22.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
22.11.2026, 00:41
Maqolalar 👁 1,117

Qalblarda yaşayotgan şifokor

Qalblarda yaşayotgan şifokor

Donolar aytganidek, haqiqiy şifokorning faoliyati çindan ham eng savobli mehnatdir. U insonlarning soğligini saqlaş yoki qayta tiklaş orqali hayotga qaytaradi. Şifokorlik –jasoratni, fidoyilikni, qalb va fikr soğligini talab etadi.

Şarq tabobatining buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino zimmasiga şarafli va maşaqqatli bölgan tabiblik masʼuliyatini olgan insonlar haqida töxtalib şunday degan: “Öz umrini savob iş – şifokorlikka baxş etgan odam eng avvalo saxiy va muruvvatli, sodda, haqgöy, beğaraz va adolatli bölişi kerak. Taşqi qiyofasi eʼtiborga loyiq, kamsuqum, kamgap, oçiq çehrali, boqişlari samimiy va tabassumli, ozoda va kamtarona kiyingan bölişi lozim. Zero, uning körinişi va xatti-harakatlari bemor va uning yaqinlari orasida hurmat hamda işonç tuyğusini uyğota olsin”.

Ibn Sinoning tibbiy madaniyat masalasida tibbiyot ahli uçun qöygan talab va istaklari öz hayotining 43-yilini tumanimizda tibbiyotni rivojlantirişga, aholi salomatligini yaxşilaşga baxşida qilgan otaşqalb inson Abdulla Madaminovning betakror insoniy fazilatlari, tibbiyot xodimi sifatidagi öziga xos yuksak darajadagi ilmiy va madaniy saviyasi, öz zamonasining eng ilğor kişisiga xos bölgan intellektual salohiyatiga töla-tökis mos keladi. Haqiqatan ham Abdulla akaning öziga xos, örgansa arzigudek odamiylik xislatlari hamon yodimizdan öçgan emas. Ularni esga oliş, xotirlaş biz zamondoşlarining, qolaversa, yoş avlodning insoniy burçidir.

Abdulla Madaminov! Bu insonni nafaqat tumanimizda, balki respublikamizda, qöşni viloyatlarda ham köpçilik taniydi, hatto bir vaqtlar döstona bordi-keldi qilişgan. Köpinça uni beqiyos hurmat bilan “Madaminov!” deb ataşardi. Bunga u qariyb 43 yillik şifokorlik halol xizmatlari evaziga erişgan.

aka Madaminov Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanida işçi oilasida, 1932-yil 20-dekabrda tuğilgan. Uning yoşligi qiyinçilik yillariga töğri kelgan. Oçarçilik aholining tinka-madorini quritgan, uruşdan keyingi tiklaniş davri edi bu yillar. Yoş öspirinlik davridayoq aka maktabdan keyin otasiga yordamlaşib, işga ham qatnaşardi. Uning köpgina tengdoşlari öqişni taşlab, işga kirib ketişganda yoşligidan ilmga çanqoq, zehnli bu yigit 1950-yilda A. Navoiy nomli örta maktabni aʼlo baholar bilan bitirib, şu yili Toşkent Davlat Tibbiyot oliygohining davolaş fakultetiga öqişga kiradi. 1956-yilda oliygohni muvaffaqiyatli bitirgan yoş mutaxassisga davlat taqsimot hayʼati sobiq Qoraqalpoğiston ASSR Soğliqni saqlaş vazirligining sörovnomasi asosida oliy maʼlumotli şifokor kadrlar yetişmayotgan Qipçoq tumaniga işga yöllanma beradi. Öşa yillarda hali Kipçoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli ança qoloq, rivojlanmagan, hali mahalliy aholi orasidan yoş, öqimişli kadrlar yetişib çiqmagan bir paytlar edi. Ana şunday davrda aka özining tibbiyot sohasidagi ilk iş faoliyatini Qipçoqdan boşladi. Öz ustida işlaşdan toliqmaydigan va atrofidagilar hamda aholining keng qatlami bilan tezda til topişib keta oladigan bu işçan, kamtarin yoş şifokorni şu yilning özidayoq Qipçoq tumani markaziy kasalxonasiga boş şifokorlik lavozimiga tayinlaşadi.

ÖzSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 18-dekabrdagi 985-sonli Farmoniga muvofiq Qoraqalpoğiston ASSRning Qipçoq tumani hamda Xorazm viloyatining Manğit tumanlari birlaştirilib, Amudaryo tumani taşkil etiladi. Yangidan taşkil qilingan tumanning markaziy kasalxonasiga Abdulla Madaminov boş şifokor etib tayinlanadi. 1961-yildan “Kommunizm” (hozirgi “Tölqin” ovuli) jamoa xöjaligi hududida yangidan taşkil etilgan qişloq şifoxonasida boş vraç bölib işlay boşlaydi.

Öşa yillarda tuman hududida köz traxoma kasalligi epidemiya tarzida aholi orasida avj olgan, unga qarşi respublika miqyosida kuraş olib borilib, hududlarda traxomaga qarşi yoppasiga emlaş işlari yölga qöyildi. Tumanda bu kasallikka qarşi 1962-yilda “Köz kasalliklari dispanseri” taşkil qilinib, Abdulla Madaminov uşbu şifoxonaning boş şifokori etib tayinlanadi. Bu masalada markazda qisqa kursni ötab kelgan Abdulla aka aholi orasida epidemiyaga aylana boşlagan bu xastalikni töxtatişning çora va tadbirlarini tinimsiz ravişda izladi va epidemiya tarqalişining oldini olişda fidoyilik qildi.

U 1970-yildan boşlab, qariyb 18-yil mobaynida tuman birlaşgan şifoxonasi boş şifokori örinbosari vazifasida işlab kelgan, turli darajalardagi sobiq ittifoq va respublika miqyosidagi anjumanlarga, tibbiyot xodimlarining sʼezdlariga delegat qilib saylangan.

“Şifokorning samimiyligi u qilmoqçi bölgan muolajalarning avvalidir”, – degan fikrni juda köp takrorlar edi Abdulla aka. Şu örinda uning insoniy fazilatlari va tibbiyot xodimi va rahbar sifatidagi madaniy saviyasining betakror öziga xos qirralarini u inson bilan zamondoş va kasbdoş bölgan insonlardan biri, keksa tibbiyot xodimi Jamol Ötamurodov şunday xotirlaydi:

– Rahmatlik Abdulla aka şifokorlarni iş joyiga kelganlarida ziyoli insonlarga xos kiyinib, galstuk taqib, poyabzalini esa yaltiratib tozalab, soç-soqollarini tartibga solib kelmasalar – ança koyib taşlar, hatto işga qöymas ham edilar...

Abdulla Madaminov Amudaryo tumanidagi yuzlab yoş şifokor kadrlarga ustozlik qildi va bu öz navbatida tumanda tibbiyot sohasining rivojlanişida katta rol öynadi.

Tinib-tinçimas bu inson 1988-yildan to umrining oxiriga qadar markaziy şifoxonaning nevrologiya bölimiga rahbarlik qilgan. Abdulla akaning mehnatlari mamlakatimizda öz vaqtida munosib baholanib kelingan. U sobiq “SSSR Soğliqni saqlaş aʼloçisi”, “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi”, “Qoraqalpoğiston ASSRda xizmat körsatgan şifokor” unvonlari va “Mehnatda örnak körsatganligi uçun” medali sohibi edi.

Abdulla akaning havas qilsa arzigulik ajoyib oilasi bor. Turmuş örtoği Oyşa opa bilan 6 nafar öğil-qizlarni tarbiyalab, qatorga qöşganlar. Ularning barçalari öqimişli – oliy maʼlumotli mutaxassis-kadrlar. Ularning oralarida quruvçi, öqituvçi va şifokorlar ham bor. Darhaqiqat, Abdulla akadek şifokorlar sardori bölgan jonkuyar, diyonatli insonlar yodi, qilgan ezgu işlari ular boqiy dunyoga rixlat etganlarida ham tiriklar qalbida mangu qoladi.

Qodirbergan hoji JUMAMURODOV,

mehnat faxriysi, tarixçi va islomşunos.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026