“BIZNING SAVDO RASTALARIMIZDA SIFATSIZ GÖŞT SOTILMAYDI”
Har qanday mamlakat ijtimoiy hayotida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölan talabini qondiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş xalq farovonligini yuksaltirişning muhim omili sanaladi.
Davlatmiz mustaqillikka erişgan ilk kunlaridanoq uşbu sohaga qaratilgan ulkan eʼtibori, qişloq xöjaligida olib borilgan islohotlarning samarasi bugun hayotimizda öz ifodasini topmoqda. Yaʼni aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini töla qondiriş, bozorlarimizda narx-navoning barqarorligini saqlaşdek muhim ijtimoiy masala hal etilmoqda.
Ayni kunlarda yurtimizning, tumanimizning bozorlariga borgan kişi xuddi yoz pişiqligi davridagidek xohlagan qişloq xöjalik mahsulotlarini, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini saralab oliş imkoniga ega, tökinlik, maʼmurlikka beixtiyor şukrona aytadi, şu totli neʼmatlarni bunyodga keltirayotgan insonlarni duo qiladi.
Xalqimizning halol rizqi sotilayotgan şunday peştaxtalardan baʼzi nobakor insonlarning şaxsiy boylik orttiriş maqsadida foydalaniş holatlari ham sodir bölayotganligidan ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bölgan tumanimiz aholisi orasida ham turli fikr-mulohazalar uyğonayotganidan köz yumolmaymiz. Bu yerdan gap “Şarşara” kolbasa tsexida eşak göştini mol göştiga aralaştirib, mahsulot tayyorlaş holati, Toşkent şahri bozorlariga uyuşgan jinoiy guruhning har oyda 5 tonnadan 15 tonnagaça ölimtik va kasallangan mollar göştiga işlov berib savdoga çiqarib kelgani haqida borayapti.
Şularni eʼtiborga olib, bu boradagi tumanimizdagi ahvol bilan gazetxonlarni taniştiriş maqsadida tuman Veterinariya bölimi boşliği Rustam Xudoyorovni suhbatga çorladik:
- Tuman Veterinariya bölimi tomonidan aholining göşt va göşt mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida asosan tumanimizda yirik şoxli mollar göşt uçun söyilmoqda. Söyiladigan mollar odam va hayvonlar uçun xos bölgan kasalliklarga qarşi söyişdan oldin veterinariya körigidan ötkaziladi, yaʼni buning uçun söyiladigan qoramollarning qoni olinib, brutsellyoz kasalligiga tekşiriladi. Undan keyin söyiladigan qoramollarning veterinariya mutaxassislari tomonidan tana harorati ölçanadi. Urğoçi qoramollarning böğoz-qisirligi aniqlanadi va ijobiy natija olingandan keyin maxsus kuşxona yoki söyiş maydonçasida söyişga ruxsat etiladi. Maxsus kuşxona yoki söyiş maydonçasida söyilgandan keyin veterinariya mutaxassislari tomonidan qoramolning içki organlari veterinariya körigidan ötkaziladi. Bunda taloq, jigar, qoramol kallasi va muskulli göştlarda tekşirişlar ötkaziladi. Bu vaqtda organlarda özgariş bölmasa, göşt tamğalanib, sotiş uçun veteranariya şifokori tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Agarda yuqorida körsatilgan organlarda özgarişlar bölsa, göşt qayta tekşirişdan ötkaziladi va yaroqsiz deb topilgan göşt yöq qilib taşlanadi.
Göşt sotiş dökonlari 2 ta xonadan iborat, yaʼni sotiş va nimtalaş xonalari bor. Göşt sotiş dökoni veterinariya-sanitariya talablariga javob berişi nazorat qilib boriladi. Buning uçun göşt dökoni toza bölişi, qöl yuviş uskunasi bölişi, sotuvçi va xodimlar tibbiyot körigidan ötgan bölişi hamda maxsus kiyimda bölişi kerak.
Tumanimizda qişloq xöjalik hayvonlarini odam va hayvonlar uçun xos bölgan kasalliklardan himoya qiliş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya Qömitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida veterinariya tadbirlari olib borilmoqda. Asosan ötgan 2017-yil davomida 34640 boş qoramol öta xavfli kasalliklar hisoblangan bruyetsllyoz kasalligiga serologik tekşirildi. 21400 boş qoramol tuberkullyoz kasalligiga allergik tekşirildi, quturiş kasalligiga profilaktik emlaş 10620 boş qoramolda, oqsil kasalligiga profilaktik emlaş 53206 boş qoramolda, kuydirgi kasalligiga profilaktik emlaş 125998 boş qoramolda, qorason kasalligiga profilaktik emlaş 14850 boş qoramolda ötkazildi va bundan taşqari yuqumli kasalliklarga qarşi diagnostik, kaprologik tekşirişlar ötkazildi.
Tuman veterinariya bölimi tomonidan olib borilayotgan veterinariya tadbirlarining samaradorligi sababli hududimizda qişlok xöjaligi va uy hayvonlari orasida yuqumli kasalliklar qayd qilinmadi. Bundan keyin ham veterinariya mutaxasislari tomonidan belgilangan reja asosida işlar olib boriladi va bozorlarimiz rastalarida sifatli göşt va göşt mahsulotlari sotilişiga öz hissamizni qöşamiz.
R.XUDAYaROV, Veterinariya bölimi boşliği.
Oygul Rajabova yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶