BARÇAMIZGA YÖL KÖRSATGAN USTOZ ERUR
Islom dini ilmu maʼrifatga tarğib qiluvçi ilohiy dindir. Zero, insonning ikki dunyosi obod bölişi ilm olmoği va unga amal qilişiga boğliqdir. Inson hayotida bilimi, maʼrifati bilan jamiyat aʼzolari örtasida qadr-qimmat va obrö-eʼtiborga ega böladi.
Tarixga nazar solsak, Odam alayhissalomning fariştalarning taʼzimiga sazovor bölişi ham aynan ul zotda ilm bölganligidandir.
Muhammad (s.a.v.)ning özlari: "Albatta, men muallim qilib yuborilganman”, deganlar. Mana şuning özi ham ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanligini körsatadi.
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan dastlabki oyatlarda ilm olişga undaş maʼnosi borligining özi ham Islom ilm-maʼrifat dini ekanligining yorqin dalilidir.
Yurtimizda har yili 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi. Uluğ ustozlar hamma narsadan ilmu-maʼrifatni afzal bilişgan. Butun hayotlarini ilm-maʼrifatga bağişlaşgan. Yurtimiz qadimdan uluğ vatandoşlarimiz ilmi tufayli butun dunyoga maşhur bölgan.
Abu Muso Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Farğoniy, Imom Buxoriy kabi olimlar dunyo fanlariga asos solganlar. Bunday misollarni juda köplab keltirişimiz mumkin.
Mamlakatimiz ustoz va murabbiylarga ehtirom körsatiş, ularni eʼzozlaş, ijtimoiy imtiyozlar yaratiş borasida har qanday mamlakatga namuna böla oladigan yurtdir. Jamiyatning köp qismini taşkil qiluvçi yoşlarimizga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarimizni hamişa hurmatlaşimiz va eʼzozlaşimiz lozim.
Zero, kelajak avlodning barkamol va yetuk, maʼrifatli bölib yetişişlarida ularning xizmatlari kattadir. Özbekiston dunyo hamjamiyatida özining munosib örnini egallab, taʼlim, madaniyat, sport va boşqa sohalarda tenglar içra teng bölib, öz mavqeiga ega bölişida ustoz va murabbiylarning örni beqiyosdir.
Ustozlarni qadrlaş haqida söz ketganda, beixtiyor hazrati Mir Alişer Navoiy bobomizning uşbu sözlari yodimizga tuşadi:
Haq yölida kim senga bir harf öqutmiş ranj ila,
Aylamak bölmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Haqiqatan ham, ustoz otangdek uluğ deb ajdodlarimiz bejiz aytişmagan.
Rajabboy
Habibullayev, "Hoji Eşon bobo” jomeʼ masjidi imomi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶