ELGA YaRAŞGAN EZGU ANʼANA
Xalqimiz azal-azaldan bayramlarni, qutluğ kunlarni özgaça tayyorgarlik bilan
qarşilaydi. Avvalo, köça va guzarlarni, xonadon va hovlilarni tartibga keltirib, tozalik va
orastalikni boş masala qilib belgilaydi. Kun sayin yaqinlaşayotgan uluğ ayyom –
Navrözi olam arafasida xalqimizning ana şu ezgu anʼanasi umumxalq xaşari
körinişida butun Respublikamiz böylab uyuşqoqlik bilan ötkazildi.

Xalqimizning asrlar oşa hayotidan teran joy egallagan va bizgaça yetib kelgan urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini özida jamlagan asl milliy bayramimiz – Navrözi olamni munosib nişonlaşga hozirlik qizğin pallaga kirgan 14-15-mart kunlari butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham umumxalq hayriya xaşari ötkazildi.

Haşar – elga yaraşar, -deydi xalqimiz. Çindan-da mehnat jamoalari, umumtaʼlim maktablari, örta maxsus kasb-hunartaʼlimi öquvçilari, öqituvçilari, vaqtinça işsiz, mehnatga yaroqli fuqarolarning haşar davomida oğzibirçilikda qilgan mehnatlari tufayli çor-atrofimiz özgaça çiroy kasb etdi. Xususan, haşar kunlarida önlab kilometr ariq va zovurlar tozalandi, çiqindilar taşkiliy ravişda çiqarib taşlandi. Minglab tup mevali va manzarali daraxtlar, gul köçatlari ekildi. Daraxtlarga şakl berildi.

Maʼlumki, joriy yilning mart va aprel oylari Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş oyligi deb belgilangan edi. tuman hokimligining uşbu farmoyişni qabul qilişdan maqsad ovul va mahallalar hududlarini, aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, sanitariya-epidemiologiya holatini yaxşilaşdan iboratdir. Bugun har bir ovul va mahallada ommaviy ravişda gul köçatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekiş uçun yerlarni tayyorlaş, böş hududlarda boğlar barpo etiş, daraxtlarni butaş va oqlaş, köçalar hamda yölaklarni tartibga keltiriş kabi işlarga uyuşqoqlik bilan kirişilmoqda.
Muhimi, xaşar kunlari joylarda nafaqat obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi, balki turli mutasaddi taşkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik iş haqi miqdoridagi mablağlar Özbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boşqaruvi hamda uning hududiy bölinmasining bankdagi hisob-raqamlariga ötkaziladi. Bu mablağlar esa aholining ehtiyojmand qatlamiga, yolğiz qariyalar, nogiron va muhtojlar holidan xabar oliş, kam taʼminlangan, köp bolali, boquvçisini yöqotgan oilalarga moddiy va maʼnaviy jihatdan kömak beriş, ijtimoiy yordam körsatişdek xayrli amallarga sarflanişi közda tutilgan.

Joylarda obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda, asosiy eʼtibor, «Keksalarni eʼzozlaş yili» Davlat dasturi tadbirlari ijrosini taʼminlaşga qaratildi. Umumxalq xayriya haşari kunlarida mahallalarda istiqomat qilayotgan nuroniylarning holidan xabar olinib, yoşlar ularning uy işlariga yordamlaşdilar va duolarini oldilar.
Qadamjolar,
ziyoratgohlar, qabristonlarni tartibga keltirilib, tozalaş işlari olib borildi.

Yurtdoşlarimizning haşar kunlarida bir oila farzandlariday bölib, hamjihatlikda qilgan mehnatlari tufayli umumiy uyimiz - yurtimiz özgaça çiroy kasb etdi, haşar bayram tusini oldi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶