KEKSALAR – JAMIYaT KÖRKI
Inson – hayot gultoji. U özining orzu-intilişlari, ezgu amallari bilan hamişa hayot gulboğining körki bölib kelgan. Çunki kişilik jamiyatidagi barça ijobiy özgarişlar, yangilaniş va taraqqiyot faqat va faqat inson zakosi, fidoyi mehnatining mahsulidir. Hayotda özidan yaxşi iz, yaxşi nom qoldirib yaşaş esa har bir inson dilidagi eng ezgu maqsad.
Men har gal keksa avlod vakillari bilan uçraşganimda, muloqotda bölganimda ularning nafaqat bosib ötgan umr yöllari, balki har bir sözi bugungi yoşlarimiz uçun eng ibratli maktab ekanligini his etaman. Çehralarida nuroniylik balqib turgan keksa onaxon va otaxonlarimiz – jamiyatimizdagi bugungi mislsiz taraqqiyotga juda katta hissa qöşgan, xalq farovonligi, baxt-saodati yölida kuç-qudratini safarbar etgan fidoyilar aynan ulardir. Şuning uçun ham muhtaram Prezidentimiz nuroniy insonlarga hurmat va eʼtiborning yana bir ramzi sifatida 2015-yilga "Keksalarni eʼzozlaş yili” deb nom berdilar. Şu barobarida Yurtboşimiz: "Barçamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning oğir yukini, uning quvonç va taşvişini umr böyi yelkasida kötarib kelgan möʼtabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qiliş, ularning duosini oliş – dunyodagi eng uluğ, eng savobli iş”, ekanligini taʼkidladilar, yilga monand Davlat dasturi qabul qiliş, bugungi kunda keksa avlod vakillari hayotiga daxldor bölgan muammolarni hal etiş masalalari "Keksalarni eʼzozlaş yili” Davlat dasturi ijrosida öz amaliy isbotini topişi zarurligiga alohida töxtalib ötdilar.
Darvoqe, qariyalarimiz nafaqat xonadonlarimizning, balki hayotimizning fariştalari, gultoji, jamiyatimiz körki. Ularning yaxşi dam olişlari, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinişi uçun ğamxörlik körsatiş inson omiliga eʼtiborning eng ustuvor tamoyillaridan biridir. Bu 2015-yilning 18-fevralida qabul qilingan "Keksalarni eʼzozlaş yili” Davlat dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida öz ifodasini topgan. Ayniqsa, Dasturda 1941-1945-yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qiliş va qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş yuzasidan yil davomida amalga oşiriladigan işlar, körsatiladigan xizmatlar bandma-band belgilab qöyilgani yanada quvonarli. Haqiqatan ham, mamlakatimiz aholisining juda kam sonli qatlamini taşkil etuvçi ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti faxriylari uçun farovon va munosib turmuş şaroitlari yaratiş bilan birga ularning köngilli dam olişlari, Özbekistondagi özlari xohlagan sihatgohlarda davolanib, salomatliklarini mustahkamlaşlari uçun barça zarur işlarni amalga oşiriş Davlat dasturida öz ifodasini topgan. Hatto qariyalarning qiziqişlari böyiça mahallalarda turli muloqot markazlari, klublar taşkil etiş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari uçun şaroit yaratiş, uluğ insonlarning qiziqişlariga mos mavzularda maxsus telekörsatuvlar, spektakl va filmlar yaratiş ham Keksalarni eʼzozlaş yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar sirasiga kiritilişi biz – keksa avlod vakillariga körsatilayotgan beqiyos ğamxörlikdir. Menimça, bundan ortiq mehr-oqibat, eʼtibor va ğamxörlik bölmasa kerak. Demak, nuroniylarimiz töla davlat muhofazasida, ularning yaxşi, har tomonlama farovon, izzat-hurmat qurşovida yaşaşlari uçun Prezidentimizning özi jon kuydirayotir. Biz – nuroniylar bundayin ğamxörlikka munosib ravişda tobora mislsiz taraqqiyot poğonalaridan yuksalib borayotgan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaş yölidagi barça xayrli işlarga qöl-qanot, eng yaqin maslahatgöy, bir samimiy döst bölib yaşaşga hamişa burçlimiz. Çunki mamlakatimizning bugungi qudrati va salohiyatida keksa avlod vakillari – biz nuroniylarning munosib hissamiz bor. Buni qalban his etib yaşaş esa bizga hamişa kuç-quvvat bağişlaydi.
Bekman ALLABERGANOV,
"Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶