AMU ELINING QUVVATBAXŞ MILLIY TAOMLARI YoXUD BEKAJON ENANING PAZANDALIK SIRLARI
Yer ağdarib toliqqan yigit
Qandayin sirsinoatki, fevralning oxirgi kunini erinçoqlik bilan oynai jahon qarşisida ötkazgan Bekajon momo 1-mart tongidanoq vujudida jöşqinlik his etdi. Izğirin şamoldan yuzini panalab hovliga, xovlidan boqqa ötdi. Ajabo! Qöşni yigit bu pallada yer ağdarayotir.
- Xorma, bolam! Alloh yor bölsin! – yigitning şaştidan suyundi momo.
- Bor böling, momo, kartoşka ekmoqçi edim! – Yigitning ovozida dadillik, qandaydir quvonç bor edi.
- Yetkazganiga şukur, bolam, yetkazganiga! Iloho, ekkan uruğingning biri ming bölsin!
- Omin, momo! – yigit işida davom etdi.
Tuşlikda kelini:
- Ena, Azimboy oğa yotib qolibdi, -dedi xavotir bilan.
- Azimboy? Boya yer ağdarayotgan edi-ku! – Bekajon enani ham xavotir bosdi. Darhol qöşninikiga çiqdi. Azimboy haqiqatdan ham körpa-töşak qilib yotib olibdi.
- Ha, bolam, ne böldi?- Qöşni yigitga sinçkov tikildi momo. – Çarçab qoldingmi?
- Bilmadim, momo, - Azimboyning ovozi böğiq çiqdi, - şunaqaga öxşaydi. Oyoğimda mador, bilagimda kuç yöq, astağfurlloh,- dedi yigit.
- Şundaymi? –momo Azimboyning boşini silab qöydi. – Hay, bolam-a, bahorga belingni boylab peşvoz çiqqaning bilan tan-joningni moylamasang, qaddingni tutib turolmaysan. Men senga bir darmon taom pişirib berayki, Farhodday toğni köçirmasang, yurgan ekanman, Bekajon bölib!
"Iyjon”
Uyga keliboq momo işga kirişdi. Avval bahorga, deb qoziqqa ilib qöygan törxaltadagi jiydani saraladi, tozalab, oftobga yoyib qöydi-da, oq jöxori unidan yarim kilosini tarozida tortib, eladi. Omborxonadagi bordondan bir kilo kunjut olib çiqdi, öğirda (zağama) yelpib-yelpib kunjutni top-toza qilgaç, öçoqqa olov qaladi. Kelini kunjutni qozonda yaxşilab qovurguniça özi elab qöygan jöxori unini laganga soldi. Qaynab turgan sutni ustidan oz-ozdan quyib turib çaqqonlik bilan yoğoç qoşiqda xamir qoridi. Xamirining tuzini rostlagaç, sovutiş uçun olib qöydi. Oz fursat ötgaç, jöxori xamiridan uzib-uzib olib, olmaday-olmaday zuvalaçalar yasadi. Zuvalaçalar bir oz dam yegaç, qöllari bilan yupqa patrak nonlar yasab, oştaxtaga terib çiqdi-da kelini yordamida qozonga yoğ surtib, patrak nonlarni bitta-bittadan pişirib oldi. Söng keliga avval jiydani, söng şamolda yoyib, qotirilgan patrak nonlarni solib keliniga:
- Yaxşilab tuy, tez-tez qölingda ağdarib tur, -dedi.
Qaynonasi buyurgan xar bir işni qoyilmaqom qilib bajarayotgan kelin hayronlik bilan söradi:
- Bu qanday taom, ena?
- Sen aytganimni qilaver-çi, tayyor bölganida körasan! –Bekajon momo sirli jilmaydi.
Kelida yaxşilab tuyilgan patrak non bilan jiyda talqonini zağamada yelpib, közi yirik elakdan ötkazib olgaç, yana keliga qaytarib soldi-da talqonga qovurilgan kunjut donini qöşdi. Qilayotgan işidan zavqlangan kelin 15-20 daqiqaça keli sopi bilan to kunjutning yoği çiqib, talqonga aralaşgunça tuydi.
- Endi böldi! –dedi Bekajon momo quvonib.
Talqon va kunjutli aralaşmani karsonga ağdarişdi. Momo yeng şimarib karsondagi masalliqni xamir muştlaganday, yaxşilab muştladi-da, söng kattaligi tuxumday keladigan zuvalaçalar yasab, patnislarga terib çiqdi.
- Tatib kör-çi, qizim! –birinçi bölib keliniga ilindi momo. –Bu senga hamma doridan ham foydali. Emizikli ayol bahorda bir marta töyib "iyjon” yesa, butun aʼzolari moylanadi, yil davomida çarçoq nimaligini bilmaydi, suti köpayib, bolasining iligi töq böladi!
Bekajon momo katta çinni kosaga iyjon töldirib qöşninikiga kirdi.
-Ol, Azimboy, -dedi qöşni yigitga. – Mana bu "iyjon”dan bir töyib yesang, tanangga kuç yiğiladi. Ertagayoq kartoşkangni ekib taşlaysan!
Yana tong otdi. Ertalab quyoş ham çaraqlab ketdi. Qöşni yigit kartoşka ekdi. "Biring ming bölsin!” deb qöşnilar tilak aytişdi.
- Men Bekajon momoning "iyjon”idan kuç oldim. Bir töyib yeganimdanoq tanamga darmon kirdi. Momoning "iyjon”idan tatmabsiz, dunyoga kelmabsiz! - "Iyjon”ning taʼrifini keltirişdan çarçamaydi Azimboy.
Bekajon momoning "iyjon”ining siri juda oddiy: 1 kg kunjut doni, 1,5 kg jiyda, 0,5 kg oq jöxori uni, toza soğilgan sut, taʼbga köra tuz. Tayyorlang, huzurlanib tanovul qiling, tananggizni sizga quvvat beradigan tabiiy darmondorilar bilan boyiting!
Sanamoyga quvvat bergan taom
Bayram arafasida Bekajon momoning katta nevarasi Sanamoy egizak çaqaloqlari bilan mehmonga keldi. Çevaralarini bağriga bosgan momo Sanamoyning siniqqan yuziga qarab, boşini çayqadi:
- Hay, bolajonim-a, juda kamquvvat bölib qolibsan, suting ham kamayib ketgandir-a? –dedi biğillab yiğlayotgan çaqaloqlarga qarab.
- Qanday bildingiz? –qoşlarini çimirdi xayron bölgan Sanamoy.
- Körinişingdan. Rang-u röying aytib turibdi buni. Qani, ayt-çi, yotib qolasanmi?
Bekajon momo Sanamoyning "ha” degan javobini eşitdi-yu, asta xovliga çiqdi. Kenja öğlini çaqirib, bitta ona tovuqni söyişni buyurdi. Özi esa uyga kirib, nevaralaridan biriga:
- Tezda ovul guzaridagi dökondan bir dona limon, bir kilo yonğoq mağizi, kökatlar olib kel, -deya pul tutqazdi.
Nevarasi aytilgan narsalarni olib kelgunça söyilgan tovuqni yaxşilab tozaladi, bölaklarga bölib qöydi. Kelini yordamida kartoşka, sabzi, şolğom, lavlagi va piyozni taxt qilib oldi. Nevarasi keltirgan kökatlardan kaşniç, ukrop, barra piyoz va yalpizning yarimini maydalab, yarmini yirik-yirik töğradi. Söng qizigan qozonga kungaboqar yoğini solib, tovuq göştining böyin va töş qismini bölaklab, qozonga taşladi, obdon qovurgaç, tayyorlangan sabzavotlarni ham lavlagidan boşqasini qöşib, qovurişda davom etdi. Ustidan suv quyib, qozon qopqoğini ziç yopdi. Şörva qaynab çiqqaç, yuzidagi köpigini olib taşladi. Toğoraga oq jöxori unini solib, ustiga taʼbga yaraşa tuz sepdi-da, qaynab turgan tovuq şörvadan oz-ozdan solib turib xamir qoridi. Tayyor xamirni dam olişi uçun örab qöydi. Ikki litrlik bankaga tovuq göştining qanot, son qismini hamda jigarini yaxşilab terib çiqdi-da, göşt oralariga bir boş sarimsoq piyozini yuvib, butuniça joylaştirgaç, göşt ustini yirik töğralgan kökatlar bilan yopdi. Banka oğzini mahkam yopiladigan qopqoq bilan bekitgaç, böyi balandroq kastryulkani olib, içiga oq dokani yozdi-da bankani joylaştirdi. Bankaning böğzidan pastroq qismigaça suv quyib kastryulkaning qopqoğini yopdi va olovga qöydi.
Qolgan işlarni kelini binoyiday bajardi. Şörvali qozonga jöxori kurtukçalar yasab, solişdi. Kurtukçalar qozonga taşlanayotgan paytda bir bölak sarimsoq piyoz va lavlagi solişni ham unutişmadi. Kurtukli tovuq şörva tayyor bölgaç, patnisga suzilib, kökatlar bilan bezatilib, dasturxonga tortilganida nevarasi quvonganidan çapak çalib yubordi.
- Bizlarning uyda jöxori kurtukni qadimgidan qolgan taom deb, pişirişmaydi, judayam soğingan edim, ena! –dedi Sanamoy minnatdorlik bilan.
- Sen emas, sening tan-joning soğingan, bolam, ol, oş bölsin!
Sanamoy terlab-tepçib taomni tanovul qildi. Söng kastryulkaga işora qilib kuldi:
- Ena, tovuqning qolgan göştini kimga bermoqçisiz? –dedi hazil bilan.
- Hozir körasan!
Ikki soat davomida miltillab qaynagan kastryulka olovdan olindi. Qopqoği oçilmasdan sovutildi. Söng enaning özi bankaning qopqoğini oçib, göştning selini yarim litrlik bankaga quyib oldi. Göşt ustiga tuz sepib, tokçaga qöydi. Göşt selini Sanamoyga tutqazdi.
- Mana buni har kuni nonuştadan yarim soat oldin bir xöplamdan uç kungaça içsang, tanangga quvvat kiradi, tomiringda qoning köpayadi, kamqonlikdan azob çekmaysan, -dedi.
Nevarasi keltirgan 1 kilo yonğoq mağizini havonçada (kelida tuysa ham böladi) tuyib, talqon qildi-da sirlangan laganga solib, ustidan bir yillik sigir sariyoği va bir yillik asalni teng miqdorda qöşib aralaştirdi, salgina limon suvini tomizdi.
- Mana bundan bot-bot bir qoşiqdan tanovul qilib tursang, suting kamayib ketmaydi, egizak çevaralarimning tişlari marjonday, özlari esa soğlom ösadi, -dedi mehr bilan.
- Enajon-yey, men kamqonligim, sutim kamligi uçun neça ming sömlik dori içdim-a, qadimgilarning taomlaridan ham quvvat olsa bölar ekan-da!
- Bular, bolam, qadimgilarning taomlari emas, milliy taomlarimiz. Turgan-bitgani şifo, quvvat manbai.
Bekajon enaning bu taomni tayyorlaş usulini çaqaloqli kelinpoşşalarga tavsiya qilamiz.
"Kömoç”
Kördingiz, bizning Bekajon enamiz öta pazanda. Ayniqsa, milliy taomlarning ustasi!
Azizlar, siz "kömoç”degan milliy pişiriq xaqida eşitganmisiz? Yoki bu öta huştaʼm, ayniqsa, bahordagi darmonketar damlarda tanga mador baxş etuvçi "kömoç”ning mazasini bir bora tatib körganmisiz? Qiziqayapsizmi? Sezdim, uning qanday tayyorlanişidan ogoh bölmoqçisiz?
- "Kömoç”ni yemabsiz, dunyoga kelmabsiz, -deydi kulib Bekajon ena!
Bir kuni deng, qirçillama yigit işdan kelib: "iştaham yöq”, deb ovqat yeyişdan boş tortdi. Bekajon ena söradi:
- Qorning oçmi, bolam.
- Qornim ölarday oç, lekin heç narsa yegim yöq.
Ena bildi, bahorgi darmonsizlik. Darrov oşxonaga ötib, bu gal ham oq jöxori unini eladi. Tuznamagini rostlab, qaynoq suvda xamirni qoşiq bilan yaxşilab qoridi, sovutiş uçun ustini dasturxon bilan yopdi. Yarim kiloça oq (faqat oq) piyozni maydalab töğradi-da, söng bir bölak yoğli mol göştini çopqida ezib çopdi. Kaşniç, şivit (ukrop) qizil qalampir, bir boş sarimsoq piyoz, bir tutamgina barra piyoz, yönğiçqa maysasi, yalpiz hamda qoqi ötni maydalab töğradi-da tuz solib göşt bilan yaxşilab aralaştirdi. Töğralgan piyozni tayyorlab qöyilgan xamir ustiga solib muştlab, pişitdi-da muştday-muştday zuvalaçalar yasadi. Zuvalaçalarni yoyib, ustiga 1 santimetr qalinligida göştli qiymani yozib, ustini ikkinçi yasalgan xamir bilan yopdi. Xamir çetlarini göşt seli oqib ketmasligi uçun çimçilab çiqdi-da yoğlangan tovaga joyladi. Ustini tova qopqoği bilan ziç yopib, hozirgina non yopilgan tandir içidagi çöğ bilan kömdi.
– Çöğ judayam kuçli yoki öçib qolmasligi kerak, -örgatdi keliniga.
40-45 daqiqalardan söng Bekajon ena tandir çöği ostidagi tovani çiqarib oldi. U tovani oçganida atrofni heç qayerda uçramagan nihoyatda yoqimli hid tutdi. Iştahasi yöq, lekin qorni oç, sulayib yotgan yigit boşini kötardi. Taomning yoqimli hidining özi uning tanasida ilohiy bir kuç uyğotdimi, asta yurib Bekajon enaning tandiri tomon keldi. Ena tovada qip-qizil bölib pişgan "kömoç”ni patnisga ağdardi.
- Yur, bolam, oçiqqan, lekin taom istamaydigan qorningni bi-i-ir töyğazib ol! –dedi mehribonlik bilan.
Yigit "kömoç”ni iştaha bilan yedi, çehrasi oçilib, dili, tani yayradi. Şundan söng to pişiqçilik paytigaça iştahasi yöqligidan nolimadi.
- "Kömoç”,-deydi Bekajon ena, - odamning avvalo quvvatini oşiradi, tananing kasalliklarga çidamliligini taʼminlab, yoşlarning iligi töq bölib ösişida eng yaxşi, tabiiy darmon.
"Kömoç” tayyorlaş uçun ozgina hafsala bölsa bas. 4 kişilik "kömoç” pişiriği uçun 1 kg oqjöxori uni, 0,5 kilo yoğli göşt, bir boğlamdan barra piyoz, şivit, kaşniç, qoqi öt bargi, barra yönğiçqa, ikki dona qizil qalampir, bir boş sarimsoq piyoz, xamiriga qöşiş uçun uç-tört boş oq piyoz kerak böladi. "kömoç”ni elektr tandir-peçda ham pişiriş mumkin.
"Navröz göja”
Şunaqayam göja bölar ekanmi, demang, azizlar. Kelinpoşşalarga göja pişir, deyişsa, oq jöxorini kelida tuyib-tozalab, nari borsa loviya qöşib pişirişadi-da, dasturxonga tortişadi-qöyadi. Lekin Bekajon enaning "navröz göja”si nomi bilan ham özgaça, ham şirin, ham öta quvvatli. Oşqozoni, jigari, taloği oğrişidan şikoyat qiluvçilarga doim Bekajon ena "navröz göja” içişni tavsiya qilişdan çarçamaydi.
- Juda xuşxör,-deydi ena, - qolaversa, bu göjani yil davomida pişirib, tanovul qiliş soğlikka juda foyda. Navröz yaqin qoldi, keling, göja pişirayotirman.
Bekajon ena kelini yaxşilab tuyib bergan oq jöxorini şamol tegib turadigan kungay joyga yoydi. Tez-tez qöli bilan peşalab, quritdi-da, öğir (zağama)da kepagini ajratib oldi. Qizib turgan qozonga kungaboqar yoği solib, mayda törtburçak şaklida töğrab, tayyorlab qöyilgan kartoşka, sabzi va gugurt qutisidaygina turpni solib, yaxşilab qovurdi. Qaylani bosib turadigan suv solib, tuzini rostladi-da qopqoğini yopdi. Qayla qaynab çiqqaç, yalpiz va şivit, sarimsoq piyoz, avvaldan pişirib qöyilgan loviya hamda oz miqdorda qizil qalampir qöşib, tayyorlangan göşt qiymasidan örik danagiday mayda-mayda zuvalaçalar yasab, qayla ustiga terib çiqdi. Qozon qopqoğini ziç yopib, damga qöy-di. Ikkinçi qozonga suv solib, qaynatdi, qaynab çiqqaç, tayyor jöxori göjani solib, miltillatib qaynatdi. Göja pişişiga oz qolganida mayda törtburçak şaklida töğralgan behi, şu şaklda töğralgan qovoq va şolğomdan (har qaysisi bir piyoladan) göja oşga qöşib yubordi-da, masalliqlar pişguniça tez-tez kovlab turdi. Göja oş pişgaç, tuzini rostlab, olovdan tuşirdi. Kelini kosalarga göjani suzib, ustidan ikkinçi qozonda tayyorlab qöyilgan qayladan bir çömiçdan solib har kosaga bir çimdim kökat, qöşimça kosada qatiq bilan dasturxonga tortdi.
Azizlar, ana endi Bekajon enaning "navröz göja”sidan tating-u, pazanda momomizga baho beravering. Ana göja oş-u mana göja oş! Taʼmi bir umr oğizda qoladi-ya!
Birgina oq jöxori unida şunçalik hikmat borligini bilmas ekanmiz! Qarang-a, milliy taomlarimizda şunçalar ajib xislatlar, töğriroği, tanga quvvat beruvçi darmonlar bor ekan-a!
Ha, azizlar, bunday quvvatbaxş taomlar dasturxonimizga ham, vujudimizga ham körk bağişlaydi. Çehramizga tiniqlik, ruhiyatimizga sokinlik baxş etadi. Ona zaminimizda ham, uning bağrida ungan neʼmatlardan tanlarga jon baxş etişga qodir taomlar tayyorlab, Alloh bergan rizqimizni yanada ziyoda qilişga intilayotgan pazanda momolarimizning oşxonalarida ham olamjahon hikmatlar bor. Bu hikmatlardan bahra oling, azizlar.
Barçangizga yoqimli iştaha, tan soğlik yor bölsin!
Bekajon enaning pazandalik sanʼatini siz azizlar bilan baham körgan
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶