21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:52
Fan va taʼlim 👁 425

FAOL MAʼNAVIYaT TARGʻIBOTChISI

FAOL MAʼNAVIYaT TARGʻIBOTChISI

Yurtimiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktori oʻrinbosarlari zimmasiga maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, oʻquvchilarning kitobxonlik darajasini oshirish, ularni xalqimizning milliy qadriyat, anʼanalarini asrab-avaylashga, hurmat qilishga oʻrgatish asnosida ongida maʼnaviy immunitetni mustahkamlash kabi biri-biridan muhim vazifalar yuklangan.

Shuningdek, oʻqituvchilar jamoasida sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratish, ilgʻor, oʻz kasbiga ijodiy yondoshadigan, intiluvchan oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularga oʻz ustida ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, namunali oʻqituvchilar tajribalarini ommalashtirish orqali muassasada taʼlim sifatini oshirishga erishish ham ularning zimmasida.

Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasida faoliyat yuritayotgan 11-sonli maktab tumandagi eng yoshi ulugʻ taʼlim muassasalaridan biri sanaladi. Faoliyati davomida maktabda taʼlim olgan oʻquvchilardan turli sohalar boʻyicha olim-u fuzalolar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, qishloq xoʻjaligi fidoyilari yetishib chiqqan maktabning nufuzi hozirgi kunda ham namunali, deyish mumkin.

Maktab oʻquvchilari “Eng namunali sinf sardorlari”, “Kamalak bilimdonlari”, “Eng namunali maktab sardorlari” tanlovlarida, asosiy fanlar olimpiadalarida munosib oʻrinlarni egallab kelishayapti. “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida oʻquvchilar sportning mini futbol, yengil atletika, voleybol, shaxmat turlari boʻyicha tumanda 1-, 2-oʻrinlarni egallashdi. Joriy yilgi bitiruvchilarning 1 nafari Ichki ishlar akademiyasiga oʻqishga kirdi, 2 nafar oʻquvchi ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatiga ega, 2 nafar oʻquvchi maktabni oltin medal bilan tugatdi. Bu natijalar joriy yilgi bitiruvchilarining oliygohlarga kirish reytingi yana ham oshishiga xizmat qiladi.

Muassasada qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodovaning munosib hissalari bor. Asli oʻqituvchilar oilasi vakilasi boʻlgan Qundozoy ushbu maktabda taʼlim olgan, aʼlo baholarga oʻqish bilan birga sheʼrlar, hikoyalar yozib turar, ijod namunalari “Jetkinshek”, “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi”) gazetalari yoritilardi.

U 2005-yilda 11-sonli maktabni tugatib, shu yili Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Oliygohda ham ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib, iqtidorini namoyish etdi. 2009-yilda oliygohni tugatib, oʻzi oʻqigan maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlib ilk mehnat faolitini boshladi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi vazifasida ishladi.

Ayni kunda esa maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida sidqidildan mehnat qilayapti. Shu boisdan ham maktabda turli mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yuksak saviyada oʻtkaziladi, taʼsirchanligiga erishiladi. Oliygohlarda taʼlim olayotgan talabalar, oliygohlarni bitirib, turli sohalarda mehnat qilayotgan maktabning sobiq oʻquvchilari bilan tez-tez oʻquvchilarning uchrashuvlarini oʻtkazib turishga alohida eʼtibor qaratadi. Hududning ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniy otaxonlari, onaxonlari, ibratli oilalar vakillari bilan uchrashuvlar esa oʻquvchilar uchun ibrat maktabi boʻlayotir.

Qunduzoy Xolmurodova oʻquvchilarning kelajagi uchun qanday kasbni tanlashidan qatʼiy nazar, maʼnaviyatli, odobli va fidoyi boʻlib kamolga yetishiga intiladi. Bu niyatlari uni doimo gʻayrat-shijoat bilan ishlashga undayveradi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026