25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 13:11
Jamiyat 👁 508

OSIYo YoShLAP KONFEPENTsIYaSI FAOL YoShLAPNI ChOPLAYDI

OSIYo YoShLAP KONFEPENTsIYaSI FAOL YoShLAPNI ChOPLAYDI

Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta, yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Bugungi kunda davlatimizning asosiy maksadlaridan biri kelajak poydevori boʻlgan yoshlarni huquqiy, maʼnaviy, siyosiy, va axloqiy yetuk, mustaqil fikrlovchi, barkamol avlod qilib voyaga yetkazishdir. Hozir mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ortigʻini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar jamiyatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy jarayonlarning barcha sohalarida faol ishtirok etishmoqda.

Mamlakatimiz taqdiri, xalqimiz ertangi kunini belgilab beradigan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidori, isteʼdodi, salohiyati, imkoniyati va kuch-gʻayratini jamiyatimizning turli jabhalarida amalga oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar va saʼy-harakatlarni alohida taʼkidlash joiz. Shunday tadbirlardan biri joriy yilning. 6-7 va 8-sentyabr kunlari Toshkentda oʻtkazilishi kutilayotgan Osiyo Yoshlar Konferentsiyasi bunga misol boʻla oladi.

Mazkur konferentsiya 6 ta yoʻnalish, yaʼni: ekologiya, turizm, ijtimoiy hayot, axborot texnologiyalari, huquq va iqtisodiyot sohalarini qamrab oladi. Qatnashuvchilar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishni tanlab, shu sohaga oʻz fikr va takliflarini bildirishlari, bu sohaning yaxshi va yomon tomonlarini qolganlarga koʻrsatib berishlari mumkin. Va ushbu sohaning hali yechilmagan muammolariga jamoa boʻlib birgalikda yechim topishga harakat qilanadi.

Konferentsiyani oʻtkazishdan maqsad yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini uygʻotish, boshqa yoshlarga motivatsiya berish va ularning oʻzlari uchun zarur boʻlgan bilimlarni qoʻlga kiritishlariga undash hisoblanadi. Konferentsiyaga 600 nafar yoshlar, shu jumladan, 500 nafar oʻzbekistonlik, 100 nafar chet ellik yoshlar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

Bundan maqsad esa, yoshlarimiz faqatgina oʻz doʻstlari bilan cheklanib qolmasdan, boshqa davlat yoshlari bilan ham maʼlum bir fikr almashishi, ular bilan yaqindan doʻst boʻlishlariga koʻmaklashishdir.

Vatanimiz ravnaki - yoshlarimiz baxt-saodatining asosiy shartlaridan biri boʻlib xisoblanadi. Bu yoʻlda munosib bilim va tarbiyaga ega boʻlgan, halol, pok, mehnatsevar, oʻz ishini mustaqil bajara oladigan odobli yoshlar boʻlishimiz bugungi kun talabidir.

Shunday ekan, siz ham roʻyxatdan oʻtishga shoshiling. Konferentsiyada 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha faol yoshlar ishtirok etish imkoniyatiga ega ekanligini unutmang! Oʻzingizni anglang, ishonchni his qiling, oldingizga maqsad qoʻying va uni albatta amalga oshiring.

Kuzning ilk kunlarida boʻlib oʻtadigan ajoyib konferentsiya nafaqat munozarali bahslarni, doʻstona muloqotlarni, balki Toshkent shahri boʻylab sayohatni va koʻngilochar oʻyinlarni ham oʻz ichiga oladi.
Sizni ham  konferentsiyada  kutib qolamiz!

Otabek PAHIMBAYeV, Qoraqalpoq  davlat universiteti 

geografiya va tabiiy resurslar  fakultetining 3-bosqich talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026