TIBBIYoT XODIMLARI MEHNATI QADRLANAYoTGANI BIZGA KUÇ-QUVVAT BAĞIŞLAYDI
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi. Bu aholi salomatligini saqlaş yölida fidoyilik namunalarini körsatayotgan yurtimizdagi barça tibbiyot xodimlari mehnatiga hurmat-ehtirom namunasi, deb bilaman.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham aholiga tibbiy yordam körsatişning zamonaviy tizimini şakllantiriş, tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Ötgan davrda qişloq vraçlik punktlari, şahar va qişloq oilaviy poliklinikalarini taşkil etiş orqali birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş tizimi takomillaştirildi hamda aholining uşbu xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirildi. Şoşilinç tibbiy yordam körsatişning yagona markazlaşgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam körsatuvçi respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmoği takomillaştirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça qator maqsadli milliy dasturlar amalga oşirildi. Bolalarning irsiy va tuğma kasalliklar bilan tuğilişining oldini oliş maqsadida skrining markazlari taşkil etildi.
Tibbiyot tizimida amalga oşirilgan islohotlar natijasida tumanimizda örtaça umr köriş davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6-yilga oşdi va bugungi kunda 73,7-yilni taşkil etmoqda. Kelgusida sohada xususiy soğliqni saqlaş tizimi, davlat - xususiy şerikligini va tibbiy turizmni rivojlantiriş kabi kölamdor vazifalarni amalga oşiriş bu körsatkiç yanada yuksalişiga zamin böladi.
“Tibbiy isloh qiliş” Davlat dasturi asosida tibbiyot birlaşmasini hozirgi davr talablariga moslaş uçun 2018-yilda 2 mlrd. 250 mln., 2019-yilda 673 mln. sömlik taʼmirlaş işlari amalga oşirilgan. Jumladan, 2018-yilda Qiliçboy ovuli hududidagi 7-sonli QOPda 980 mln. sömlik, Oq oltin ovuli hududidagi 3-sonli QOPda 890 mln. sömlik, Xitoy ovuli hududidagi 6-sonli QOP binosida 650 mln. sömlik kapital taʼmirlaş işlari bajarildi.
Aholiga birlamçi tibbiy sanitariya xizmati körsatiş sifatini yaxşilaş maqsadida 2020-yilda Kuyuk köpir ovulidagi 5-sonli QOP binosini 3,2 mlrd. söm byudjet mablaği hisobiga yangidan zamonaviy uslubda quriş, Dörman ovuli hududidagi QOP binosini 2021-yilda 2 mlrd. söm byudjet mablaği hisobiga kapital rekonstruktsiya qiliş, Qangli ovuli hududidagi “Qangli” QVP binosini 1 mlrd. söm byudjet mablaği hisobiga joriy taʼmirlaş rejalaştirilgan.
Davolaş va taşhisni aniqlaşda zamonaviy usullardan va yangi tibbiy asbob-uskunalardan keng foydalaniş uçun tuman Tibbiyot birlaşmasiga 2018-yilda 390 mln. sömlik va 2019-yilda 570 mln. sömlik tibbiy asbob-uskunalar xarid qilindi.
2019-yilning ötgan davrida birlaşmamiz böyiça 38 nafar vraç, 34 nafar örta tibbiyot xodimlari malaka oşirdilar.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi Tez tibbiy yordam bölimida aholiga birlamçi tez tibbiy yordam körsatiş uçun 10 ta şoxobça Manğit şahri markazida 4 ta, ulardan 1 tasi Reanimatsion brigada orqali xizmat qilmoqda.
Bolalarda yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça ehtiyotdan emlaş muolajalari reja asosida haftaning belgilangan kunlarida olib borilmoqda. 2019-yilning 9 oyida jami 12 ming 413 nafar bolalar kasalliklarga qarşi emlandi.
Odam papilloma virusiga qarşi vaktsinaning 2019-yil oktyabr oyidan milliy emlaş kalendariga joriy qilingani – bu kelajakda ayol-qizlarimizni baçadon böyni saratoni kasalligidan himoya qilişga xizmat qilişi bilan juda ahamiyatlidir.
Tumanda 221 nafar patronaj hamşiralar öz xizmat vazifalari, bilimi, mahorati va tibbiy madaniyati böyiça töliq tayyorgarlikdan ötib, el salomatligi yölida fidoyilik qilmoqda. Tibbiyot birlaşmasining 38 nafar patronaj xizmati hamşiralariga olis qişloqlardagi aholi xonadonlariga qatnovni amalga oşirişlari uçun xizmat velosipedlari berildi.
Şu örinda aytiş kerakki, patronaj hamşiralari yoş oilalar, fertil yoşdagi ayollar, bolalar va ösmirlar salomatligini öz vaqtida kuzatib boriş bilan birga özlariga biriktirilgan aholi xonadonlariga muntazam ravişda borib, turmuş tarzi, sanitariya holatlarini ham örganişmoqda. Xonadonlarda şaxsiy gigiyena qoidalari, ovqatlaniş madaniyati, hovlidagi çiqindilarni yiğiş va çiqariş tartiblari böyiça suhbatlar ötkazişmoqda. Har bir uydagi oşxona, hojatxona, yuviniş xonalarini toza tutiş, ularni belgilangan tartibda saqlaş qoidalarini tuşuntirişmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, şifokorlar, örta tibbiyot xodimlari moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlanmoqda.
Buningdek eʼtibor bizni yana ham sidqidildan mehnat qilişga undaydi.
Bizning asosiy maqsadimiz tumanimiz aholisining soğlom yaşab, baxtiyor, farovon turmuş keçirişlariga erişişdir.
Tumanimiz tibbiyot sohasi faxriylari va xodimlarini tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor tabriklab, olijanob, şarafli va masʼuliyatli işlarida omadlar tilayman.
Endirboy ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği,
Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan tibbiyot xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶