Maktabimiz bilimdonlari bilan faxrlanamiz
2017-2018 öqiş yili 49-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi uçun samarali keldi. Maktabimiz öquvçilari ona tili, matematika, fizika fanlaridan yaxşi natijalarga erişmoqdalar. Bu yilgi fanlar olimpiadasi bellaşuvida 9-sinf öquvçisi Mahbuba Xolboyeva ona tili va adabiyoti fanidan hudud, tuman bosqiçlarida ğolib çiqib, 23-24-mart kunlari Nukus şahrida bölib ötgan fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Pespublikasi bosqiçida faxrli 3-örinni egalladi va Qoraqalpoğiston Pespublikasi xalq taʼlimi Vazirligining 3-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Mahbuba Xolboyevani ustozi, ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Matluba Berdimaqova aniq va puxta reja asosida tayyorladi.
Yana bir öquvçimiz, 9-sinf öquvçisi Azimjon Örolboyev fanlar olimpiadasida tuman bosqiçida faxrli 4-örinni egalladi. Uning ustozi Erkaboy Norboyev ham matematika fanining bilimdoni hisoblanadi. “Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçi ham maktabimiz öquvçilari uçun samarali böldi. Matematika fanidan 7-sinf öquvçisi Barno Örolboyeva tuman bosqiçida faxrli 3-örinni egalladi.
Ustozim Ötkir aka Yöldoşevdan minnatdorman, – deydi Barno Öralboyeva. – Kelgusi yili albatta yana ğoliblar safidan joy olişga intilaman. Çunki ustozim matematika fanini badiiy adabiyot darajasida, qiziqarli va mazmunli ötadilar.
Biz maktabimiz öquvçilarining har bir yutuğidan quvonamiz va ularning intilişlarini qadrlaymiz.
Pahmatulla Artiqov,
49-sonli umumtaʼlim maktabi
M.M.I.B.D.Ö.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶