EZGULIK YÖLIDA
Örta maktabni tugatib, oliygohga öqişga kiriş niyatida Toşkentga ilk qadam qöygan kunimdagi bir voqea hamon yodimda. Öşanda sinfdoş dugonalarim Şarifa, Ramiza, Şukurjonlar bilan Toşhovuz şahridagi vokzaldan otam rahmatlik poyezdga mindirib yuborgandilar. Toşkentga yetib borganimizdan söng poyezddan tuşib, tört dugona manzilga qanday, qaysi transportda borişimizni bilmay töxtab qoldik. Söray desak, aksiga olib, heç kim uçramaydi.
Şunda kelib töxtagan trolleybusdan yetaklaşib, körinişidan bizdan köra uç-tört yoşça kattaroq, döppi kiygan ikki özbek yigit tuşdi. Ular ham biz kabi avval talmovsirab turişdi-da, keyin bekatda trolleybus, tramvay, avtobuslar uçun yöl çipta sotib ötirgan rus ayoli yoniga borib, vokzalga ötiş joyi qayerdaligini söradi. Ayol ularga yöl körsatdi, yigitlarni piyodalar ötiş joyidan ötkazib qöydi.
Ular sof rus tilida suhbatlaşib yonimizdan ötib borayotganida kördimki, ikkala yigitning ham közlari yarim yumuq edi. Aftidan ular egizaklar edi, bir-biriga juda öxşardilar.
– Barakalla yigitlar,– dedi ayol öz tilida ularning yelkasidan qoqib.
Öşanda közlari ojiz bölsa-da, ularning rus tilida ravon gapira olişiga, xuddi soğlom odamlarday mehnat qilişiga juda-juda havasim kelgan, nega men soğlom, közlarim ravşan bölaturib, şu yigitlarçalik rus tilini örgana olmadim, deya ökinganimni, rus ayolning “molodtsi, rebyata” deb qöyganida ularga havas bilan qaraganimni hamon unutolmayman. Hayotda yaxşi yaşaş, xayrli işlar qiliş, birovlardan olqiş oliş uçun körkam yo soğlom böliş ham şart emasligini öşanda tuşunganman...
Mustaqillik bayrami arafasida Özbekiston Közi ojizlar jamiyati Amudaryo tuman bölimi raisi Aminboy Örozmetovning davlatimizning yuksak unvoniga sazovor bölganligi haqidagi xuşxabarni eşitib, öşa voqeani yana esladim. Ha, közi ojiz bölsa-da, soğlom odamdan kam bölmay, 12-yildan beri şu bölimga yetakçilik qilib, özi kabi neça-neça odamlarni Yaratganning ravo körganiga şukur qilib, imkon qadar yaxşi yaşaş uçun intilişga rağbatlantirib, ularga madad bölişga, köngliga yoruğlik olib kirişga harakat qilib kelayotgan bu yigitga faqat men emas, köpçilik havas qilsa, arziydi.
Ayni kunda jamiyatning tuman bölimida 459 nafar aʼzo bor. Ularni qutluğ kunlar, muhim sanalarda bir dasturxon atrofiga töplab, bayramlarni köngilli nişonlaşlariga, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga erişişni Aminboy öz burçi deb biladi.
2014-yilda Aminboy Örozmetovning saʼy-harakatlari va tumanimiz sobiq hokimi Rajabboy Yöldaşev (Xudo rahmat qilsin!) taşabbusi bilan qurilib foydalanişga topşirilgan zamonaviy binoda faoliyat körsatayotgan bölim kutubxonasi jamiyat aʼzolarininggina emas, şu hududda yaşovçi aholining ham sevimli maskani. Kutubxonaning jami kitob fondi 5618 ta, şuning 1632 tasi Brayl alifbosidagi, 944 tasi audio, 21 tasi gapiruvçi, 3021 tasi bosma harfli kitoblardir. Kitobxonlar soni esa 600 nafardan ziyod. Kuniga taşrif buyuruvçilar 20-30 nafar atrofida. Kutubxona mudiri Bozorboy Örozmetov, kutubxonaçi Zuhra Yormonovalar kitobxonlarga namunali xizmat körsatişadi.
Bölimda uning yelib-yugurişlari tufayli böz töqiş tsexi faoliyati yölga qöyildi. Bu yerda hozir örnatilgan 10 ta dastgohning 8 tasida böz, brezent matolari töqilayapti.
– Aslida oilamizda mening maoşimga zarurat yöq. Biroq mening ham bekor ötirgim kelmaydi, bolalarimga kömakdoş bölib işlagim keladi. Mana, biz uçun Aminboy işlaşga şaroit yaratib qöyibdi, – deydi Norjon Çovdirova.
Ha, Aminboy Örozmetov ana şunday ezgu xizmatlari uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining qaroriga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” Faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Bu xuşxabar tarqalgan kun Özbekiston Közi ojizlar jamiyati tuman bölimi aʼzolari uçun bayramga aylanib ketdi. Aslida ham közi ojiz, köngli yarim odamlar hayotiga mazmun, quvonç olib kirişdek ezgu maqsad bilan mehnat qilayotgan bu yigit har qança olqişlar-u tahsinlarga loyiq.
Oygul RAJABOVA.
Suratda: Aminboy Örozmetov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶