25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:45
Jamiyat 👁 598

OTABEK PAHIMBOYeV – OSIYo YoShLAP KONFEPENTsIYaSINING EKOLOGIYa YOʻNALIShIDA “ENG YaXShI MAQOLA MUALLIFI” VA “ENG FAOL PAIS OʻPINBOSAPI” NOMINATsIYaLAPI GʻOLIBI BOʻLDI

OTABEK PAHIMBOYeV – OSIYo YoShLAP KONFEPENTsIYaSINING EKOLOGIYa YOʻNALIShIDA “ENG YaXShI MAQOLA MUALLIFI” VA “ENG FAOL PAIS OʻPINBOSAPI” NOMINATsIYaLAPI GʻOLIBI BOʻLDI

Shu yilning 6-8-sentyabr kunlari Toshkent shahrida koʻplab olovqalb, vatanparvar yoshlarni oʻz bagʻriga jamlagan Osiyo yoshlar konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbek xalqaro huquq assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilgan  bunday nufuzli anjumanda yurtimizda hamda qoʻshni davlatlarda faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim muassasalarining faol va iqtidorli talabalari 6 ta yoʻnalish boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Konferentsiya ishtirokchilari safida Qilichboy ovulining yuqori qishloq mahallasida tugʻilib oʻsgan, hozir Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakultetining   3 kursida tahsil olayotgan Otabek Pahimboyev ham bor. U yoshlar uchun oʻz iqtidorlarini namoyish etish imkoniyati yaratilgan anjumanda ekologiya yoʻnalishi boʻyicha qatnashdi va bu boradagi “Eng yaxshi maqola muallifi” hamda “Eng faol guruh raisi oʻrinbosari” nominatsiyalari boʻyicha xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlandi. U rais oʻrinbosari boʻlgan ekologiya guruhi “Oʻzbekistonda ekologik madaniyatni oshirish va yashil iqtisodiyotga oʻtishning 5 yillik davlat dasturi”  mavzusida ishlagan loyihasi “Eng yaxshi loyiha” deb baholandi va faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

–  Konferentsiyadan olgan taassurotlarimni soʻz bilan ifodalay olmayman. Guruhimiz ishlab chiqqan loyiha birinchi oʻringa munosib koʻrilganini, ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan takliflarimizga  yuqori  baho berilgani bizni juda ruhlantirdi. Kelgusida bularga eʼtibor qaratilishiga ishonchimizni oshirdi – deydi Otabek Pahimboyev.

Anjuman tugagach, Oliy majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengashi  raisi B. Alixonov yoshlar bilan  uchrashib, suhbatlashdi. Shu yerning oʻzida bir guruh yoshlar Oʻzbekiston Ekologik Harakati jamoatchi inspektori qilib ishga olindi. Otabek Pahimboyev ham Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻyicha vakil qilib tayinlandi. Ularga shu yerning oʻzida guvohnoma ham taqdim etildi.

Otabek Pahimboyev erishgan yutuqlar biz ilk bosqich talabalarini ham qunt bilan oʻqib oʻrganishga,  intilishga daʼvat etadi. Zero, bizning yurtimizda har bir yoshning oʻz iqtidorini namoyish etishi uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Sevara Ismoilova
QDU 1-bosqich talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026