TABIIY GAZ VA ELEKTR ENERGIYaSI ISTEʼMOLÇILARI DIQQATIGA!
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bölimi 2019-yilning 1-iyun kunidan boşlab tabiiy gaz uçun tölovlarning yangi tarifi quyidagiça belgilanganligini maʼlum qiladi:
1) Aholiga maişiy ehtiyojlar uçun, gaz hisoblagiçi mavjud bölganda
1 kub.m. 350 söm 00 tiyin.
2) Aholiga maişiy ehtiyojlar uçun, gaz hisoblagiçi mavjud bölmaganda:
- ovqat tayyorlaş va issiq suv uçun; 1 kub.m. 605 söm 00 tiyin.
- isitiş uçun; 1 kub.m. 350 söm 00 tiyin.
3) Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan röyxatdagi mahsulotlarni işlab çiqaruvçi va alohida xizmat körsatuvçi isteʼmolçilar uçun 1 kub.m. 1000 söm 00 tiyin.
4) Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stantsiyalari uçun (jumladan öz balansida avtomobil gaz töldiriş kompressor stantsiyalari mavjud yuridik şaxslar) 1 kub.m. 800 söm 00 tiyin.
5). Boşqa ulgurji isteʼmolçilar uçun, şuningdek, pişiq ğişt, asfalt va tsement işlab çiqaruvçi, energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalarni joriy etgan, şuningdek, yoqilğining muqobil turlaridan (kömirdan), şu jumladan, tsement işlab çiqarişning “quruq usuli”dan foydalanuvçi korxonalar uçun 1 kub.m. 650 söm 00 tiyin.
6) Aholining maişiy ehtiyojlari uçun sotiladigan suyultirilgan gazning 1 kilogrammi 1200 söm 00 tiyin.
Şuningdek, elektr energiyasi uçun tölovlarning yangi tarifi 2019-yilning 1-iyunidan boşlab quyidagiça belgilanganligini maʼlum qilinadi:
I tarif guruhi ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bölgan, elektr energiyasi uçun tabaqalaştirilgan tariflar böyiça hisob-kitob qilinadigan isteʼmolçilar (byudjet taşkilotlari, fermer xöjaliklari va suv isteʼmolçilari uyuşmalarining nasos stantsiyalari, şuningdek, davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan nasos stantsiyalari bundan mustasno) isteʼmol qilinadigan 1 kVt soat elektr energiyasi uçun 370 söm 00 tiyin.
II tarif guruhi elektr energiyasi uçun bir stavkali tarif böyiça hisob-kitob qiladigan isteʼmolçilar (maişiy isteʼmolçilardan taşqari) isteʼmol qilinadigan 1 kVt soat elektr energiyasi uçun 370 söm 00 tiyin.
III tarif guruhi maişiy isteʼmolçilar isteʼmol qilinadigan 1 kVt soat elektr energiyasi uçun 280 söm 00 tiyin.
IV tarif guruhi I va II tarif guruhlari isteʼmolçilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitiş, şuningdek, binolarni isitiş, issiq suv taʼminoti va ovqat tayyorlaş uçun isteʼmol qilinadigan 1 kVt soat elektr energiyasi uçun 392 söm 00 tiyin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan mahsulotlarni işlab çiqaruvçi va alohida xizmatlarni körsatuvçi isteʼmolçilar uçun 409 söm 00 tiyin.
Aziz isteʼmolçilar! Sarflangan tabiiy gaz va elektr energiyasi haqini öz vaqtida tölaşni, qöşimça xarajatlarning oldini oliş maqsadida oldindan tölovni amalga oşirişni unutmang!
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶