27.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
27.09.2026, 00:07
Maqolalar 👁 827

ZULM QILISh ZOTI AQLIYaTGA ISNODDIR

ZULM QILISh  ZOTI AQLIYaTGA ISNODDIR

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Zulm deb hayotda biron bir kimsaning qasddan yoki bilmasdan boshqa birovlarga, turli maxluqotlarga qilgan jabr va adolatsizlik harakatiga aytiladi. Zulmning har qanday koʻrinishlariga qarshi mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida yangi huquqiy qonun-qoidalar yaratilib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Alloh bandalariga xitoban: “Men oʻzimga zulmni harom etdim, bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar”, – deb buyurgan. Zulm deyilganda birovni soʻkish, urish, oʻldirish yoki azoblash kabilarni tushunamiz. Ammo bizlar hayotda zulmning son-sanoqsiz turlari mavjudligini, hatto tasavvur ham qila olmaymiz.

Masalan, Siz ota va qaynota sifatida oilangiz aʼzolariga kundalik hayotda qanday zulmlar qilayotganligingizni oʻzingiz bilasizmi? Bu borada shaxsan oʻzingiz doʻppini yerga qoʻyib, bir fikrlab koʻrganmisiz? Aybli va aybsiz bola-chaqalaringizga qoʻpol muomalalar qilmasdan, ularning har biriga oʻziga yarasha mehnat taqsimlab bera olayotirsizmi yoki oʻrinsiz urishaverib, oʻrinsiz ishlar buyuraverib, oilangizda oʻzaro norozilik muhiti yuzaga kelayotgani yoʻqmi? Bolalar, kelinlar va nevaralar oldida ayolingizni kamsitib, jerkib, sababsiz zulm qilmayapsizmi?

Mabodo, oilada oʻzaro ogʻzibirchilikka putur yetib, oʻgʻlingizning oilasini saqlab qolishning hech ilojini topa olmasangiz, ularning yosh bolalari boʻlsa, ota-ona boʻlganligingiz sababli Siz aybdor hisoblanishingizni his qila olasizmi? Chunki yosh, norasida bolalarni tirik yetim qilish va ularning koʻngillarini ogʻritish, ularga zulm qilish hisoblanib, shariatimizda katta gunohlar tiyrasiga kiradi.

Bu borada faqih Abu Lays As-Samarqandiy aytadilar: “Gunohlarning zulmdanda kattarogʻi yoʻqdir. Chunki gunoh Alloh bilan bandaning orasida boʻladi, Alloh taolo karim zot, kechirib yuborishi mumkin. Agar gunoh sen bilan boshqalar orasida boʻlsa, xusumatchilaringni rozi qilishdan boshqa ilojing ham yoʻq. Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim soʻrasin, agar qodir boʻlmasa, uning uchun istigʻfor aytsin va duo qilsin. Mana shunday xolisona amallar bilan ham gunohlarimizning afv qilinishidan umidvor boʻlishimiz mumkin”.

Ali ibn Abu Tolib (r.a) aytganlar: “Hammaga yaxshilik qildim, Hech kimga hech qachon yomonlikni ravo koʻrmadim. Chunki Alloh taolo: “Kim biron yaxshi amal qilsa, oʻzi uchundir, kim yomon amal qilsa, oʻz ziyoniga qilur”, (“Fussilot” surasi, 40-oyat) deb aytgan”.

Sahobiylardan Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Paygʻambarimiz (s.a.v) bir kuni bir kishiga uch narsani nasihat qilib aytdilar: “Oʻlimni eslashni koʻpaytir, shunda boshqa narsa bilan mashgʻul boʻlishni tark qilasan, shukrni mahkam tut, u neʼmatni ziyoda qiladi, duoni ham mahkam tut, chunki duoing qachon mustajob boʻladi, bilmaysan. Uch narsadan seni qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilishiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm koʻrgan kishiga yordam beradi. Makrdan saqlan. Chunki makr yomonlik keltiradi”.

Islomiyat tarixida Iroq mamlakatining hukmdori boʻlgan Hujjoj ibn Yusuf as-Sakafiy ismli bir zot oʻtgan. U kishi ellik toʻrt yil umr koʻrgan. Tarixiy manbalarda bu odam oʻzining nihoyatda zolimligi sababli “Hujjoji zolim” nomi bilan el-ulusga tanilgan. Tarixiy manbalarga koʻra Hujjoji zolim podshohligi davrida Bagʻdodda 120 ming begunoh odamlarni oʻlimga hukm qilgan va necha yuz minglab ayollarni esa zindonband qildirgan ekanlar.

Ushbu odamning hukmronligi davrida bir kuni duosi ijobat boʻlishi bilan el nazariga tushib, tanilgan mashhur Xizrnafas bir shayx Bagʻdodga kelganmish, degan gap Hujjojning qulogʻiga yetadi. Hukmdor uni tezda saroyga olib kelishlarini buyuradi va oʻzini duo qilishini soʻraydi. Soʻfi Ollohyorning “Sabotul ojizin” nomli nazmiy asarida bayon qilinishicha:

Duoga qoʻl koʻtardi ul neku hol,

Dedi: yo Rab, bu zolim jonini ol.

Tabiiyki, Hujjoji zolim: “Ey darvesh, bu qanday duo boʻldiki, menga undan biron xayr va manfaat boʻlsa?” deb gʻazablandi. Darvesh esa: “Bu senga va barcha moʻʼminlarga xayrli duodir. Chunki sen oʻlsang, gunohlaringning koʻpayib borishiga chek qoʻyilib, zulmingdan esa aziyat chekayotgan musulmonlar qutulishadi. Mendan dastavval oʻzing har ikkala tomonga ham xayrli duo qilishimni soʻragan eding, mana, men bilgan eng xayrli duoni senga qildim”, dedilar shayx.

Aslida shariatda birovga “bad duo” qilish taʼqiqlangan.

Yuqoridagi darveshning duosi bu bad duo emas. Chunki unda haqiqat, falsafiy mushohada va islomiy odillik bor, shu boisdan ham u haq duo hisoblanadi. (Q.J).

Toki, kishi oʻzgalarga zulm qilmasa, davron kishiga ortiqcha zulm qilmas. Kishi zulmi bilan xalqni zabun qila olmagʻay, zulm uning oʻzini ogʻir ahvollarga solib qoʻygʻay. Zolim odamning yoʻq boʻlishini mazlumlar istashsalar, ularning faryodlari zolimning barcha niyatlarini yoʻqqa chiqarguvchidir. Xotiningizni, farzandingizni, ayniqsa, kelinlaringizni boʻlar-boʻlmasga ranjitaverish, avvalo, sizni xasta qiladi va oʻzingizni ham zolim va zulmkorga aylantirib qoʻyishi tabiiy bir holdir. Sizning tilingiz va qoʻlingizdan aziyat chekkanlar va chekayotganlar esa mazlumlardir. Mazlumlarning nolasi esa koʻklarga uchganida, ularni eshitguvchi va tinglaguvchi, himoya qilguvchisi, Robbisi bor.

Aslida mazlumlarning haqiqiy nolasi Tinglovchiga yetib borgach, siz himoyasiz qolasiz...

Tabiiyki, odamlar hayotda bir-birlaridan ibrat olib yashaydilar. Mabodo, mamlakatning podshohi adolatparvar boʻlsa, undan pastki boʻgʻindagi rahbarlar ham shu yoʻlni tutishga majbur boʻlishadi. Ishxonadagi rahbarlar va oʻquv muassasasidagi rektorlar, ustozlar poraxoʻr va taʼmagir boʻlsalar, bu oʻz navbatida zamonamiz yoshlariga salbiylikni yuqtiradi. Qush uyasida koʻrganini qiladi.

Qadimda Noʻshiravoni odil degan bir podshoh oʻtgan. U oʻzining odilligi bilan oʻz davrida el orasida yaxshi nom olib, to bizlarning zamonamizda ham uning nomi tillardan tillarga oʻtib kelmoqda. Ana shu Noʻshiravoni odil bir kuni oʻz yaqinlari bilan ovga – shikorga chiqibdi va tushlikka ov goʻshtidan kabob qilmoqchi boʻlsalar, tuz esdan chiqib qolganmish. Podshoh mulozimlariga zudlik bilan yaqin qishloqqa borib tuz keltirishni, ammo tuzning haqini toʻlab, egasini rozi qilib kelishni topshiribdi. Yonidagi ayonlari esa podshohning bu harakatidan ajablanib: “oʻzi shu yerning podshohi boʻlaturib, bir solim tuzni tekinga olib kelaversa, nima qilardi”, deya ajablanishibdi. Ammo odil podshoh oʻz qonunlariga dastavval oʻzi qattiq rioya qilgan va hurmat bilan qaragan. Shu boisdan ham uning odilligi tarixda, el qalbida hanuzgacha abadiy muhrlanib qolgan.

Zulm va haqsizlik aslida qadim zamonlarda bizning davrimizga nisbatan juda kamroq uchraydigan ijtimoiy hodisalardan boʻlgan. Boisi, qadimda bobo va momolarimiz oʻz davridagi qonunlarga oʻta qattiq rioya qilishgan va ularda Allohdan qoʻrqish hislari, iymon va eʼtiqod behisob ziyoda boʻlgan. Shu tufayli oilalarda oʻzaro zulm, ajralish va turli noxush voqealar kam boʻlgan.

Hozirda muhtaram Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari va qoʻllab- quvvatlashlari bilan mamlakatimizda zulmning har qanday koʻrinishlariga qarshi oshkora kurashish qatʼiy amalga oshirilmoqda. Bu, albatta, oʻz navbatida el-yurt osoyishtaligi va farovonligi yoʻlida olib borilayotgan ezgu ishlarda namoyondir. Va biz bundan behad xushnud boʻlsak arziydi.

Vallohi aʼlam bis savob!

Qodirbergan hoji JUMAMURODOV,

tarixchi va islomshunos, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026