21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:01
Madaniyat 👁 405

KAMTARIN USTOZ VA FIDOYI MADANIYaT XODIMI

KAMTARIN USTOZ VA FIDOYI MADANIYaT XODIMI

Amudaryo tumanida madaniy hayot rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan insonlar koʻp. Ular orasida oʻzining mehnatsevarligi, kasbiy faoliyatiga nisbatan masʼuliyati va sadoqati bilan eʼtirofga loyiq boʻlgan soha vakillaridan biri Jumaboy aka Kamolovdir. U Amudaryo tumanida oʻz hayotini xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga, madaniy-maʼrifiy sohani rivojlantirishga bagʻishlab kelayotgan kamtarin va fidoyi ustoz sifatida tanilgan.

Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida koʻp yillar samarali mehnat qilgan, ovoz rejissyori sifatida oʻz yoʻnalishida xalqqa xizmat koʻrsatishni yuqori sifat darajasiga koʻtargan Jumaboy Kamolovning 70 yillik yubileyi keng nishonlandi. Tadbirda tuman madaniyat sohasi faxriylari va Madaniyat boʻlimi xodimlari, Jumaboy Kamolovning yaqinlari va doʻstlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Jumaboy Kamolov 1955-yil 21-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanining Choykoʻl qishlogʻida tavallud topgan. Bolalikdan mehnatsevarlik, odob-axloq va samimiylik kabi sifatlarni ota-onasidan meros olgan, serfarzand oilada voyaga yetgan Jumaboy Kamolov yoshligidanoq oʻz hayotida samimiylik va intizomga asoslangan turmush tarzini shakllantirdi.

U qishloqdagi 22-sonli umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, fizika va texnikaga boʻlgan qiziqishi tufayli Nukus elektrotexnika texnikumida tahsil oldi. Texnikum tahsilidan soʻng ilk mehnat faoliyatini Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimida ovoz rejissyori sifatida boshladi va umrining qariyb 50-yilini ushbu yoʻnalishga bagʻishladi.

Amudaryo tumani madaniyat markazida ovoz kuchaytirish moslamasini boshqarish rejissyori sifatida koʻplab yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan Jumaboy Kamolovning ovozsozlik sohasidagi tajribasi tumanda oʻtkaziladigan davlat tadbirlarining yuksak saviyada oʻtishini taʼminlayotgani har galgi bayram tantanalaridan soʻng xalqning samimiy eʼtirofi orqali oʻz bahosini oladi. Xalqning: “Bayram zoʻr boʻldi, ayniqsa, ovoz juda tiniq, tabiiy chiqdi!” qabilidagi eʼtiroflaridan barcha madaniyat sohasi xodimlarining koʻngli togʻday yuksaladi. Bunda fidoyi inson Jumaboy Kamolovning hissasi katta boʻladi, albatta.

Jumaboy akaning feʼlidagi mehnatsevarlik, fidoyilik va samimiyat unga ota-onasidan meros. Butun umr halol mehnati bilan oila tebratgan Kamol bobo Yoʻldoshev hamda Jumabika momo Yoʻldoshevalarning oilasida tarbiya topgan Jumaboy aka Kamolov ham umr yoʻldoshi, uzoq yillar yosh avlodga ona tili va adabiyot fanidan dars bergan faxriy ustoz Gulsara opa Kamolova bilan uch qiz va ikki oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. El aro hurmat-eʼtibor topgan Jumaboy aka bugungi kunda nafaqat oʻz nevaralarining, balki oʻzi istiqomat qiladigan mahalla bolalarining ham ardoqli bobosi. Faxriy ustoz Gulsara opa esa yoshlarning sevimli maslahatgoʻyi, mahallaning koʻchaboshchisi.

Yubiley tadbirida soʻzga chiqqanlar Jumaboy Kamolovning butun hayoti va mehnat faoliyati fidoyilik, masʼuliyat va mehr-oqibatga asoslanganligini, u qaysi lavozimda ishlamasin, oʻz vazifasini sidqidildan bajarib kelganini taʼkidladilar. Tumandagi turli darajadagi tadbirlarning sifatli oʻtishi, texnik xavfsizlik va elektr uskunalarining soz holatda boʻlishida uning hissasi doimo katta boʻlib kelgan. Jumaboy aka kabi samimiy, halol va sohaga sadoqatli insonlar bor ekan, madaniyat sohasining kelajagi ham, xalqqa xizmat koʻrsatish darajasi ham yanada ravnaq topaveradi.

Ota kasbini tutgan farzandlari ham bugungi kunda tuman madaniyati sohasining zahmatkashlari. Oʻgʻillari Ikromjon va Mansurbeklar ota kasbini eʼzozlab, ular ham ovoz kuchaytirish uskunalari va texnik moslamalar bilan ishlab, xalqimizga madaniy-maʼrifiy xizmat koʻrsatib kelmoqda. Qizlarining biri tarbiyachi, biri chevar, yana biri hamshira, uchalasi ham oqila oila bekalari. Bu esa ustozning mehnati, toʻgʻri tarbiyasi va sof niyati samarasi ekanining yorqin isbotidir. Jumaboy aka tarbiyalagan shogirdlar ham juda koʻp. Ular tumanimizdagi madaniyat markazlarida faol xizmat qilib kelmoqda.

Jumaboy Kamolov madaniyat va sanʼatga umrini bagʻishlagan, oʻz bilim va tajribasini avlodlariga ulashib kelayotgan haqiqiy ustozdir. Uning insonparvarligi, vazminligi, jamoaga boʻlgan hurmati hamisha soha xodimlari va shogirdlari uchun ibrat boʻlib kelgan. Jumaboy Kamolov bugungi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. U hamisha tadbirlarda faol. Uning boy tajribasi, yuksak madaniy saviyasi va yoshlarga ustozlik ruhida kechayotgan namunaviy faoliyati madaniyat sohasi rivojida muhim oʻrin tutadi. Fursatdan foydalanib, shonli 70 yillik yubileyi munosabati bilan madaniyat xodimi, faxriy ustoz Jumaboy Kamolovga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

NASIBA YeShChANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026