HAMMAMIZGA ÖRNAK USTOZ
Xalqimiz azal-azaldan ilm, kasb-hunar örgatgan kişilarni eʼzozlab, ustoz deya ehtirom körsatib kelişadi. Agar ustoz yoş avlod haqiqiy fidoyisi bölsa, ularning kelajagi uçun bor iqtidori va kuç-ğayratini safarbar etsa, elaro obrösi yanada ortadi.
Qipçoq ovulining Daryoböyi mahallasida joylaşgan 65-sonli maktabda bunday muallimlar juda köp.
1990-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetini matematika fani öqituvçisi ixtisosligi böyiça tugatib kelib, mazkur maktabda öz faoliyatini boşlagan Olimboy Ollaberganov şularning biri.
Maktabda dars beradigan sinflari öquvçilari uning har bir saboğini intiqib kutişadi va puxta özlaştirişga intilişadi. Matematika fani sir-asrorlarini ilğor pedagogik texnologiyalardan, innovatsion usullardan foydalangan holda qiziqarli tarzda ötişga erişayotgan ustoz mehnatlari samarasiz ketayotgani yöq. U taʼlim bergan öquvçilar orasida Olimboy Ollaberganov kabi öqituvçi bölişga ahd qilganlar talay. Muqaddas Madiyorova, Feruza Qarovova, Roza Kamolovalar oliygohlarni matematika öqituvçisi ixtisosligi böyiça tugatgan bölsalar, şu sohani egallaş uçun oliygohlarda tahsil olayotganlari ham bor.
Olimboy Ollaberganov qariyb öttiz yilga yaqin öqituvçilik tajribasiga ega ustoz sifatida bilganlarini yoş öqituvçilarga örgatişdan ham çarçamaydi.
Biz bağrikeng va fidoyi muallim Olimboy aka Ollaberganovga şarafli kasbingizdan baraka toping, deb qolamiz.
Tölqin SEYTMURODOV,
şu maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶