FAOLIYaTI HAVASGA LOYIQ YeTAKÇI
Har bir odamning umri jamiyatga daxldordir. Çunki har kim özi yaşayotgan jamiyat ravnaqi yölida mehnat qiladi, umri davomida ezgu işlar qilib, solih farzandlar tarbiyalab, el aro yaxşi nom qoldirişga intiladi. Bu yölda unga orzu-umidlari göyo qanot bağişlaydi.
Özi öqituvçi bölgani uçunmi, qipçoqlik Fotima Ibodullayeva qizi Qunduzoyning ham öqituvçi bölişini astoydil istadi, intildi. Har qanday ezgu işning ibtidosi yaxşi niyatdir. Qunduzoy maktabni tugatib, öqituvçi bölişga astoydil ahd qilganida ham eng köp quvongan bobosi, taʼlim va Ikkinçi jahon uruşi faxriysi Jumaboy Xolmurodov, onasi Fotima Ibodullayevalar böldi.
2009-yil Nukus Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatib, özi taʼlim olgan 11-sonli maktabga işga kelganida ota-onasi, yaqinlari, ustozlari ham juda sevingan, unga oq yöl tilagan edi.
– Qunduzoy Xolmurodova intiluvçan, izlanuvçan va taşabbuskor muallim sifatida jamoamizga özgaça ruh, soğlom raqobat muhitini olib kirdi, –deydi maktab direktori Zulfiya Yusupova. – Natijada boşqa öqituvçilarimizning ham öz kasbiga masʼuliyati oşdi.
Qunduzoyning yoşlik ğayrat-şijoati bilan sidqidildan qilgan mehnatlari hademay öz samaralarini bera boşladi, öquvçilari fan olimpiadasi, bilimlar bellaşuvi va boşqa turli körik-tanlovlarda sovrinli örinlarni egallaşdi.
Öziga xos taşabbuskor, intiluvçanligini inobatga olib, maktab rahbariyati ikki yil muqaddam uni yoşlar yetakçisi lavozimiga tavsiya qildi.
Bu işonçni oqlaşga çin dildan kirişgan Qunduzoy avvalo öquvçi-yoşlarga Yoşlar ittifoqi maqsadlarini tuşuntirişga, ularni boşlanğiç taşkilot atrofida jipslaştirişga intildi. Öquvçilarning iqtidorini aniqlab, ularning könglidagi orzu-niyatlarini tinglab, röyobi uçun kuraşişga kirişdi, eng qobiliyatli bolalardan sinflarga sardorlar tayinladi.
Qunduzoy Xolmurodovaning intilişlari samarasi öquvçilar yutuqlarida aks eta boşladi. Xususan, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi qoşidagi “Kamalak” bolalar taşkiloti tomonidan ötkazilgan “Eng namunali maktab sardorlar Kengaşi” tanlovida maktab “Zamin yoşlari” guruhi 1-örinni, “Eng namunali maktab sardorlar Kengaşi” tanlovida “Amu ğunçalari” guruhi 2-örinni, “Eng namunali sinf sardorlar Kengaşi” tanlovida “Nihol” jamoasi 2-örinni oldi.
“Kamalak bilimdonlari” tanlovida “Nihol” jamoasi tumanda birinçi, Qoraqalpoğistonda ikkinçi örinni egallab, taşkilotçilar tomonidan kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Qunduzoyning özi “Eng bilimdon yoşlar yetakçisi” tanlovida 2-örinni egalladi. “Eng bilimdon boşlanğiç taşkilot yetakçisi” degan şarafli nomga sazovor böldi.
Maktab öquvçilarining qay biri bilan suhbatlaşmang, yoşlar yetakçisi rahbarligida erişayotgan yutuqlaridan quvonib sözlaydi.
– Öquvçilarimizning fanlar olimpiadasi, Bilimlar bellaşuvi va boşqa turli körik-tanlovlarda erişayotgan yutuqlarida Qunduzoyning hissasi bor. Hozir yana bir öquvçimiz Feruza Şomurodova Toşkent şahrida, respublika umumtaʼlim maktablari öquvçilari orasida ötkazilayotgan ijodiy işlar tanlovida iştirok etayapti. Quyi bosqiçlarda yaxşi natijalarga erişgani uçun şunday imkoniyatni qölga kiritdi. Feruzaning bu yutuqlarida Guloyim Begjonova va Qunduzoy Xolmurodovaning örni ulkan, – deydi Zulfiya Yusupova.
Baxt – amalga oşgan orzu-umidlardir. Ha çindan-da, odam yaşar ekan, köngli doimo orzu-havaslarga limmo-lim böladi. Bu niyatlarning röyobidan ruhi toğday yuksaladi, umri fayzli, mazmunli böladi.
Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, Qunduzoy Xolmurodovani çinakam baxtiyor ustoz, oila bekasi, mehribon ona, deya olamiz.
U qipçoqlik Omonboy Yerdoşev va Bozorgul Namatullayevalar oilasining orzu-havasli, tönğiç kelini, içki işlar xodimi Ğayratjon Yerdoşevning rafiqasi, biri-biridan şirin Mohinur, Jasminalarning ğamxör onasi. Ular hozir imtiyozli ravişda “Yoşlar uyi”dan olgan xonadonida baxtiyor yaşaşmoqda.
Ha, Qunduzoy Xolmurodovaning hayoti, mehnat faoliyati havaslarga loyiq.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶