Ortingizda bir çimdim mehr qolsin
Mehr qahat bölmasin, azizlar
Mehr. Bor-yöği törtta harfdan iborat bu sözda ne sehr borki, insoniyat tuğilganidan to sönggi nafasigaça şu möʼjizaviy tuyğu oğuşiga intilib yaşaydi. Şundanmi, momo-bobolarimiz duoga qöl oçganlarida uluğ Tangri taolodan öğil-qizlariga aql-farosat, şafoatli hayot, el-yurtiga mehr-oqibat va birdamlik söraşni aslo kanda qilmaydilar. Momo-bobolarimiz biladilar: mehr ildiz otgan oilada inson, avvalo ota-ona, tuğişganlik qadri hamişa baland tutiladi. Bunday oilalar ham, oila aʼzolari ham el-yurtga fayz bağişlab yaşaydilar. Xalqiga, Vataniga fidoyilik qiluvçilar ham ana öşalardir. Oiladagi mehr-oqibatdan rang olib, elga qöşilgan, el bölgan bu kabi insonlarga nisbatan qalbimizda havas uyğonadi. Lekin...
Bor-yöği beşta harfdan iborat bu inkor söz könglimizda avvalo hadik uyğotadi, söngra... Söngra öz xulq-atvori bilan atrofidagilarga ozor yetkazuvçi, dillarga ranj-alam solib, közlarni bemavrid yoşlaguvçi insonlarning mehrdan yiroq dunyosiga möralaymiz-u, vujudimiz muzlaydi. Mehribon köngillardan rang olib şodlangan könglimiz xira tortadi.
“Lekin şundaylar ham borki, öz jigarbandidan mehrini dariğ tutib yaşaydi”, – deyişimiz bilan köz oldimizda mehr qahat oila, mehrdan mosuvo odamlar, tund çehralar gavdalanadi. Şunda dilimizdan bir fikr keçadi:
– Mehr qahat bölmasin, azizlar! Mehrsizlik insonlarni bir-biridan uzoqlaştiradi, obrösizlantiradi va ... el-yurt nazaridan qoldiradi...
Ögaylik devorini qulatgan mehr
Yaqindagina biz bilan ham-nafas, tölib-toşib yaşab yurgan ajoyib onaxonimiz bexos yotib qolibdilar. Gap-u sözi örinli, hikmatli, nihoyatda fariştali onaxonning mahallada hurmati biland edi. Körgani bordim. Yoşligida nihoyatda gözal va latofatli bölgan bu ayolni keksaligida ham gözallik tark etmagan, yuzi-közi nurli edi. Xastalik göyo adaşib uning jismini mahv etgan-u, bir kuni tark etadiganday:
– Xudoyimga yoqibman, şekilli, dard berdi, şifosini ham beradi, şukur. Onaxonning har bir lutfida şukrona, dardidan söz oçmadilar. Garçi töşakda bölsalarda, meni şodon kutib, samimiy xayrlaşdilar. Ikki kundan söng esa onaxon bandalikni bajo keltirdilar. Sadrxonada “onam”lab, “opam”lab, “jigarim”lab yiğlaganlar, onaxonning tobutiga bir bora yelka tutmoqqa oşiqqanlarning hisobi bölmadi.
Men onaxonning butun hayotini yaxşi bilardim: ota-onadan yolğiz farzand bölgan bu ayol ikki marta turmuş qurdi, farzand körmagan, ikkinçi turmuşida onasidan ayrilib yetim qolgan beş nafar bolaga onalik mehr-muhabbatini bergan, öqitiş, uyli-joyli qiliş uçun özini ötga-çöqqa urgan, bolalar otasidan ham ayrilib qolganida taqdirning bemavrid sinovlariga bardoş berib yaşagan bağrikeng, köngli toza, mehr-oqibatda tengsiz ayol edilar. Kattasi 10 yoşda, kiçigi 1 yoşda onadan, söng otadan ayrilgan gödaklar ayolning mehr ardoğida ulğayişdi. Ularning qalbiga ögaylik umuman yot edi. Onaxon tuzgan oilaviy tartib, oilaviy tutum ularning qalbini mehr nuri ila ziynatlagan edi. Bu oilaga dillarda havas bisyor edi. Tarbiyali, bir-biriga mehribon, solih farzandlar onaxonning ortida bir sölim mevazor boğ kabi gurkirab qoldilar. Misoli mehr-muhabbat böstoni kabi!
Haddan ortiq mehr – isrofdir
Mahallada obrö-eʼtiborli yana bir onaxon vafot etdilar. Özbekçilik, janozaga bordim. Onaxonning qizlari, tuğişganlari saf tortib ötirgan sadrxonada ayançli holat: kelinlar bir taraf, onaxonning qizlari bir taraf dahanaki jang ustidan çiqdik. “Astağfurilloh!” – deb yoqasini tutamlagan qança-yu, ularni murosaga keltirmoqqa intilganlar qança?!
– Onamning sirğasini nega yeçib olasan, ne haqqing bor! – Kelinlarni talaydi qiz.
– Oltin va kumuş uzugiyam yöq, – qöşimça qiladi yana biri.
Onaxoning kelinlari lom-mim deyişmaydi. Lekin tilli-jağli ovsinlardan biri qizlarni “gij-gij” laydi:
– Arçasi (sandiq)da falon-falonday narsalari ham bor edi-ya, çiqmadi...
Keksa momolardan biri örtaga tuşdi:
– Bibijon (ismi özgartirildi) barça oğirlikni öz gardaniga olib, sizlarga faqat mehr beraverib, mehr körmagan ekan, beçora. Otadan mehr körmadi, erta yetim qoldi, deb nuqul özi yugurib-yelib, sizlarni taltaytirib yuborgan ekan. Ortidan bunday mojarolar çiqişini ham bilgan, boyaqiş. Bibijonning sirğasi ham, uzuklari ham menda, nima qilasizlar? Meniyam talaysizlarmi yo onangizni oxirat manziliga tinçgina kuzatasizlarmi?
Hamma jim bölib qoldi. Jimlikni oilaning baloğatga yetmagan 12 yaşar kenja öğli buzdi. U dahlizda, mayyit yotgan eşik oldida uvvos tortib yiğlardi:
– Men onajonimni bir köray, menga onajonimni körsatinglar!
Bu holatdan yiğlagan ham yiğladi, yiğlamagan ham yiğladi. Özlaridan tinib-tinçib ketgan uç qiz va ikki öğil mayyit yotgan eşikdan boş suqib, onaizorining diydorini sönggi bor körişga şoşilmadi.
Maʼlum bölişiça, onaxon ölimi oldidan kenjatoy öğli uçun yiğib qöygan jamiki narsalariga qöşib sirğa va uzuklarini ham mahalla imomi guvohligida qöşni momoga topşirgan ekanlar va “öğlim uylanganida işlatinglar” , – deya iltimos qilibdilar.
“Mehribon va muşfiq bu ayolning bu işi balki töğri bölgandir”, – degan öy keçdi dilimdan. Bolalariga haddan taşqari mehr beraverib, pirovardida “onamiz şunday qilişi kerak”, – deb qabul qilgan, faqat mehr köraverib, xudbinlaşib ketgan farzandlariga işonmagani töğridir? Agar farzandlari dilida onasidan olgan mehrga ozgina bölsa-da mehr qaytariş hissi bölganida sadrxonada “onam”lab yöqlaş örniga sirğa bilan uzuk talaşmas edi.
Şu yerda Navoiy hazratlarining: Mehr köp körguzdim, ammo mehribone topmadim” radifli maşhur ğazali yodga tuşdi. Körganim, kuzatganimdan hayotiy xulosa şuki, biz farzandlarimizga ortiqça mehr beraverib, mehrimizni isrof qilmaylik, mehr beriş asnosida ular qalbida yaqinlariga nisbatan mehr tuyğusini ham uyğotaylik, azizlar. Mehr körguzib, mehr körmoq yaxşi tarbiya va tutum ekanligini unutmaylik.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶