YaXŞIDAN QOLGAN BOĞ
Inson qadr-qimmati avvalo uning bajargan işlarida, samimiyat barq urib turgan sözlarida aks etadi. Otamizday uluğ, mehribon, purʼmano sözlari bilan şogirdlari qalbidan joy olgan ustoz Safarboy aka Örozmetovni bugun maktabimiz ahli çuqur hurmat bilan eslaydi.
Safarboy aka Örozmetov özining ilk iş faoliyatini 1982-yildan 1986-yilgaça Lermontov nomli (hozirgi 20-sonli) örta maktabda geografiya fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşlagan. 1986-yil 1-sentyabrdan "Ğalabaning 40 yilligi” nomli (hozirgi 70-sonli) maktabda geografiya fani öqituvçisi va şu maktab direktori bölib işlaş bilan birga yangi maktab binosi qurilişiga boş-qoş böldilar. 1990-yildan işga tuşgan yangi maktab binosi oldida 3,5 gektar yer maydoni bölib, ustoz özi hayotligida bu yerni çaman boqqa aylantirdi. Ikki qavatli maktab binosi oldidagi boğda bugun turli xil mevali daraxtlar, oq-tol-u teraklar kökka böy çözgan.
"Yaxşidan boğ qolar”, deganlaridek, Safarboy aka yaratgan boğ bugun meva bermoqda, undan barça bahramand. Ustozimiz biz şogirdlari bilan goh qattiqqöl, goh sirdoş, gohida maslakdoş döst bölib mehnat qilgan damlarni şirin xotiralar bilan yodga olamiz.
Ustoz, bugun sizni esladik,
Har sinfga kirib izladik.
Nomingizni mehrga örab,
Mehringizni qömsadik, Ustoz!
Nur yoğardi yuzlaringizdan,
Samimiyat közlaringizda.
Soğinç qoldi izlaringizda,
Har köngilda yaşaysiz, Ustoz!
Bir kam dunyo – örningiz böşdir,
Yuraklarda armonlar qöşdir.
Şukur aylagay keksadir, yoşdir,
Izingizda boğ qoldi, Ustoz!
Muhayyo ÖRINBOYeVA, 70-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶