ÇEVAR QIZLAR USTOZI
Tabiat har bir insonga qobiliyat, isteʼdod ato etadi. U vaqtida berilgan töğri tarbiya, rivojlantiriş, intiliş orqali yuzaga çiqadi. Isteʼdodni öz vaqtida ilğab, şakllantirişga kömak beradigan, kasb va hunarga yönaltirib, hayotda yöl körsatadigan uluğ zot esa ustozdir.
Bugungi kunda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar badiiy ijodiyot markazida 1152 nafar öquvçi fidoyi ustozlardan kasb-hunarning boşlanğiç sirlarini örganmoqda va öz qobiliyatlarini rivojlantirmoqda.
Markazda “Badiiy ijodiyot” yönalişida öquvçilarga töqiş va biçiş-tikiş hunarini örgatib kelayotgan Gulasal Allamberganova eng masʼuliyatli tögarak rahbarlaridan hisoblanadi. Öz kasbining jonkuyari bölgan qahramonimizning bu sohada faoliyat boşlaganiga 30-yil böldi. U 1986-yilda Qarşi şahridagi Pedagogika bilim yurtini tugatib, Taxiatoş şahridagi 9-sonli maktabda yöllanma bilan ilk iş boşlagan kunidanoq öquvçilariga çin dildan mehr berdi.
Maktab öquvçilariga darslarda mehnatning foydali jihatlarini örgatib, kiçik yoşdan kasb-hunarga yönaltirdi. Gulasal Allamberganova keyinçalik tumandagi umumtaʼlim maktablarida pedagogik faoliyatini davom ettirdi. “Barkamol avlod” bolalar badiiy ijodiyot markazida esa 2012-yildan işlay boşladi.
Tögarakda har yili 40-50 nafardan ziyod qizlar hunar örganişadi. Dastlabki maşğulotlarda töqiş va tikiş, biçiş asboblaridan foydalaniş, keyinçalik xom-aşyolarning turi, sifatiga qarab tanlaş, işlatiş örgatiladi. Şundan söng ular turli kiyim-keçaklar töqiş va tikiş, oddiy sintetik iplardan rözğorda foydalaniladigan buyumlar tayyorlaşni örganib olişadi.
Gulasal opa kabi jonkuyar, fidoyi ustozlar tufayli inson hayotda öz örnini topa oladi, qadr-qimmatga ega böladi. Erişilgan neki yutuq, muvaffaqiyat bölsa, barçasida ularning hissasi bor. Ustoz va murabbiylar şu boisdan yuksak ehtiromga loyiq insonlardir.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶