104 YoŞLI ONAXON HUZURIDA
Umr – oqar daryo. Goh şiddatli, toşqin, asov, gohida sokin. Inson umr daryosida şunday yaşab ötaveradi. Umrining sokin damlari – nuroniylikka yetganida yaşab ötgan yöllariga nazar taşlab, kimnidir armon, kimnidir puşaymon ezadi. Yana bir toifa insonlar qalbi xotirjam tortadi. Hayotidan, özi bosib ötgan umr yöllaridan köngli tölib, Yaratganga ming-ming şukronalar aytadi, ötayotgan har bir kunini ana şu şukronalik tuyğusi bilan şodon qarşilaydi.
Çoyköl ovulining Qoraqipçoq mavzesida Xadiça momo Bekanova ismli keksa onaxon yaşaydilar. Momoni hamqişloqlari faxr bilan:
– Acrni qaritgan matonatli enamiz, – deyişadi.
Qoraqipçoqliklarning bunday faxrli eʼtirofida jon bor. Xadiça momo yaqinda 103 yoşga tölib, umrining 104-bahoriga qadam qöydilar. Ötgan asrning 1917-yili boşida tavallud topgan onaxonning butun umri tumanimizning qişloq xöjaligi sohasida mehnat qilişdek fidoyilik onlarida keçdi. Bolaligi tuzum özgargan, odamlar ongida turli siyosiy qaraşlar, fikrlar xilma-xilligi hukm surayotgan oğir damlarga töğri keldi. Momo kolxozlaştiriş yillarida oddiy xalq boşidan keçirgan oğir damlarni doim xotirasida jonlantirib turadi.
Xadiça Bekanova. Öz davrida bu ism-şarif ançayin taniqli, jarangdor bölganini hamqişloqlari mamnuniyat bilan eʼtirof etişadi. 14-15 yoşidan yangi tuzilgan kolxozga aʼzo bölgan Xadiçaxon Bekanova kattalar bilan bab-baravar norma bajardi. Yelkasidan ketmoni tuşmagan bu mehnatkaş qiz öziga yaraşa şaddod, öta qatʼiyatli, har qanday muammoni ijobiy hal etişda öz şaxsiy fikriga ega edi.
Ayol-qizlar kolxoz işini amal-taqal bajarib yurganida Xadiça Bekanova, hatto ayrim erkaklardan ham köproq, samaraliroq işladi. 1930-1935-yillardagi yangi tuzilgan kolxozlarning dalalariga çigit qölda ekilar, yerlar hökiz, ot va eşak yordamida haydalardi. Eşak qöşilgan omoçning oldini tutib yurişni hamma ham uddalaşi mumkin, lekin ot va hökiz qöşilgan qöş oldini tutiş birmunça oğir bölib, buni faqat kuçli erkaklargina bajarardi. Lekin şaddod va uddaburon Xadiça Bekanova bu borada erkak qöşçilardan qolişmas, ot va hökiz qöşilgan omoç bilan yer haydaşda normani bir yarim, ikki baravar oşirib bajarardi.
Ikkinçi jahon uruşi boşlangan kezlar. Işga yaroqli erkaklarning barçasi uruşga ketgan, yaqindagina turmuş qurgan Xadiçaxonning ham umr yöldoşi Yöldoşboy Bekanov faşizmga qarşi janglarda jon olib jon berardi. Xalq tuşkun – har kuni bir dilxiralik yuz beradi. Kimningdir bolasi uruşga ketsa, xamqişloqlaridan qay birining farzandi bedarak ketganligi haqida xabar keladi yo kimningdir xonadonida aza oçiladi. Boz ustiga kamdan-kam oilalarninggina qora qozoni qaynaydi. Onalar oç-yupun, yuragi zabun bolalarini ergaştirib dalada işlar, kolxozning barça oğir-u yengil işi ayollar, keksalar va bolalar zimmasida edi.
Heç esidan çiqmaydi: Şunday oğir kunlarning birida öşa paytdagi Qipçoq tumanining bir guruh faollari Qoraqipçoq ovulida yiğin ötkazdi. Yiğinda qanday bölmasin, ekin-tikin pallasigaça Bosu kanalidan Qoraqipçoq ovuliga yangi yop – kiçik kanal qazib keltiriş haqida qaror qabul qilindi. Heç kim “kanalni kimlar qaziydi?” demadi. “Qanday qaziymiz, işçi kuçi yetişmaydi?” degan gap ham bölmadi. Lekin ertasiga işga yaroqli odam borki, kiçik yop qaziş işlariga boşçi qilib tayinlangan qişloq katxudosi Kenjaboy otaga ergaşişdi. Ular orasida Xadiça Bekanova ham bor edi. Tunni-tongga ulab işlaşgan öşanda. Qariyb ikki çaqirimça uzunlikdagi yopni qoraqipçoqliklar qölda qazib, ovul yerlariga suv olib kelişdi. Tuproq va loyni yelkalab taşişgan ovul ahli.
Eh-he, öşandan beri qança suvlar oqib ötdi. Qazuv işlariga boş bölgan Kenjaboy ota nomini olgan “Kenja yop” tufayli ovul-el, xonadonlar obod böldi. Paxta va boşqa dehqonçilik mahsulotlari yetiştiriş köpaydi. Oilalar röşnolikka yetişdi. Xadiça momolar zamonida qölda, bitta-bittalab çigit qadalgan yerlarda bugun iş tizimi tamoman özgaça. Odam iş kuçi örnini texnika egallagan. Hayot gurkirab rivojlanayotir. Har kuni bir özgariş, yangilaniş. Bu yangilanişlar içida Xadiça momoning özi ham borligidan quvonçi içiga siğmaydi.
Umri mehnatga egiz ötgan onaxon farzand tarbiyasida ham köplarga ibrat böldi. Umr yöldoşi, Alloh rahmat qilsin, Yöldoşboy ota bilan uç öğil bir qizni mehnatkaş, kasb-hunarli qilib tarbiyaladi. Öğillariga ergaşib xuddi özi kabi şaddod va uddaburon bölgan qizi Bibihojar Yöldoşeva traktorda çigit ekkanida, maşinada paxta terib butun Özbekistonga tanilganida Xadiça Bekanova xuddi onadan qayta tuğilganday sevindi. Öğli Örozimbat oliy öquv yurtini tugatib, öqituvçilik qilib yurganini körgan onaxon faxr-u iftixordan tölib-toşdi. Har bir farzandining yutuğidan bir yaşnab-yaşardi göyo.
Olis yoşlik yillarida goh temir yöl qurilişida işlagan, goh kökragini kerib, hökiz qöşilgan omoç bilan kolxoz yerini haydab, qölda çigit ekkan, tonnalab paxta tergan kunlari ortda qolganidan, dorilomon kunlarga yetganidan Allohga şukri beadad köp bugun onaxonning.
Xadiça momo 104 yoşga qadam qöydilar. Umrining şu nuroniy pallasida ham köngli toşib turadigan onaxon har kuni boğ-u roğini birrov aylanişni, nevaralari bilan hovlida sayr qilişni xuş köradilar. Çamandek oçilib yotgan gulzorga har boqqanida köngli gulday yaşnab ketadi momoning.
Bugun Xadiçaxon momo Bekanovaning atrofida nevara kelinlar, çevara-yu evaralari parvona. 50 nafardan ziyod nevara-çevaralari momoni bir zum yolğiz qoldirişmaydi. Biri şeʼr aytib bersa, boşqalari har xil öyinlar öynab, enajonini xursand qiliş payida bölişadi.
Biz ijodiy guruhimiz bilan momoni ziyorat qilgan kunimiz onaxonni nevaralari, kelinlari qurşovida kördik. Hazilkaş, suhbatlaşişni xuş köradigan onaxon ketar çoğimizda oddiygina xayr-xöş, deb qolişni öziga ep körmadilar.
– Xudoga şukur, kuç-quvvatim bor, – deya bizni özlari hovligaça quzatib çiqdilar va uzundan-uzoq duo qildilar.
Prezidentimizga omonlik, xalqimizga tinçlik, xonadonlarga, har bir insonga röşnolik va baxt-saodat, el-yurtga tinçlik tiladilar. Momo bilan xayrlaşarkanmiz, mening könglimda ajib ber şeʼr tuğildi.
Onalar duosi asragay bizni,
Asragay Vatanni, har öğil-qizni.
Oppoq tonglar otar röyi zaminda
Hayot hadya etar yoruğ kunduzni.
Robiya YÖLDOŞEVA,
Çoyköl ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶