U BIPINÇILAPDAN EDI...
Yangiboy Yavidov 1934-yilning 14-noyabrida Manğit tumanining Örta qalʼa ovulida tavallud topdi. Pahmatlik padari Yavda bobo öz zamonasining öqimişli va maʼrifatli kişilaridan bölib, Xivadagi Şerğozixon madrasasida tahsil olgan ekanlar. Yavda bobo tariqat ahlidan bölib, el-ulus orasida obrö-eʼtibori nihoyatda yuksak bölgan. Bobo keksaygan bir pallada körgan yagona farzandi Yangiboyning ham ilmli bölişini istab, öğlining öqişi uçun oilada zarur şaroitlarni yaratib berganlar.
Yangiboy Yavidovning yoşlik va öquvçilik yillari ikkinçi jahon uruşi va uruşdan keyingi alğov-dalğovli davrlarga töğri keladi. Öşa paytlarda ön yillik umumtaʼlim maktablari hali faqat tuman markazlaridagina bölib, çekka qişloq joylardagi aksariyat yoşlar yettinçi sinfni bitirgaç, kolxozlarda işlab qolib ketar edilar. Yangiboy Örta qalʼa ovulidagi yetti yillik maktabni bitkazgaç, ilmga çanqoqligi tufayli 1948-yilda Manğit şahridagi 1-sonli örta maktabning 8-sinfiga öqişga qatnay boşlaydi. Şahargaça hali töğri yöllar qurilmagan öşa kezlarda Yangiboyning dala va qamişzor köllar, Yusuf xöja va Sart ovul hududlarini qişning qahraton kunlari va asadning jaziramalarida har kuni poyu-piyoda bosib ötişiga töğri kelgan.
Har bir voqea va hodisaning avval ibtidosi va keyin esa intihosi zuhr bölişi kabi bu tinib-tinçimas yoşgina yigitning ilm oliş yölida qilgan mehnatlari, totgan azoblari keyinçalik uning hayotida özining ijobiy samarasini körsatdi. Alişer Navoiy lafzi bilan aytganda:
Tuxum yerga tuşib çeçak böldi,
Qurt mehnat qilib ipak böldi.
Sözimiz avvalida Yavda boboning masjid va madrasa körgan yuksak ong-farosat va ilm sohibi ekanliklarini eslatib ötgan edik. Yavda bobo öz öğliga kasb tanlaş masalasida şunday hikmatlar yozib qoldirgan ekanlar:
“Dunyoda şunday bir uluğ va olijanob kasb borki, heç bir kasb bunga teng kela olmaslar, bu – tabobat (tabiblik) kasbidir.
Zero, öz soğligini yöqotgan odamga na mol-u mulk, na oltin-kumuş, na mansab, na ilm tatiydi, hatto eng yaxşi musiqa sadosi ham unga yoqmaydi. Xasta odam keça-yu kunduz öz dardidan foriğ bölişni öylaydi, xolos. U bu darddan xalos bölmoği uçun heç bir narsasini ayamaydi ham.
kasblar yaxşi, barçalari ham hayotda insoniyat uçun şarafli va zaruriydir. Ammo tabobat (tabiblik) dan zarurroq biron kasbu korni men heç anglab bilolmadim. Uşbu kasbning etagidan mahkam uşlaşingni sendan ota sifatida sörar edim, öğlim Yangiboy” deb arabiy “nastaliğ” xatida vasiyat qoldirgan ekanlar.
Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga bitirgan Yavda boboning yagona farzandi Yangiboy Yavidov tuman yoşlaridan birinçi bölib 1951-yilda Toşkent Tibbiyot institutining davolaş fakultetiga öqişga kiradi.
Sabr-qanoat, bardoş, ota tarbiyasi va duosi uni doimo oldinga, qiyinçiliklardan esa ğoliblikka yetaklaganini rahmatlik Yangiboy aka hayotlik çoğlarida uning xonadonida bölib ötgan bir suhbat asnosida juda çiroyli qilib aytib berganligini hali-hanuz hurmat va ehtirom bilan eslab kelaman.
Olis qişloqdan kelgan, moddiy taʼminotsiz talaba, heç qayerda işlamaydigan, yoşi bir joyga borib qolgan keksa çolning yagona farzandi ikkinçi jahon uruşidan keyingi oğir yillarda Toşkentday şahri azimda öqib, kun keçirişini bir tasavvur qilib köring-a! Onadan yetim qolib, yolğiz keksa otasi qölida tarbiya topgan Yangiboy bolalik yillaridayoq otasining pand-nasihatlarini ruhiyatiga singdirib, halol mehnatda toblangan edi.
1956-yilning yoz faslida mahalliy aholi yoşlari orasida birinçilardan bölib Toşkent Tibbiyot institutini bitirib, özi tuğilib-ösgan qadrdon yurti, Manğit tumanining markaziy şifoxonasiga davlat taqsimot hayʼatining yöllanmasi bilan jarroh-şifokor bölib işga kelgan kunini Yangiboy Yavidov şunday eslagan edilar:
“Men dastlab yumuşga kelgan paytim şifoxonada Gauxman Vladimir Pankusoviç boş şifokor va jarrohlik işlarini ham uddalab kelayotgan ekanlar. Bu inson tom maʼnodagi haqiqiy şifokor edilar. Undan jarrohlik amaliyotidagi öziga xos sir-asrorlarni astoydil örgandim. Vladimir Pankusoviç tibbiyot sohasida öta tajribali va ilmiy salohiyatli şifokor bölib, u şogirdlaridan heç narsani ayamas va yaşirmasdan oddiy, tuşunarli uslubda jarrohlik işini erinmasdan örgatar edilar. U bemorlar bilan tezda til topişib ketar, bir körgan kişisining ismi- şariflarini ikkinçi uçraşib qolsalar, töliq va ravon, qiynalmasdan ayta olardi. Eng asosiysi, u taʼmagir bölmagan va bizlarning ong-şuurimizga ham uşbu feʼlni singdirişga harakat qilardilar. Undan köp hayotiy saboqlar oldik”.
Ya.Yavidov 1956-yildan to umrining oxirigaça, qariyb 51-yil davomida tumanimiz aholisiga mohir şifokor-jarroh sifatida halol xizmatlar qildilar.
Yangiboy aka ham rahmatlik otasi Yavda bobo kabi imon va eʼtiqodda sobit, el işonçiga hamda hurmatiga sazovor insonlardan edilar. U 1997-yilda islomiyatdagi farz ibodatlaridan hisoblanuvçi haj va umra amallarini ado etdilar.
“– Muqaddas Kaʼba, Masjidul Haramni köriş, uning ilohiy rahmatidan bahramand böliş, Allohga behad şukronalar bölsin, menga ham nasib etdi.
Mustaqilligimizning şarofati tufayli islomiy va milliy qadriyatlarimizning tiklanişi, inson şaxsiyatiga, uning imon va eʼtiqodiga davlatimiz tomonidan qilinayotgan yuksak eʼtibor har bir inson qalbida şukronalik tuyğusini uyğotadi”, – degan edilar Yangiboy hoji bobo haj taassurotlari yuzasidan 1997-yilning kuzida tuman gazetasiga bergan intervyusida.
Maşhur nemis faylasufi Iogann Gyote: “Inson uçun ilm orttirişning özigina kifoya emas. Olingan bilimni taraqqiyot yölida sarflaşni ham bilmoq lozim”, – deganida qançalik haq edi. Darhaqiqat, Yangiboy Yavidov 71 yillik umri davomida hamişa öz kasbiga sadoqat, zamondoşlari va şogirdlariga esa mehr-oqibatli, qolaversa, öta madaniyatli inson sifatida yaşadilar. Hozirda uning katta farzandi Baxtiyor tuman Tibbiyot birlaşmasida şifokor-jarroh bölib faoliyat yuritmoqda. Ikkinçi öğli Bahodir Yavidov Moskva şahridagi poliklinikalardan birida malakali tibbiyot xodimi. Eng kiçik öğli Bahrom esa Nukus Davlat Pedagogika institutining dotsenti, fizika fanlari doktoridir. Yagona qiz farzandi Sayyora Yavidova ham ota kasbini egallagan. U ham Toşkent Tibbiyot akademiyasini tugatgan, hozirda Nukus şahridagi “Salmonboy” xususiy şifoxonasining boş şifokoridir.
Xullas, Yangiboy Yavidov bir umr el-yurt xizmatida böldi. Aziz xalqi uçun kamarbasta, fidoyi, bilimdon farzandlar tarbiyaladi. Şu bois, amudaryoliklar bu qalbi daryodek jöşqin insonni hamişa xotirlab, hurmat-ehtirom bilan eslab yuradilar.
Qodirbergan hoji.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶