Isteʼmolçilarga elektr energiyasi yetkazib beriş sifatini oşiriş maqsadida tuman hokimligi mahalliy byudjetdan 10 ta transformator xarid qildi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev boşçiligidagi işçi guruh yurtimizning eng olis hududlari böylab, joylarda elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan işlarni örganib, tizimdagi kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Qoraqalpoğiston Pespublikasining qator tumanlarida böldi. Bu haqda kruz.uz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
— Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi “2017 – 2021-yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi quriş dasturi töğrisida”gi qaroriga köra bu borada aniq vazifalar belgilab olingan,— deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev. — Şu asosda Qoraqalpoğistonda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalaş va rekonstruktsiya qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda. Ayni paytda 339,9 kilometr elektr uzatiş tarmoqlari, 173 dan ziyod transformator punktlarini modernizatsiyalaş va almaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Natijada, 72 ta mahallada yaşovçi 1,2 milliondan ortiq aholining elektr taʼminoti yaxşilanib, uzatiş va taqsimlaşda yuqotiladigan energiya 38,2 million kVt/soatgaça qisqaradi. Eng muhimi, avariyaviy öçişlarning oldi olinadi.
Şunisi eʼtiborliki, Qoraqalpoğistonning köpgina tuman hokimliklari ham mahalliy byudjetlaridan aholiga elektr energiyasini barqaror yetkaziş borasida öz hissalarini qöşişmoqda. Xususan, Amudaryo tumani hokimligi tomonidan 10 ta, Qönğirot tumanida 1 ta, Möynoq tumanida 3 ta, Taxtaköpir tumanida 2 ta va Şumanay tumani 4 ta transformatorlarni olib berililişi hududda elektr energetikasining rivoji uçun munosib hissa bölib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶