KELINLIKKA NOMZOD QIZLAR... yoxud oila boylik asosiga quriladi...mi?
Munosabat
Nukusdagi oliygohlardan birining bitiruvçisi bölgan qiz şunday hikoya qiladi:
–Şanba kuni darsdan çiqib, uyimga qaytiş uçun töğri Manğitga qatnaydigan taksilar töxtaş joyiga bordim. Bir maşinada ikki ayol semiçka çaqib, gurung qizdirib ötirişgan ekan. Taksiçi bilan yöl haqini kelişib olib, men uçinçi yölovçi bölib maşinaga çiqdim. Ovqatlanişga ham vaqtimni qizğanib yölga çiqqanimga qornim oç, qolaversa, uç para dars ham çarçatgan şekilli, yölovçi ayollarning suhbati ham yoqmay, atrofga alanglayman, qani endi törtinçi yölovçi kelaqolsa-yu, “qaydasan Manğit” deb yölga tuşsak. Yöq, aksinça.... hamrohlarim yonimizda odam bor-ov, deb ovozini pasaytiray, demaydi. Men istasam-istamasam tinglaşga majburman. Endi suhbat mavzu oilaviy ikir-çikirlardan kelin tanlaşga ötdi.
–Hey, men senga akamning öğliga bir sovremenniy, öqigan, işlaydigan qiz kerak, degandim-a, esingdan çiqmadimi? Qarab yuribsanmi?
–Qiz köp. Qayğurma, - dedi bamaylixotir ikkinçisi. Keyin taniydiganlarini bir-bir taʼriflay boşladi. – Özimizning köçamizdagi Sanobarning singlisi ham yaxşi, qaysi maktabdaligini bilmayman, biroq institutni bitirib kelib, işlab yuribdi.
–Singlisi ham Sanobarga öxşab boşidan römolini taşlamay, öziga bir qaramaa-ay (aftidan pardoz qilmay, demoqçi) yursa, bölmaydi-da. Onamga, sovremenniy, öziga qarab yuradigan qizlar yoqadi. Özimizning oilamizga mos bölsa, deydi.
–Tursunoy xolamni bilasan-a? Kiçik qizi bu yil institutni bitirayapti, özing işga joylaştirib olaver şuni, - ular qöşilişib kulişdi.
–Ha, Sayyorami? Beş-olti yilça oldin körganim, özgarib ketgandir-a?
–Bir suluv qiz bölgan.
–Radikka (jiyani şekilli-da), onamga aytib körsam bölar ekan.
–Keyin özimiz öqigan maktabdagi fizkulʼturaçi Hasanboy aka esingdami? Şuning ham ikki qizi bor, yomon qizlarga öxşamaydi, biroq ikkovi ham medsestra.
Ayollar menga sen ham biz bilan bir maşinada ötiribsan-ov, gurungimiz oğir botmayaptimi, degan öyni xayollariga ham keltirmay, yana neça-neça qizlarni sanab muhokama qilişdi, kamiga mening qunişibgina ötirganimga “beçora yey” deganday bepisand qarab qöyişardi.
Eşitganlarim (garçi menga daxlsiz bölsa-da) juda alam qildi. Sababi bir neça oylardan söng men ham oliygohni bitiraman. Meni ham kimlardir oliy maʼlumotli-ku biroq, noçorroq oilaning (axir men törtinçi farzand, törtinçi talabaman, neça yillardan beri ota-onamizning topgan-tutgani bizni öqitişga sarflanyapti) qizi-da, deb aytadiganlarday tuyuldi. Qolaversa, yigitlarning taqdirini nahotki amma, xolalar, dugonalar belgilasa? Nahot öşa ayollar aytganlariday, boşyalang, böyanib-bezanadiganlar zamonaviy, römol öraganlar qoloq bölsa? Nahot odam hayotda juftini diplomiga, xizmat lavozimiga, mavqeiga, oilasiga mos (yaʼni badavlat) ligiga qarab tanlasa?
Talaba qizning mulohazalari neça kunki bot-bot esimga tuşaveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda öqiganim mana bu xabar esa yana ham “ötib” tuşdi: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ötkazgan sörovnoma natijasiga köra, oila quriş yoşidagi yigitlarning 57 foizi (yarmidan köpi!) ota-onasi badavlat qizga uylangan yigitlarning hayoti moddiy qiyinçiliklarsiz ötadi, deb hisoblaşi aniqlangan. “Oila” markazi yigitlardagi bunday qaraşlar kelajakda katta oilaviy muammolarni keltirib çiqarişidan xavotirda, deyiladi xabarda.
Şu örinda bir mulohazani aytmoqçi edimki, köpçilik ota-onalar qiziga kuyov, öğliga kelin tanlaganda, oçiği, eng avvalo iqtisodiy ahvoliga qiziqadi, nomzodning topiş-tutişiga qiziqadi. Endi şunday fikr singdirilgan yoşlardan nimani kutişimiz mumkin?
Özim aniq biladigan bir oila haqida aytsam, işonişingiz qiyinroq bölar. Kiyim-keçak dökoni egasi bölgan ayol yoş qaynona bölib yuraman, deb havas bilan 20 yoşida öğlini uylantirib qöydi. Hamşira bölib işlaydigan kelin böş vaqtlarida qaynonasining savdo-sotiğiga ham kömaklaşdi, hovli-joyini orasta qilib ham qöydi. Oilaviy tadbirkorlikka aralaşgani bois, barçasi bozordan keç qaytişar, köçada ovqatlanişar, uyda deyarli qozon qaynamasdi. Kelinning vaqtliroq uyga qaytib biron ovqat qilay, degan taklifi qaynonaning ğaşiga tega boşlabdi.
Oradan yil ötib-ötmay, badavlat oila qiziga ikkinçi öğlini uylantirib qöydi. Oliy maʼlumotli buxgalter kelinning tezda yangi oilasida mavqei kötarilib ketdi. Boisi oyligi yaxşi, yana kunda-kunora ota uyidan hammaga yetgulik isiq ovqat, turli pişiriqlar kelib turarkan. Bergan yoqadi-da, birinçi kelin esa... oradan köp ötmay, nönoqsan, ota-onang çiqimsiz, qilgan işing unmaydi, oyliging özingga yetmaydi kabi noörin tanbehlarning egasiga aylandi.
Tavba, deyman har safar öşa ayolga közim tuşganida, qudangnikiga köz tikkuday nima kaming bor? Sovğa-salomni deb beçora tönğiç kelinga ozor beriş – noinsoflik emasmi? Hozir-ku kuç-ğayratli, keksalikka yetganida kuni şu kelinlarga qarab qoladi-ku! Ayollarda mol-mulkka hirs qöyiş nega bunçalik kuçayib borayapti?
Manğit şahrining Farovon mahallasida istiqomat qiladigan bir oilada ota-ona (afsuski ismlarini bilmayman) doimiy iş örniga ega emas, mavsumiy işlarda işlab ham uç nafar qizini baravariga oliygohda öqitayapti. Qoraqalpoq Davlat universitetida biri davlat granti asosida, ikkovi tölov kontrakt asosida törtinçi, uçinçi, ikkinçi kurslarda tahsil oladigan Iroda, Xurşida, Gözal ismli qizlarning ota-onasini tanimasam ham könglimda doim ularga havas qilaman. Axir ilmli, maʼnaviyatli yoşlar hayotda öz örinlarini topa oladi, ertaga elning koriga yaraydi. Bunday insonlar köp oramizda. Biroq ota-onasining mol davlatiga, mansabiga qarab eşik qoqadigan sovçilar ham borki, bunday asosda bunyod etilgan oilalar köp ötmay darz ketayotgan bölsa-da, negadir bundan kerakli xulosa olmayapmiz. Aslida eng ulkan boyligimiz soğlom, es-huşli, odobli farzandlarimiz emasmi? Ulardan bizga eng keragi mehr-oqibat, keksayganda ğamxörlik emasmi? Közimiz nuri, belimiz madori farzandlarimizga hayotda töğri yölni körsatmoğimiz lozim emasmi? Nima dedingiz?
Oygul RAJABOVA, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶