin, Oygul!

Halollikdan umr yoʻlida

Izzat-hurmat oshyonin qurdi.

Bor boyligi – Qalam qoʻlida,

Soʻz mavjida javlonlar urdi.

 

Amu elga chin farzand boʻlib,

Tashvishiga yelka tutdi u.

El quvonsa, quvondi toʻlib,

Shu feʼlidan eʼzoz topdi u!

 

Tahririyat jamoasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026