DAVLAT XIZMATLAPI KÖPSATIŞNING MILLIY TIZIMI JADAL SUPʼATLAPDA PIVOJLANMOQDA
Özbekiston Pespublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi va Özbekiston Pespublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini röyobga çiqariş, şuningdek aholining hayot darajasini oşiriş va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, biznesni rivojlantiriş maqsadida davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ötkaziş jadal surʼatlarda amalga oşirilmoqda.
Davlat xizmatlari markazlarida «yagona darça» tamoyili böyiça körsatilayotgan davlat xizmatlari soni qisqa vaqt oraliğida 100 ta xizmatdan ortdi, xizmatdan foydalaniş uçun murojaat qilayotgan fuqarolar soni esa ötgan yillarga nisbatan 50 barobarga oşdi. Bunda, körsatiladigan davlat xizmatlari körsatkiçi qöşimça davlat xizmatlari joriy etilişi munosabati bilan yana ikki barobar ortişi kutilmoqda.
Jismoniy va yuridik şaxslar davlat xizmatlari markazlarida 2019-yil 1-iyundan boşlab fuqarolar doimiy (vaqtinça) röyxatdan ötgan joyidan va yuridik şaxslar poçta manzilidan (joylaşgan yeridan) qatʼiy nazar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil böyiça olişga haqli.
Jismoniy va yuridik şaxslar davlat xizmatlarini oliş uçun Özbekiston Pespublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, oldinlari davlat boji, yiğimlar va boşqa tölovlarni Markazlar orqali yoki bevosita xizmat körsatuvçi organlarga murojaat etganda tölanadigan summadan 50 foiz miqdorida tölasalar, joriy yilning iyul oyidan 90 foiz miqdorida tölanadigan böldi.
Tadbirkorlik faoliyatini yanada jadal rivojlantiriş, tadbirkorlik sohasidagi faoliyatning erkinliklari va qulayliklarini oşiriş yuzasdian tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beriş tartib-taomillarining ayrim turlari joriy yil 1-apreldan boşlab, quyidagilar:
Eksport kontrakti röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
Mol söyişni amalga oşiriş huquqini beruvçi ruxsat guvohnomasi;
Yer qaʼri uçastkasidan foydalanişda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa;
Voyaga yetmaganlarga möljallangan dori vositalarini reklama qilişga ruxsatnoma;
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan buyumlar bilan çakana savdo qiladigan tadbirkorlik subʼektlarining savdo obʼektlari joylaşuvi;
Yerlarning barça toifalarida geologik-suratga oliş, qidiriş, geodeziya va boşqa turdagi qidiruv işlarini olib borişga ruxsatnomasi bekor qilindi.
Fuqarolarning vaqtini va moddiy-xarajatlarini tejaş, ularga yanada qulayliklar yaratiş yuzasidan olib borilayotgan islohotlar samarasini yuksaltiriş maqsadida 2019-yil 1-avgustdan boşlab davlat xizmatlari körsatişda davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan jismoniy şaxslardan jamğarib boriladigan pensiya daftarçalari, soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzi mavjud yoki mavjud emasligi töğrisida maʼlumotnomalar, soliq tölovçining hisobga qöyilganligi töğrisida guvohnomalar, tölangan daromadlar va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining uşlab qolingan summalari töğrisida maʼlumotnomalar talab qilinişi taqiqlandi.
Davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi amaliyotni davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar iştirokida heç qanday tösiqlarsiz amalga oşirişni taʼminlaş maqsadida davlat xizmatlari körsatuvçi davlat organlari va boşqa taşkilotlar mansabdor şaxslariga faqat Markazlar orqali körsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etiş böyiça tadbirlarni öz vaqtida bajariş, davlat xizmatlari körsatiş jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining serverlarida profilaktika işlarini iş vaqtidan taşqarida olib boriş, davlat xizmatlari körsatiş jarayonida foydalaniladigan özlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi nosozliklar haqida Agentlikni xabardor qiliş, şuningdek ularni zudlik bilan tuzatiş çoralarini köriş uçun şaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan özgartirişlar aholining davlat xizmatlaridan foydalanişlarida qulayliklar yaratilişiga, ularning davlat organlari va taşkilotlari faoliyatidan mamnunlik hissini oşiri, “Fuqarolar emas-hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini isbotlab bermoqda.
UMIDA SAPAPBAYeVA, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶