21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:17
Salomatlik 👁 400

YoShLARGA ERTA TURMUSh QURIShNING SALBIY OQIBATLARI TUShUNTIRILDI

YoShLARGA ERTA TURMUSh QURIShNING SALBIY OQIBATLARI TUShUNTIRILDI

Amudaryo tumanidagi amunews.uz veb-sayti tahririyatining mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olishga qaratilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida yoshlar oʻrtasida erta turmush qurishning oldini olishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

26-dekabr kuni Yangiobod mahallasidagi 87-sonli maktabda oʻtkazilgan ushbu tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrozmatova, tuman Tibbiyot birlashmasi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining qizlar salomatligi boʻlimi shifokori Guliston Aqnazarova hamda mahallaning nuroniy onaxonlari qatnashishdi. Shuningdek, loyiha ijrochilari, tumandagi OAV xodimlari, maktab hamshirasi Nazokat Sobirova, oʻqituvchi va oʻquvchi-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirni 87-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mahbuba Madaminova ochib berdi hamda tadbir maqsadi haqida soʻzlab, ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan soʻng, loyiha ijrochilari www.amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida maʼlumotlar berishdi va ushbu tadbirlarning yoshlar dunyoqarashi, maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini aytib oʻtishdi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrozmatova voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan belgilangan qonuniy choralar, yoshlar oʻrtasida uchraydigan erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida batafsil soʻz yuritdi. Shuningdek, erta nikoh va erta tugʻuruq kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga va Oila Kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgani, erta nikohning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish hamda jamiyatda ayollarning ijtimoiy va huquqiy mavqeini mustahkamlash, aholining reproduktiv salomatligini yaxshilashga qaratilgan mazkur hujjatlarga asosan nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida maʼlumot berdi. Oila kodeksining 15-moddasiga asosan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilangani, bu yoshda yigit va qiz jismoniy jihatdan ham oila qurishga tayyor boʻlishi, biroq hayotiy, oilaviy maʼsuliyat jiddiy masala ekanligini hisobga olgan holda qizlarga 20-21 yoshdan, yigitlarga 23-24 yoshdan turmush qurish maqbul hisoblanishini tushuntirdi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining qizlar salomatligi boʻlimi shifokori Guliston Aqnazarova ham 15-16 yosh hali oʻsmirlik davri sanalib, bu vaqtda qizlar ruhan hamda jismonan toʻliq rivojlanmagan, shaxs sifatida toʻliq shakllanmaganligi tufayli organizm homiladorlik, tugʻruq va sogʻlom farzandni dunyoga keltirishiga toʻlaligicha yetilmagan boʻlishini kuyunchaklik bilan soʻzladi. Erta turmush natijasidagi erta farzand koʻrish yosh ona va undan tugʻilajak bola salomatligiga maʼlum darajada xavf tugʻdirishini taʼkidlab, ona va bola oʻlimi koʻrsatkichi ham boshqa yoshdagilarga nisbatan erta turmush qurgan ayollarda koʻproq kuzatilishini eʼtirof etdi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva esa yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillardan biri ekanligini, tumanda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini aytib oʻtdi. Undan tashqari, erta nikoh qurgan oilalarning aksariyati hayotining ikkinchi yoki uchinchi yillaridayoq ajralib ketishini, bunday holatlar yosh oilalarda koʻpincha tibbiy, psixologik, ijtimoiy muammolar paydo boʻlishi bilan bogʻliqligini taʼkidladi.

Tadbir davomida mahallaning nuroniy onaxonlaridan taʼlim sohasi faxriylari Ziyoda Xalillayeva va Turdigul Qurbonboyevalar ham oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, qizlarga pandu-nasihatlar qilishdi. Nikoh va oila masalasiga ota-onalar ham doimo katta ahamiyat berishlari lozimligini, ilmli va kasb-hunarli ayolgina komil insonni tarbiyalay olishini, erta, voyaga yetmasdan turmush qurganlarning aksariyati ota-onasining qaramogʻida yashashi yoki turmushiga darz ketishini hayotda koʻp kuzatishganini aytishdi. Yigit-qizlarning erta turmush qurishi, katta hayotga tayyor emasligi, oʻzaro kelisha olmaslik, muomala madaniyatining shakllanmagani, roʻzgʻor ishlarida uquvsizlik kabi jihatlar oqibatida ayrim oilalar buzilib ketishiga sabab boʻlishini qayta-qayta taʼkidlashdi.

www.amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida yoshlar shu kabi maʼruzalarni tinglab, kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026