Xuş kelding, Navrözim, obod yurtimga!
Oqşomlari osuda, osmoni musaffo, har bir tongi ezgu niyatlar bilan otadigan yurtimizga barçamiz orziqib kutgan Navrözi olam kirib keldi.
Ona zaminimiz yaşil libosga burkanib, betakror gözalligini köz-köz qilayotgan, haqiqiy köklam nafasi ufurib turgan şu nurafşon kunlarda barça vatandoşlarimiz eng qadimiy va asl milliy bayramimizni şodu hurramlikda qarşi olmoqdalar.
Navröz yangi kun çin maʼnoda butan tabiatning uyğonişi, dehqonçilik işlarining boşlanişi, ezgu niyatlar ila uruğ sepilib, tökin-soçinlik bölişini tilab hursandçilik qilinadigan, tabiatga hamohang tarzda kişilar qalbida ham yangi niyatlar, kuç-ğayrat, azmu şijoat jöş uradigan, bir-biroviga mehr-oqibat, sahovat, muhtoj odamlarga beminnat yordam körsatiş kabi asriy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yaqqol namoyon böladigan kun sifatida biz uçun juda qadrli bayramdir.
Şu boisdan bayram tantanalari ovul va mahallalarda, mehnat jamoalaridan, umutaʼlim va örta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bir neçta kun oldin boşlanib ketdi.
19-mart kuni Manğit şahridagi Markaziy öyingohda "Har kunimiz Navröz bölsin” şiori ostida bölib ötgan bayram tadbirida ham yurtdoşlarimizning ildizlari olis ötmişimizga tutaşuvçi eng qadimiy va hamişa navqiron, asl milliy bayramimiz Navröz soğinçi, quvonçi yaqqol aks etdi.

Tantanada dastlab ovul fuqarolar yiğinlarida faoliyat yuritayotgan mirişkor dehqonlarimiz yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotlari, ulardan tayyorlangan noz-neʼmatlarning körgazmasi bilan boşlandi. Usta-hunarmandlarimiz yasagan buyumlar, naqqoşlik namunalari heç bir tomoşabinni befarq qoldirmadi.
Keksalarni eʼzozlaş yili munosabati bilan tumanimizning barça ovul va mahallalarida ötkazilgan "Mahallaning eng tinib-tinçimas keksalari” körik tanlovi ğoliblarining taqdirlanişi ulkan hayotiy tajribasi, özining hayoti bilan bugungi avlod vakillariga namuna bölib kelayotgan nuroniy keksalarimizga hurmat-ehtirom ramzi böldi.

Qiyğos gullagan örik ramzi, qulf urib oçilgan turfa gullar, şarlar bilan bezatilgan maydon uzra "Bahor” valsi yangradi, bulbullar sayroği yiğilganlarning köngliga olam-olam quvonç hadya etdi. Barça Navröz ayyomi tantanalarining boşlanişini şodu-hurramlik bilan qarşi oldi.

Tuman hokimi R.Yöldoşevning tumanimiz aholisiga Navröz bayrami qutlovini birinçi örinbosari B.Ernazarov öqib eşittirdi.
Şundan söng tuman madaniyat va sport bölim tomonidan tayyorlangan "Assalom Navröz” deb nomlangan teatrlaştirilgan bayram tomoşalari boşlandi. Quyoş iliq nurlarini saxiylik bilan tomoşagohda ijro etilgan ona Vatanni, Navrözni, yaşariş fasli köklamni, baxtiyor zamonamizni uluğlovçi kuy-qöşiqlar, raqslar barçaga manzur böldi.

Navbat kuraş, arqon tortişiş, qöçqor uruştiriş kabi milliy öyinlarga berildi.



Bayram tomoşalari barça tomoşabinlarga çeksiz quvonç baxş etdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶