YuKSAK MUKOFOTLAP MUBOPAK!
Mamlakatimizda 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni tantanali nişonlandi, şu barobarida tumanimizda ham. El-yurt ardoğidagi öqituvçilar, öz sohalarining fidoyilari bölgan murabbiy-ustozlar Özbekiston va Qoraqalpoğiston Pespublikalari faxriy unvonlari, orden va medallari hamda kökrak nişonlari bilan taqdirlandilar.
Şu munosabat bilan 30-sentyabr kuni Nukus şahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesining raisi M.Yerniyazov yurtimizda taʼlim sohasini rivojlantiriş, malakali kadrlarni tayyorlaşdek şarafli vazifani ado etişga qöşgan munosib hissasi, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişdagi ulkan xizmatlari uçun davlatimizning va Qoraqalpoğiston Pespublikasining faxriy unvonlari, orden va medallari, kökrak nişonlari bilan taqdirlangan öqituvçi va murabbiylarga uşbu mukofotlarni tantanali ravişda topşirdi.

Mukofotlanganlar orasida “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari masʼul kotibi, otaxon jurnalist Allambergan Jumaniyozov, tuman xalq taʼlimi bölimi rahbari Otabek Yöldoşovlar ham bor.
Ustoz jurnalist Allambergan Jumaniyozov Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumi Qaroriga köra, “Qoraqalpoğiston Pespublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan, tuman xalq taʼlimi bölimi rahbari Otabek Yöldoşov “Vatan fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar.

Ustoz-jurnalist Allambergan Jumaniyozovni, yoşlarning sevimli ustozi, xalq taʼlimi va ona Vatan fidoyisi Otabek Yöldoşovni hayotlaridagi uşbu quvonçli kun bilan muborakbod etamiz. Yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, maʼnan barkamolligi yölidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat, soğlik tilaymiz.

“Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari,
Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoalari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶