Elektr energiyasi bilan taʼminlaş sifati yaxşilanmoqda (video)
Isteʼmolçilar sonining ortişi, işlab çiqariş hajmlarining kengayişi va xalqimizning iqtisodiy holati yaxşilanib, kundalik turmuşda işlatiladigan maişiy texnika buyumlari turining köpayişi elektr energiyasiga bölgan talab hamda tarmoqdagi yuklanişning sezilarli darajada oşişiga sabab bölmoqda. Şu tufayli elektr energiyasi taʼminoti sifatini yaxşilaş yurtimizda ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi “2017 – 2021-yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida”gi Qaroriga köra bu borada aniq vazifalar belgilab olindi. Şu asosda Qoraqalpoğistonda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalaş va rekonstruktsiya qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda. Ayni paytda 339,9 kilometr elektr uzatiş tarmoqlari, 173 dan ziyod transformator punktlarini modernizatsiyalaş va almaştiriş işlari bajarilmoqda. Bu esa 1,2 milliondan ortiq aholining elektr taʼminoti yaxşilanişini, uzatiş va taqsimlaşda yöqotiladigan energiya 38,2 million kVt/soatgaça qisqarişini hamda avariyaviy öçişlarning oldi olinişini taʼminlaydi.
Şunisi eʼtiborliki, tuman hokimligi ham aholiga elektr energiyasini barqaror yetkaziş borasida öz hissasini qöşmoqda. Tumanimizda isteʼmolçilarga elektr energiyasi yetkazib beriş sifatini oşiriş maqsadida hokimlik mahalliy byudjet hisobidan 400 kVa quvvatga ega bölgan 10 ta transformator xarid qildi.
Mazkur transformatorlar Beruniy nomli, Durunki, Döstlik, Boyovul, Yangiobod, Gulzor, Namuna, Xizr eli, Böz solma mahalla fuqarolar yiğinidagi 250 kVa kuçlanişli transformator punktlari örniga qöyiladi. Bu energiya taʼminoti sifatini yaxşilaş bilan birga hududdagi elektr energetikasining rivojiga ham xizmat qiladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶