EL TANIGAN FIDOYI
Ötgan asrning 80-yillari oxiri. Sobiq SSSP tarkibidagi Pespublikalarda notinçlik hukm surar, millatçilik, demokratik qözğalişlar avj olgan edi. Ana şunday tahlikali bir davrda, 1988-yilda umumtaʼlim maktabini tugatgan Bahodir ota-onasining duosini olib, Volgograd davlat pedagogika universitetining rus tili va adabiyoti fakultetiga hujjat topşirdi. Maktabda aʼlo baholarga öqigani sababli şu yiliyoq talabalar qatoridan joy oldi.
Universitet tahsili qiziqarli, dars beruvçi professor-öqituvçilar nihoyatda talabçan bölişsa-da, öşa davr ruhi talabalar hayotiga öz taʼsirini ötkazgan, ayrim yoşlar orasida guruhbozlik, millatçilik ğoyalari ham tarqalib ulgurgandi. Ana şunday tahlikali davrda universitet pedagogika jamoasi talabalarga sabr-toqat va zukkolik bilan taʼlim berişar, aʼloçi talabalarni doimiy ravişda rağbatlantirib turişardi. Bahodir Boltaboyev to universitetni tugatgunga qadar ustozlarining aʼloçi va intizomli talabalari safida tahsil oldi.
1993-yilda universitetni imtiyozli tugatgan Bahodir özi tuğilib ösgan ovuldagi 32-sonli maktabda yoş avlodga rus tili va adabiyoti fanidan dars bera boşladi.
Işçanligi va taşkilotçiligi bilan nazarga tuşgan Bahodirni oradan 1-yil ötib – 1994-yilda Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman qömitasining umumtaʼlim maktablari taşkilotlari bölimi yöriqçisi vazifasiga tayinlaşdi.
Tinib-tinçimas bu yigit bilan goho yölda, goho tuman miqyosidagi yiğilişlarda, baʼzan esa yölimiz bir bölgani uçun Manğit-Qipçoq yönalişidagi avtobuslarda uçraşib qolardik.
– Falon maktabda bunday tadbir bor, – taklif qilardi doim. – Hamma maktablarda şunday tadbirlar ötkazayotirmiz. Bilasiz-ku, har xil bölar-bölmas oqimlar, mafkuraviy xurujlar kun sayin avj olayotir, – kuyib-pişib gapirardi Bahodir. Uning jiddiylik zohir bölgan yuzida heç ham horğinlik sezilmasdi. Zamonning qalqib turganini, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun bunday tarğibot-taşviqot tadbirlari juda muhimligini nainki taʼkidlardi, balki özi ana şunday tadbirlarning taşkilotçisi ham edi öşa yillari.
Yoşlar bilan işlaşiş borasida katta tajriba töplagan Bahodir Boltaboyev 23 yoşdayoq, juda qisqa fursatda Yoşlar ittifoqi tuman qömitasi rahbariyatining işonçini qozondi, tumanimiz yoşlari orasida obrö-eʼtibor topdi.
Oradan bir yil ötib, taşkilotçi va taşabbuskor bu yigitni Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman qömitasining mafkura bölimi mudirligiga tayinlaşdi. Endi uning faoliyat kölami yanada kengaydi. Nafaqat umumtaʼlim maktablari öquvçi-yoşlari, balki tumanimizning barça toifadagi yoşlari bilan işlaşiş, yoşlar örtasida giyohvandlik, odam savdosi, ommaviy madaniyat kabi yot ğoya va illatlarga qarşi kuraşiş, soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaş, yoşlar ongini turli xil mafkuraviy xurujlardan himoya qiliş kabi mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, oçiq muloqot şaklidagi davra suhbatlari taşkil etiş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş uçun şaroitlar yaratişdek qamrovi keng vazifalar taşabbuskori va ijroçisiga aylandi.
Öşa yillari özim işga qatnaydigan yönalişdagi avtobuslarda Bahodirni juda kam körardim.
Heç esimdan çiqmaydi: bir kuni işdan ança keç çiqdim. Manğit şahridan çiqaverişda, Manğit-Qipçoq yöli böyida yölovçi maşinalardan biriga umid bilan qöl kötardim – töxtadi. Maşinaga çiqsam, oldingi örindiqda Bahodir ötiribdi. Söraşib, omonlaşdik.
– Keça uyga borolmagandim. Iş köp, hisobotlar vaqti, paxta terimi deganidek... Ota-onam juda bezovta bölibdi. Bugun ham keçikib ketdim, – siz ham keçga qolibsiz-da, deganday gapirdi u.
Öşa yillari – 1994-1995-yillarda bozor iqtisodiyotiga ötiş davri qiyinçiliklari yoşlar taşkilotlarini ham çetlab ötmadi. Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman qömitasi rahbaridan tortib, barça mutaxassislari ham kun böyi dalama-dala yurişar, yoşlar brigadalarini tuzib, paxta terimiga jalb qilişar, özlari ham paxta terişar edi. Horib-tolib daladan qaytgan Bahodir öşanda keçalari qömita ofisida ötirib, özi boşqaradigan mafkura bölimining işlarini bajarardi.
Fidoyilik, masʼuliyatni his qiliş, tirişqoqlik kabi sifatlari bois u 25 yoşida Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman qömitasi birinçi kotibligiga saylandi.
1996-2002-yillarda “Kamolot” jamğarmasi, keyinçalik “Kamolot” YoIH tuman bölimi Kengaşi raisi, 2002-2009-yillarda tuman hokimligining ijtimoiy masalalar böyiça boş mutaxassisi, tuman hokimining yordamçisi lavozimlarida sidqidildan xizmat qildi. Qaysi vazifani ado etişidan qatʼiy nazar, zimmasidagi masʼuliyat va burçni çin dildan his eta oldi va atrofidagilarning işonçini qozondi. Quyidan to yuqorigaça özi rahbarlik qilgan bölimlar va sohalar faoliyatini çuqur örganib, öziga xos tajriba maktabini yaratdi. Köplab yoşlarga ustozlik qildi, önlab şogirdlar tayyorladi. Uning şogirdlari ayni paytda fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat sohalarining bilimdonlari, jonkuyarlari sifatida el-yurt ravnaqi yölida xizmat qilmoqda.
2009-yildan buyon şu kungaça tuman hokimligining taşkiliy-nazorat guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Bahodir Boltaboyev guruh töğrisidagi Nizomda körsatilgan ijro intizomini mustahkamlaş, kadrlarni tanlaş, joy-joyiga qöyiş uçun nomzodlarni har tomonlama örganiş, kadrlar zahirasini şakllantiriş, saylovlarni taşkil etiş va ötkaziş, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlarining öz vakolatlarini amalga oşirişida kömaklaşiş kabi vazifalarni sidqidildan ado etib kelmoqda.
Ayni kunlarda Bahodirning xonadoni şogirdlari, döst-u birodarlari taşrifidan fayzga tölgan. Yoşlar hayotiga oid muammolarni hal qiliş, yoşlar bilan işlaşişda fidoyilik körsatiş, istiqlol ğoyalarini yanada mustahkamlaş, yoş avlod ongida vatanparvarlik, özaro mehr-oqibat, intiluvçanlik va taşabbuskorlik tuyğularini uyğotiş, mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişdagi fidokorona xizmatlari uçun hamda mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan Bahodir Boltaboyev Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qaroriga köra “Qoraqalpoğiston Pespublikasida xizmat körsatgan yoşlar ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Xalqimizda şunday hikmatli ibora bor: “El fidoyisini el taniydi, hurmat qiladi”. El tanib, hurmat qilgan, mehnatlari eʼtirof etilib, Vatanning yuksak mukofotiga sazovor bölgan Bahodir Boltaboyevga bundan ham yuksak unvonlar nasib qilişini tilaymiz!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶