24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:02
Jamiyat 👁 1,448

KIChIK SANOAT ZONALARI – IQTISODIYoTIMIZ RIVOJIDA MUHIM OMIL

KIChIK SANOAT  ZONALARI – IQTISODIYoTIMIZ RIVOJIDA MUHIM OMIL

Dunyo davlatlarining rivojlanish jarayoniga nazar tashlaydigan boʻlsak, zamonaviy texnologiyalar asosiga qurilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari hududlar iqtisodiyoti izchil taraqqiy etishiga xizmat qilayotganiga guvoh boʻlamiz. Oddiy soʻz bilan aytganda, sanoatni rivojlantirish orqali tabiiy boyliklar serob boʻlgan joylardagidan ham yaxshiroq hayot kechirayotgan, farovonlikka erishayotgan davlatlar safi kun sayin oshib bormoqda.

Shularni hisobga olgan holda yurtimizda ham sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2018-yilning 6-martidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori fikrimizning isbotidir. Mazkur qaror bilan Qoraqalpogʻistonning 6 ta tumanida, jumladan, bizning Amudaryo tumanimizda ham kichik sanoat zonalarini tashkil qilish belgilandi.

Qaror asosida tumanimizdagi “Amudaryo paxta tozalash zavodi” aktsiyadorlik jamiyatining eski binosini kichik sanoat zonasiga aylantirish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi. Bu masala boʻyicha tumanda ishchi guruh tuzilib, jami 14,3 gektar yer maydoni, shundan 11 ming 803 kvadrat metr qurilish maydoni hamda hududdagi binolar xatlovdan oʻtkazildi va ishchi guruh tomonidan qabul qilib olinmoqda.

Ushbu kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlik subʼektlarini joylashtirish maqsadida bu joydagi yer, bino va boshqa inshootlar uchun tender savdolari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Hokimlikning tarmoq dasturiga kiritilgan, oʻz biznes rejasiga ega boʻlgan barcha tadbirkorlar kichik sanoat zonasidagi yer, binolar va boshqa inshootlar uchun oʻtkaziladigan tender savdolarida ishtirok etishlari mumkin.

Kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subʼektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan koʻchmas mulkdan ijara asosida foydalanish davrida ijara toʻlovining “nol” stavkasi bilan beriladi. 5-yildan keyin esa tegishli tartibda mulkka egalik huquqi beriladi.

Aytish kerakki, Prezidentimizning 2017-yil 18-yanvardagi Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻistonning, jumladan Amudaryo tumanining ham sanoat sohasida yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar 2022-yilning 1-yanvarigacha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ozod etilgan.

Shulardan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmasini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi kichik sanoat zonalari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar – “yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, tumanga xorijiy investorlarni jalb qilish, ishlab chiqarishga yangi innovatsiyalarni olib kelish maqsadida tuman tadbirkorlarini Xitoy xalq Respublikasi, Singapur, Bangladesh, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlarga safarga joʻnatish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi. Tadbirkorlarni safarga joʻnatish tuman hokimligida shakllantirilgan roʻyxat asosida har chorakda amalga oshiriladi.

Yangi barpo qilinayotgan kichik sanoat zonasi, avvalo tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratib, qolaversa, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qoʻshishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Rashid SALAYeV, tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar,

xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va

kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish

masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026