21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:14
Fan va taʼlim 👁 280

“BALLI, QIZLAR” KOʻRIK-TANLOVIDA 22-SONLI MTTNING JAJJI QIZALOQLARI OʻZ IQTIDORLARINI KOʻRSATIShDI

“BALLI, QIZLAR” KOʻRIK-TANLOVIDA 22-SONLI MTTNING JAJJI QIZALOQLARI OʻZ IQTIDORLARINI KOʻRSATIShDI

Bahor kelishi bilan turli tantanalar, tadbirlar boshlanadi va har bir kun bayramga aylanadi. Ona diyor uzra koʻklam nasimlari esib turgan kunlarda bayramlar bayramlarga ulanadi va el-yurt shodiyonalarga burkanadi. Amudaryo tumanida ham barcha ovul va mahallalarda, muassasa va tashkilotlarda biri-biridan fayzli, chiroyli bayram tadbirlari davom etmoqda.

7-mart kuni Qilichboy ovulidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham goʻzallik va nafosat bayrami boʻlgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tarbiyalanuvchilar oʻrtasida “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Ushbu tadbirga tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, hudud fuqarolar yigʻini masʼullari va boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbirni tashkilot rahbari Nilufar Yusupova ochib berdi va onalarni, tashkilot xodimalari, tarbiyalanayotgan jajji qizaloqlarni bayram bilan tabrikladi.

Bayram bilan tabriklab soʻzga chiqqanlar ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida muhim chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyilganini taʼkidlab oʻtishdi. Tashkilot binosi 1975-80-yillarda 80-oʻringa moʻljallab qurilgani, soʻnggi davrlarda aholi soni ortib borayotgani tufayli 120 nafar kichkintoylarga tarbiya berilayotgani sababli qoʻshimcha binoga ehtiyoj sezilgani, shunga koʻra 2018-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida 60-oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha bino qurilib, eski binosi ham qayta taʼmirlanganini tilga olishdi.

Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismi boshlandi va tanlov ishtirokchilari boʻlgan jajji qizaloqlar tanishtirildi. Tanlovda tashkilot tarbiyalanuvchilari boʻlgan Dilobar Adamboyeva, Osiyo Mamarajabova, Maftunaxon Shavkatova, Munisaxon Sherifboyeva, Ruxshonaxon Oʻrolova, Bonuxon Mahmudovalar 4 shart boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish etildi.

Qizaloqlar birinchi shartga koʻra oʻzlarini sheʼriy usullar bilan tanishtirishdi. Hakamlar ushbu shartni baholagunga qadar guruh qizlari ishtirokidagi “Tomchi” qoʻshigʻiga raqs ijro etib, tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashildi. “Zukkolar va donolar” deb nomlangan ikkinchi shart davomida qizaloqlar berilgan savollarga toʻgʻri va aniq javob berishdi.

Shart oraligʻida bolajonlar onalarni madh etuvchi sheʼrlani ifodali yod aytib berishdi. “Men kichik pazanda” deb nomlangan uchinchi shartga koʻra esa qizaloqlar onalariga yordamchi ekanligini koʻrsatib, chiroyli somsalar tugishdi. Hakamlar barcha shartlarni baholangunga qadar bolajonlar ijrosida yana sheʼrlar, “Oʻzbek doʻppisi” nomli qoʻshiq va raqslar namoyish etildi.

Eng soʻnggi “Erkin mavzu” deb nomlangan shart boʻyicha ishtirokchi qizaloqlar birgalikda “Ona qizim” qoʻshigʻiga guruh raqs ijro etib, tomoshabinlarga zavq ulashishdi. Latofatli, epchil, chaqqon, zukko, saranjomu-sarishta va kattalarga koʻmakchi boʻlib ulgʻayayotgan qizaloqlarning chiqishlari barchaga juda manzur boʻldi.

Bolajonlarni erkin fikrlashga, goʻzallikni his qilish, oʻzlarini erkin tutish kabilarga oʻrgatish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan “Balli, qizlar koʻrik-tanlovi yakunida hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, barcha ishtirokchi qizlarga nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblik berildi. “Jajji goʻzal”, “Eng zukko qiz”, “Eng oqila qiz”, “Eng iboli qiz”, “Eng malohatli qiz” va “Eng bilimdon qiz” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻlgan qizaloqlarga faxriy yorliq va sovgʻalar topshirildi.

Bayram munosabati bilan 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan “Balli, qizlar” koʻrik-tanlovi hammada katta taassurot qoldirdi va bayramona kayfiyat ulashdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026