“Konstitutsiya — mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik işlarining muhim poydevori” mavzusida davra suhbati ötkazildi
Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida Özbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan “Adolat” SDP tuman Kengaşi tomonidan “Konstitutsiya — mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik işlarining muhim poydevori” mavzusida davra suhbati taşkil qilindi. Davra suhbatida tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Z.Saparova, kollej öqituvçilari hamda faol yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun xalqimiz uçun mustaqil taraqqiyot yölini belgilab, milliy davlatçilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etiş, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurişning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligini taʼkidladilar. Konstitutsiya ötgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanişida asosiy dasturilamal bölganligi, yurtimizda yuz berayotgan siyosiy yangilanişlar, ulkan islohotlar amalga oşirilişida uşbu hujjat muhim ahamiyat kasb etayotganligi töğrisida aytib ötdilar. Yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik va bağrikenglik muhiti, barça millat va elatlarning ahil-inoq, hamjihatlikda hayot keçirişida Boş Qomusimizning katta axamiyatga ega bölayotganiga keng töxtalişdi. Şuningdek, Konstitutsiyamizni çuqur örganiş, unda belgilangan qoida va tamoyillarni hayotga tatbiq etişda har bir fuqaro faol iştirok etişi lozimligini taʼkidladilar.
Davra suhbatida Konstitutsiyaning qabul qilinişi tarixi, Konstitutsiyaga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar haqida ham yetarliça maʼlumot berildi.
Şarofat Eşmurodova, “Adolat” SDP tuman
Kengaşi ijroçi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶