Ezgu işlarda yaşayotgan ustoz
Azim Qiliçboyning “Xizr eli” mahallasida tuğilib-ösgan va butun vujudi bilan şu zaminga boğlanib, uning har bir giyohidan tortib, har bir bolasiga va taʼbir joiz bölsa, har bitta xonadoniga mehr qöyib yaşagan Boltaboy Sodiqov keçagina biz bilan hamnafas, hayot edilar. Bugun esa... Uning nomi mangulikka daxldor bölib qoldi. Umr böyi özi işlagan 46-sonli maktabda, mahalla-köyda, oşna, yor-döstlar, qadrdonlar va nihoyat oilasi davrasida bu aziz insonning örni böm-böş...
Boltaboy Sodiqov butun “Xizr eli” mahallasining faxri edi. Hali öquvçilik paytidanoq özining intizomi, çiroyli xulqi bilan atrofidagilarning mehrini qozongan Boltaboy Sodiqov 1972-yilda Nukus Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini muvaffaqiyatli tugatib, ilk iş faoliyatini 46-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşladi. Bilimdon, fikri teran Boltaboy Sodiqov juda qisqa fursatda maktabning yetakçi öqituvçilari safidan joy oldi. Maktabda fizika fanini öqitiş böyiça öziga xos tajriba maktabini yaratdi. Natijada Boltaboy Sodiqovning saʼy-harakatlari, uşbu fanni öqitiş borasidagi uslubi, taʼlim-tarbiya sohasidagi tajribalari alohida eʼtiborga olinib, 46-sonli maktab fizika fanini öqitiş böyiça tumandagi tajriba-tayanç maktabiga aylantirildi.
– Nafaqat hamkasblari orasida, balki oilada ham sözi, fikri ötkir, hurmati baland edilar, – deydi u kişining umr yöldoşi, xalq taʼlimi faxriysi Jamila opa Safarboyeva. – U kişi heç kimga tanbeh berib, qattiq gapirmasdilar. Öğil-qizlari, nevaralari bilan hurmatli insonlar bilan gaplaşganday muomala qilardilar. Barçamizga ğamxör edilar.
– Agar ustoz Sodiqov bizga fizika fanini çuqur örgatmaganlarida men bugungi darajaga yetişmagan bölardim, – deydi tuman faollaridan biri Omonboy Yusupov. – Ustoz bizga bu fanni gözal şeʼriyat darajasida maroqli ötardilar.
Boltaboy Sodiqov şogirdlarining deyarli 80 foizi oliy maʼlumotli mutaxassislar bölib yetişişgan. Komiljon Omonov – tajribali jarroh, Aminboy Örozmetov stomatolog-şifokor, Mansur Qosimov içki işlar xodimi, Zafar Otamurodov Iqtisod kolleji direktori, Zulfiya Sotiboldiyeva bolalar şifokori, Muyassar Otamurodova terapevt-şifokor, Raʼno Aminova, Sayyora Eşçanova, Surayyo Eşimbetovalar biri matematika, birlari fizika fani öqituvçilari. Bu röyxat juda uzun. Boltaboy Sodiqov özi hayotligida har bir qalbga ilm nurlarini yöğirgan nurli yöl kabi uzundir bu röyxat. Çunki bu ustozdan taʼlim olgan insonlar “Xizr eli” mahallasidan taralgan maʼrifat nurlari bölib mamlakatimizning turli göşalariga çaroğonlik baxş etgan. Ana şu çaroğon manzillarda şogirdlari tomonidan amalga oşirilayotgan ezgu işlarda Boltaboy Sodiqovning ikkinçi umri davom etayotganday. Zero, yaxşi, ezgu işlari bilan el-yurt yuragidan joy olgan insonlar nomi mangulikka daxldordir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶