22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:17
Jamiyat 👁 130

AHOLI MUAMMOLARIGA YeChIM TOPISh SEKTOR FAOLIYaTINING ASOSIY MEZONIGA AYLANDI

AHOLI MUAMMOLARIGA YeChIM TOPISh SEKTOR FAOLIYaTINING ASOSIY MEZONIGA AYLANDI

Amudaryo tumanining 3-sektori hududida 12ta ovul va mahallalar mavjud boʻlib, unda yashovchi aholi soni 54105 kishini tashkil qiladi. Xonadonlar soni 10502ta, oilalar soni esa 12542tadan iborat.

2023-yilning 11 oyi davomida hududda 49ta sayyor qabullar oʻtkazildi. Ushbu sayyor qabullarda jami 388ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, barchasini hal qilish choralari koʻrildi. “Bandlik” dasturiga muvofiq joriy yilning 11 oyi davomida hududda yashovchi 477 nafar fuqarolar tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 15 nafar fuqaroga yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurishi va sugʻorish vositalarini olishi uchun 127,9 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 3-sektor hududida bir marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 27ta korxona va tashkilotlardan 85 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi. Ushbu tadbirda 83 nafar fuqaro qatnashgan boʻlsa, 21 nafariga ishga yoʻllanma berildi. Sektor hududidagi 9 nafar aholi jamoat ishlariga jalb qilindi. Oʻquv markazlarida yil boshidan 37 nafar fuqarolar turli yoʻnalishda tahsil olib, ularning bandligi toʻliq taʼminlandi, hududdagi 288 nafar mehnat migrantidan 183 nafarining bandligi taʼminlandi.

Sektor hududidagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, Jumurovul mahallasidagi uzunligi 1,2 km. boʻlgan “Shijoatli” koʻchasida qiymati 222,5 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari, Boʻzyop ovulida “Yangi hayot” 1-, 2-uchastka, “Boʻzariq” 1-, 2-, 3-uchastkalardagi uzunligi 2,433 km. boʻlgan koʻchalarda qiymati 392,6 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari bajarilmoqda. Du-runki mahallasidagi “Turkiston” koʻchasida uzunligi 0,392 km. boʻlgan, qiymati 240,2 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash, Boyovul mahallasidagi “Bahor” koʻchasida uzunligi 0,610 km. boʻlgan, qiymati 500,2 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash, Oq oltin ovulidagi “Dehqonobod-1” va “Dehqonobod-2” koʻchalarida uzunligi 1,097 km. boʻlgan, qiymati 224,6 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari boshlanish arafasida. Shuningdek, “Open budget” portali orqali Toryop mahallasidagi “Dehqonbirlik” koʻchasining uzunligi 0,94 km. qismiga tosh yotqizish hamda “Toryop-Qilichboy” yoʻlining 1,02 km. qismiga qora qoplama asfalt yotqizish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan sektor hududidagi 10ta mahallaning har biridan ikkita koʻchaga tosh-shagʻal yotqizish ishlari olib borilmoqda.      

Sektor hududidagi muhtoj shaxslar, yaʼni 40 nafar fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalari bilan taʼminlandi. «Saxovat va koʻmak» umummilliy harakati doirasida «Temir daftar»dagi oilalarga jami 635,7 mln. soʻmlik turli xildagi yordam koʻrsatilgan. Jumladan, 120 nafar oilaga 36 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi, 83 nafar oilaga 58,6 mln. soʻmlik naqd pul koʻrinishida moddiy yordam koʻrsatildi, 31 nafar oilaga 108,5 mln. soʻmlik chorva mollari olib berildi, 12 nafar oilaga 7,1 mln. soʻmlik boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga 600 mln. soʻmdan ortiq moddiy yordamlar berildi.

Hududda «Yoshlar daftari» roʻyxatiga 455 nafar yoshlar kiritilgan boʻlsa, ularning 263 nafariga turli xil yordamlar koʻrsatildi va daftardan chiqarildi.

Joriy yil yanvar-fevral oyi boshidan sektor hududida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 1450 nafar xotin-qizlar kiritildi. Bugungi kunda ushbu roʻyxatdagi ayol-qizlarning 1286 nafariga turli xildagi yordamlar koʻrsatildi. Ularga ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ajratish, uy-joyini taʼmirlash, qaramogʻida nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga moddiy yordam ajratish kabi masalalar boʻyicha amaliy yordamlar berildi.

Undan tashqari, daromad topishga, kasb oʻrganishga harakat qilayotgan 466ta oilalar aniqlanib, hokim yordamchilari tomonidan 357 nafar fuqaroga  2,5 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi, yengil konstruktsiyali issiqxona hamda asbob-uskunalar sotib olish uchun 366ta xonadonlardagi 64 nafar fuqaroga 48,9 mln. soʻmlik subsidiyalar ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtojligi boʻlgan 214ta xonadonlardan 95 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Maqsadimiz – faqat xizmat xonasida oʻtirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb masalalarning amaliy yechimi bilan shugʻullanish, xalq bilan yaqindan muloqot qilib, uning dard-u tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish boʻyicha yangicha qarash bilan faoliyat olib borish hamda shu gʻoyani sektorimiz faoliyatining asosiy mezoniga aylantirishdir. Shundagina fuqarolarimiz uchun farovon turmush tarzi yaratilishiga, davlatimizdan rozi boʻlib yashashiga hissa qoʻshgan boʻlamiz.

J.Yusupov,

tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026