Ona tilimizning fidoyi tarğibotçisi
Bugun yurtimizda taʼlim tizimiga berilayotgan katta eʼtibor şu sohada faoliyat körsatayotgan har bir xodimning öz kasbiga, faoliyatiga bölgan masʼuliyatini oşirib, öqituvçilar qalbida faxru iftixori tuyğularini yuksaltirmoqda.
Ayniqsa bu eʼtibor va rağbat pedagog xodimlarni öz sohasida çuqur izlanişlar olib borib, yoşlarga berilayotgan taʼlimning sifat va samaradorligini yanada oşirişga undamoqda.
2013-yilda Nukus Davlat pedagogika institutini tamomlab, tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berayotgan Nigora Ismoilova ham mana şu maqsad yölida harakat qilayotgan fidoyi öqituvçilarning biridir.
Nigora oliy öquv yurtini tugatib, uşbu maktabda iş boşlagan dastlabki davrlarida unga maktabda köp yillardan buyon faoliyat körsatib kelayotgan Hulkar Qurbonboyeva va Aziza Abdurahmonova singari tajribali hamkasblari ona tilini öqitiş uslublarini va kasb sirlarini örgatdi.
Öz ustida tinmay işlaşi, dars ötişning ilğor usullaridan foydalanişi, ustoz öqituvçilar tajribalariga suyanişi natijasida köp ötmayoq u faol öqituvçilar safidan örin oldi.
Ayni kunda Nigora Ismoilova tomonidan öquvçilar örtasida ötkazilayotgan “Yoş kitobxon” musobaqasi, muşoira va maqol aytişuv tadbirlari öquvçilarning ona tili va adabiyot fanlariga bölgan qiziqişni yanada oşirmoqda.
Yoş öqituvçining taʼlim berişda bor bilim va mahoratidan, ilğor tajribalardan foydalanib iş körişi uning öquvçilari erişayotgan muvaffaqiyatlarda közga taşlanmoqda. Maktab öquvçisi Diyora Boltaboyeva kabi şogirdlari “Bilimlar bellaşuvi”ning tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida qator yutuqlarni qölga kiritgani Nigorani yanada köproq mehnat qilişga, öquvçilar bilan yanada faol işlaşga ruhlantirmoqda.
Dars ötiş jarayonida interfaol uslublardan foydalaniş Nigora uçun katta imkoniyatlar eşiklarini oçib berayapti. Malakali öqituvçi oktyabr oyi davomida ötkazilayotgan “Ona tili va adabiyot fan oyligi” doirasida köplab tadbirlar taşkil qilib, öqituvçilarning ona tiliga, adabiyotga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişga harakat qilmoqda.
15-oktyabr kuni maktabning 10-sinfida öquvçilarning bilimini oşiriş, fikrlaş doirasini kengaytiriş maqsadida oçiq dars ötkazilib, unda öquvçilarning ona tilimizni qançalik çuqur özlaştirgani, özbek adabiyotidan qançalik darajada xabardor ekani yana bir bora sinovdan ötkazildi.
Oçiq dars paytida öquvçilar guruhlarga ajratilib, ularga har xil qiziqarli mavzularda matnlar yoziş vazifalari topşirildi. Maşğulotlar va musobaqalarda öquvçilar faol iştirok etişib, munosib tarzda rağbatlantirildi.
Nigora Ismoilova faqat fan oyligi doirasidagina emas, doimiy ravişda öquvçilar örtasida turli qiziqarli tadbirlarni ötkazib, yoşlar qalbida ona tilimizga bölgan hurmat-eʼtiborni, undan faxrlaniş tuyğularini oşiriş yölida izlanib, faol iş olib bormoqda.
Biz öz kasbiga ixlos qöygan jonkuyar muallima Nigora Ismoilovaning kelgusi işlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mana şunday fidoyi va jonkuyar öqituvçilar bor ekan, ona tilimizning qadru qimmatini his qilib, unga hurmat bilan munosabatda böladigan yoşlar safi ortib boraveradi.
A.Jumaniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶