QUTLUĞ KUNDA EZGU NIYaTLAR BILAN
Yurtimizda Navrözi olam keng nişonlanayotgan şu kunlarda tumanimiz dehqonlari yaxşi niyatlar bilan, möl hosil umidida tuproqqa uruğ qadaşdi. Şu munosabat bilan tumanning "Xolimbeg” ovulidagi "Ğofur traktorçi” fermer xöjaligi dalasida körgazmali seminar bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Musa Yerniyazov, Respublika qişloq va suv xöjaligi vazirligi vakillari, tumanimiz hokimi, tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari rahbarlari, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Seminarda ekiş mavsumini töğri taşkil etiş, texnikadan unumli foydalaniş, mavsumni tez va sifatli yakunlaş borasida fikr almaşildi. Bu yil tumandagi 507 fermer xöjaligining 15 ming 850 gektar maydoniga çigit ekiş rejalaştirilgan.
Ekiş mavsumiga puxta hozirlik körildi. Mavjud texnikalar 60 otryadga biriktirilib, ularni unumli işlatiş uçun barça şaroit yaratildi, texnikalarga xizmat körsatiş uçun köçma ustaxonalar dala boşiga çiqarildi.
Çigit ekiş mavsumining boşlanişiga bağişlangan körgazmali seminarda fermerlar dala atrofiga poliz ekinlarini ekiş, parranda, baliq va quyon parvarişlaş böyiça ham tajriba almaşdi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov sözga çiqdi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶