QÖTIR – YuQUMLI KASALLIK
Qötir – kanalar çaqiradigan va qiçişiş bilan xarakterlanadigan terining parazitar kasalligidir. Kasallikning qözğatuvçisi qötir kanasi hisoblanadi, bunda kanalar teri içida parazitlik qilişi bilan birga, teri taşqarisida ham faoliyat körsatişi mumkin. Qötir kanalari turli jinsli parazit bölib, 30-45 kun umr köradi, ammo mana şu qisqa vaqt içida 40-50 tagaça tuxum qöyişga ulguradi.
Qötir kanasi kunduzi faol bölmaydi, urğoçilari faqat keçki vaqt va tunda yuzaga çiqadi. Kanaga inson terisiga kirib borişi uçun taxminan 30 daqiqa kerak. Taşqi muhitda kana tezda vafot etadi. Qançalik issiq va quruqroq bölsa, kana faolligi hatto, undan ham oldin töxtaydi. Aksariyat hollarda kasallik bemor bilan yaqin maişiy muloqotda bölganda, qöl berib körişganda, aniqroği bitta örin-körpadan foydalanilganda yuqib qoladi.
Qötir bilan kasallaniş mavsumiy xarakterga ega bölib, asosan kuz-qiş oylarida tarqalişi köp kuzatiladi. Kasallikdan yoş bolalar köproq zarar köradi. Kasallikning xarakterli belgilari qiçişiş va papulovezikulyoz toşma bölib, baʼzan toşmalarni qaşiş natijasida infektsiya tuşişi sabab ikkilamçi yiringli elementlar qöşilişi mumkin.
Bemorlarning şifokorga murojaat qilişiga majbur qiladigan asosiy subʼektiv belgi bu terining qiçişidir. Qiçiş oqşomga borib boşlanadi va keçasi avj oladi. Çunki bu vaqtda kanalar terini kovlayotgan böladi. Qötir kanasi 15-20 daqiqa içida terini kovlab, içiga kirişga ulguradi. Kasallik zörayganda keçasi teri şu qadar qiçiydiki, hatto bemor mijja qoqmay, tonggaça qaşinib çiqadi. Oqibatda bolalar injiq bölib qoladi, kattalarning esa mehnat qobiliyati nisbatan pasayadi. Tana terisi kunduzi deyarli qiçimaydi, bemorlar refleks ravişda qaşinadilar.
Qötir bilan kasallangan bemorlarni statsionarga yotqizib davolaş zarur. Bemorning barça oila aʼzolari va u bilan aloqada bölgan şaxslarni tekşiriş iloji boriça qisqa muddatlarda ötkazilişi lozim. Bemorning oila aʼzolari va u bilan yaqin aloqada bölgan şaxslarni aniq va sifatli tekşiruvdan ötkaziş zarur. Agar u maktabda öqisa, sinfidagi bolalar, MTT tarbiyalanuvçisi bölsa, hamma bolalar va barça xizmat körsatayotgan xodimlar tekşiriladi. Bolalar muassasalarida har kungi tibbiy körik ötkazilişi şart. Qiçima bilan kasallangan bemorlarni töliq statsionarga yotqiziş zarur.
Bu kabi kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida tuman SEO va JSB dezinfektsiya bölimi xodimlari tomonidan kasallik aniqlangan öçoqlarda kamerali usulda dezinfektsiya tadbirlari olib borilmoqda.
G.Seytbayeva,
QR SEO va JSB dezinfektsiya bölimi mudiri.
D.Gulmirzayev,
Amudaryo tumani SEO va JSB dezinfektsiya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶