21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:38
Iqtisodiyot 👁 5,957

KOLLEJ BITIRUVChILARIGA YaNA BIR IMKONIYaT

KOLLEJ BITIRUVChILARIGA  YaNA BIR IMKONIYaT

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan "Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom bilan tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga milliy valyutada mikrokredit berish tartibi belgilandi.

Ushbu Nizomning  mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida tahririyatimizga "Mikrokreditbank”ning Mangʻit filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari Elmurod Qurbonovni taklif qilib, unga bir nechta savollar bilan murojaat etdik.

- "Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom haqida kengroq tushuncha bersangiz.

- 5 ta bob va 33 ta banddan iborat ushbu Nizomda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki yuridik shaxs ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz yoki undan ortiq aktsiyaga (ulushga) ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarida oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab 3-yildan ortiq vaqt oʻtmagan bitiruvchilarning kreditlash subʼektlari hisoblanishi koʻrsatilgan.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mikrokreditlar banklar tomonidan toʻlovlilik, muddatlilik hamda pul mablagʻlarini muayyan maqsadda ishlatish va qaytarish shartlari asosida beriladi.

- Mikrokreditlar qancha miqdorda va qancha muddatga beriladi?

- Kreditlar yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining  200 baravarigacha,  yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga esa eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha miqdorda qaytirish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.

Shuningdek, mikrokredit qarz oluvchiga kredit ajratilayotgan loyihaning oʻzini-oʻzi qoplashi hisobga olingan holda: faoliyatini boshlash uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqishga – 12 oy muddatgacha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarini toʻldirishga, shuningdek, asbob-uskunlarni sotib olishga – 2-yil muddatgacha, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun esa 3-yildan ortiq muddatga beriladi.

- Mikrokreditlar berishda imtiyozlar koʻzda tutilganmi?

- Mikrokreditlar urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni  kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, chorvachilik, quyon boqish, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha koʻrsatiladigan texnik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, yengil konstruktsiyali va muqobil yoqilgʻi manbalari hisobiga ishlaydigan issiqxonalarni qurish, meva sabzavotchilikda ishlatiladigan qishloq xoʻjalik texnikalari va mexanizmlarini sotib olish, bevosita ishlab chiqarish sohasi – mahsulotlar ishlab chiqarish, xom-ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurish, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish – aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati koʻrsatish, avtomobillar va boshqa texnikalarni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatish, transport xizmati koʻrsatishni rivojlantirish uchun 6 oylik, yangi bogʻ va tokzorlarni barpo etish, ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan beriladi.

Mikrokredit boʻyicha imtiyozli davr muddati shartnomaga asosan uzaytirilishi mumkin.

- Mikrokreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi qancha miqdorda belgilangan?

- Mikrokreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori boʻlmagan miqdorda, bankning imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

- Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlash qachon boshlanadi?

- Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan mikrokredit boʻyicha asosiy  qarzni toʻlash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davrda mikrokredit boʻyicha faqat foizlar hisoblanadi va toʻlanadi.

- Mikrokredit olish boʻyicha buyurtma berish va mikrokreditni rasmiylashtirish qanday amalga oshiriladi?

- Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun bankka buyurtma taqdim etadi. Buyurtma "Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Buyurtmaga quyidagi xujjatlar ilova qilinadi:

- qarz oluvchining  bank hisob-varagʻiga pul tushumlari prognozi koʻrsatilgan biznes – reja;

- qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;

- qarz oluvchiga tegishli kasb-hunar kolleji diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi;

- tegishli kredit taʼminoti turlaridan biri.

Kredit oluvchilar buyurtmani axborot tizimi orqali elektron shaklda berishlari mumkin.

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi kredit taʼminoti turlaridan biri taqdim etiladi:

mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;

bank yoki sugʻurta tashkilotining uchinchi shaxs kafolati;

qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarlarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;

taʼminotning qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Mikrokredit hisobiga sotib olingan mulk baʼzi holatlarda oʻz qiymatining 70-80 foizi miqdorida mazkur mikrokredit boʻyicha garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Bank buyurtmani olganidan soʻng uch ish kuni ichida uni koʻrib chiqishi va mikrokredit berish yoki mikrokredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi shart.

- Buyurtma bank tomonidan koʻrib chiqilayotganida nimalarga eʼtibor beriladi?

- Buyurtma bank tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:

- buyurtma beruvchining  (kredit oluvchining) daromadlari yetarliligini aniqlash;

- buyurtmada bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi;

- bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.

Mikrokredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, bank buyurtma beruvchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.

Buyurtmani koʻrib chiqish natijalariga  koʻra mikrokredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank va qarz oluvchi oʻrtasida yozma shaklda shartnoma tuziladi hamda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit taʼminoti turi  qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

- Monitoring oʻtkazishdan maqsad nima?

- Banklar mikrokreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi. Monitoring qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarishi uchun yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilishi kerak.

Monitoring oʻtkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy xoʻjalik faoliyati, tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlari, foydasi, aylanma mablagʻlari dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi va boshqa muhim holatlar tahlil qilib boriladi.

Mikrokreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, bank qarz oluvchiga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki  kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin  qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.

- Kredit oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda qarz oluvchiga nisbatan qanday choralar qoʻllanilishi mumkin?

- Qarz oluvchining garov taʼminoti mikrokredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga qurbi yetmagan taqdirda, bank mazkur qarz boʻyicha undiruvni Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.

– Yangi Nizom boʻyicha bergan tushunchalaringiz uchun tashakkur! Ishonamizki, ushbu Nizom tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan kollej bitiruvchilari uchun muhim yangilik boʻldi.

- Salomat boʻling!

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV suhbatlashdi.

(Foto - http://www.uzpsb.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026