MING EHTIROM ÖĞLINGIZDAN, QIZINGIZDAN USTOZLAR!
Ustoz! Bu sözning tub zamirida qança mazmun, maʼno bor-a? Inson dunyoga kelar ekan, uning yetuk inson bölib yetişişida ota-onaning örni qançalik muhim bölsa, ustozlarning roli ham şunçalikdir. Ammo ularning ögit va nasihatlariga öz vaqtida quloq soliş va amal qilişimiz kerak ekanligini anglaganimizda, afsuski, biroz keç bölar ekan.
Men 38-sonli maktabni bu yil aʼlo baholar bilan tugatdim. Bu maqolani yozişimga sabab, mehri daryo ustozlarimga bölgan soğinçim hamda çeksiz minnatdorçiligim hissidir. Yodimda maktabga ilk bor qadam qöyganimda birinçi öqituvçimiz qölimizdan yetaklab, maktab bilan taniştirib çiqqan edi. Menga ilk bor saboq bergan Gulnora opa Rahimova böladi. Bu öqituvçimizning dars ötişlari hamon köz öngimda. 5-sinfdagi öqituvçilarimizdan biri Sanamjon opa Rözimova doim öquvçilarining oilaviy şaroiti bilan qiziqib, qölidan kelgança yordam berar edilar. Bir söz bilan aytganda, har bir öquvçining köngliga yöl topa oladigan va doim qöllab-quvvatlaydigan ustozlardan edi. Yana bir qadrli öqituvçimiz Gulsara opa Yusupova doimo jonkuyarligi va fidoyiligi bilan boşqa öqituvçilardan ajralib turadi. Bizga matematika, informatika fanlaridan dars bergan Barno opa Eşmurodova ham bizdan öz maslahatlarini ayamas edilar. Bu öqituvçilarimiz doim xurmat, eʼtiborda. Har bir inson dunyoga kelar ekan, albatta, birinçi mehribon insonlari – ota-onalari, keyin esa ustozlari bölarkan. Kasblar içida eng uluğ va maşaqqatlisi öqituvçilik, deb bejiz aytişmagan. Har bir öquvçining yaxşi körgan fani va mehr qöygan öqituvçisi böladi. Mening yaxşi körgan öqituvçim – Barno opa. Doim özining jonkuyarligi, yangiliklarga intiluvçanligi va çeksiz mehri bilan eʼtiborimni qozongan. Maktabimiz öqituvçilari bir-biridan bilimdon, oldinga intiluvçanligi bilan köplab yutuqlarga erişgan. Men şunday ajoyib öqituvçilarning şogirdi bölganligimdan faxrlanaman. Kelgusida oliy öquv yurtini tamomlab, Vatanimizga foydasi tegadigan, yurt koriga yaraydigan farzand bölib yetişişga harakat qilaman.
Xosiyat ZARIPOVA, 38-sonli maktab bitiruvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶