21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:05
Jamiyat 👁 3,582

KEChA KIM EDIG-U BUGUN KIM BOʻLDIK?

KEChA KIM EDIG-U BUGUN KIM BOʻLDIK?

Har bir davlatning oʻz oʻtmishi, kechmishi, tarixi mavjud. Aynan oʻsha tariximiz asosida biz kelajakni koʻra boshlaymiz. Kelajak sari olgʻa qadam tashlaymiz. Azal-azaldan ota-bobolarimiz shu muqaddas tuprogʻimizni koʻzlariga toʻtiyo qilib, asrab-avaylab kelmoqda. Bu makon, bu ona tuproq bizlarga ota-bobolarimizdan qolgan merosdir. Meros esa azaliy qadriyat darajasida ulugʻlanmogʻi darkor. Bizning ajdodlarimiz buyuk insonlar boʻlishgan. Ularning Vatanimiz uchun qilgan jasoratlari yosh avlodga ibrat boʻla oladi. Ularning Vatan oldida qilgan jasoratlari haqida oʻylagan har bir insonning qalbida Vatanparvarlik tuygʻusi tugʻyon ura boshlaydi. Bizning ham Vatanimiz uchun biror buyuk ish qilgimiz kelib qoladi. Bolalik chogʻimizdan ong-u shuurimizga singgan, nomi tarix zarvaraqlaridan oʻchmas joy olgan Jaloliddin Manguberdi, Shiroq, Toʻmarislar jasorati qalbimizga hamisha kuch bagʻishlaydi. Ular Vatanimizni yov zulmidan asraganlar. Uning ertasi uchun kurashganlar va kerak boʻlsa, bu yoʻlda jon fido qilganlar.

Xalqimiz, ota-bobolarimiz chekkan azob-uqubatlar sobiq ittifoq davrida yanada ogʻir boʻlganini bobo va buvilarimiz tilidan eshitib, bugungi farovon va ozod hayotimizga shukronalar aytamiz.

Biz – mustaqillik bolalarimiz, bobomiz, buvimiz, ota-onalarimiz koʻrgan qiyinchiliklar bizga tamoman  begona. Faqat ana shu aziz insonlarimizning kechagi kun haqidagi iztirobli hikoyalarini eshitib, telefilmlar orqali koʻrib, Yurtboshimizning Oʻzbekiston davlatini jahonga tanitish, yosh avlod tarbiyasi yoʻlida olib borayotgan izchil siyosatidan har lahza baxtiyorlik hissini tuyib yashaymiz. Kechagi oʻzgalarga mute boʻlgan xalqimiz bugun ozod. Biz ana shu ozod xalq farzandlarimiz.

Yurtimizda yuksak salohiyatli yoshlarni voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Yurtboshimiz har chiqishlarida biz yoshlarga: "Bolalarim!” – deya murojaat qiladilar. Mamlakatimizning kelajagi, ishonchi biz yoshlar ekanligini koʻp bora taʼkidlaydilar.

Har bir inson oʻz Vatanini tiliga olib maqtangisi keladi. Shu jumladan men ham Vatanim bilan faxrlanaman. Bizning Oʻzbekistonimizdek yurt hech qayerda yoʻq. Chunki uning har bir qarich yeri mening yuragimga tutash.

Bizning ajdodlarimiz buyuk insonlar boʻlishgan. Biz avlodlar ham oʻzimizni shunga yarasha tutmogʻimiz darkor. Zero, ajdodlari, avlodlari buyuk yurtning kelajagi ham buyukdir!

 

Sevara ANVAROVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026