22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 15:01
Jamiyat 👁 200

MAHALLIY BYuDJETGA YOʻNALTIRILADIGAN SOLIQLARNING OʻZ VAQTIDA TOʻLANIShI DOIMIY NAZORATDA

MAHALLIY BYuDJETGA YOʻNALTIRILADIGAN  SOLIQLARNING OʻZ VAQTIDA TOʻLANIShI DOIMIY NAZORATDA

Maʼlumki, soliqlar davlat va mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi va byudjetning xarajatlar qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy taʼsir koʻrsatadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning tegishli ajratma qilingan qismi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan va boshqa turdagi soliqlar tuman mahalliy byudjetiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, 2023-yilning 8 oyi davomida tumanimiz soliq toʻlovchilari tomonidan byudjetga 62 mlrd. 729,3 mln. soʻm miqdorida soliq toʻlanib, belgilangan prognoz 2 mlrd. 283 mln. soʻm ortigʻi bilan, yaʼni 103,8 foizga bajarildi. Tuman hududida yer va mol-mulk soligʻini toʻlovchi jismoniy shaxslar 44272 nafarni tashkil qiladigan boʻlsa, ularga 2023-yilda 29 mlrd. 553,2 mln. soʻm miqdorida soliq hisoblangan. Shundan 1-sentyabr kunigacha 13 mlrd. 447,4 mln. soʻm byudjetga tushum tushishi taʼminlandi.

Jismoniy shaxslarning noturar obʼektlarining yer va mol-mulk soligʻiga 2023-yilda 3 mlrd. 710,3 mln. soʻm undirilishi belgilangan boʻlsa, 1-sentyabr holatiga 2 mlrd. 235,4 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻ byudjetga undirildi. Deklaratsiya soligʻi boʻyicha 2023-yilda 851,3 mln. soʻm belgilangan boʻlsa, shundan 1-sentyabr holatiga 705,8 mln. soʻm mablagʻ undirilib, byudjetga yoʻnaltirildi.

Joriy yil 1-sentyabr holatiga yakka tartibdagi tadbirkorlar 1372 nafarni tashkil qiladigan boʻlsa, shundan 861 nafari faoliyat yuritmoqda. Qolgan 511 nafar tadbirkor faoliyatini toʻxtatgan. Ulardan 1-sentyabr holatiga 616 mln. soʻm soliq pullari undirilib, byudjetga oʻtkazilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda qoʻlida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning oʻzini-oʻzi band qilishi, ish stajiga ega boʻlishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda. Tumanda 8693 nafar fuqarolar oʻzini-oʻzi band qilish tizimi orqali roʻyxatdan oʻtib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shugʻullanib kelmoqda. Ular tomonidan toʻlangan 44,2 mln. soʻm miqdoridagi soliq puli byudjetga undirildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimizda ham ularning manfaatlari uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga eʼtibor qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga oʻz-oʻzidan chek qoʻyilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 949 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar tuman DSI xodimlari tomonidan davlatimizda joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi toʻgʻrisida tadbirkorlar oʻrtasida olib borilayotgan tushuntirish-targʻibot ishlari natijasida 232ta korxonadagi 333 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish oʻrinlariga ega boʻldilar.

Agar ushbu koʻrsatkichlarni sohalar kesimida koʻrib chiqadigan boʻlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 216 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida 74 nafar hamda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 18 nafar, shuningdek, qurilish sohasida 25 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 194 mln. soʻm qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirildi.

Aholining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam taʼminlangan shaxslar, oilalarga yetarli darajada ijtimoiy koʻmak berish va shu kabi koʻplab moliyaviy masalalar mahalliy byudjet orqali amalga oshiriladi. Bunda mahalliy byudjetga tushadigan soliq va yigʻimlar muhim oʻrin tutadi. Shu bois, har bir fuqaro soliq toʻlamlarini oʻz vaqtida toʻlashi, bunga eʼtiborli boʻlishi lozim.

A.Seitov, tuman DSI boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026