DAVLAT XIZMATLAPI MAPKAZI JOYLAPGA ÇIQQAN HOLDA PULLIK EKSPPESS XIZMATLAP KÖPSATMOQDA
Endi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yanada kengroq qulayliklar yaratiş maqsadida joylarga çiqqan holda ekspress-xizmatlar körsatiş yoölga qoöyilmoqda. Uşbu yangi xizmat turi Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevralda eʼlon qilingan “Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini yanada kompleks rivojlantiriş çoralari haqida”gi Qarori asosida va unga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Nizom asosida taşkil etildi.
Ekspress-xizmatlar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarning murojaatlariga köra, murojaat etuvçining manziliga çiqqan holda koörsatiladi.
Ekspress-xizmatlardan foydalaniş murojaat etuvçilar uçun ixtiyoriy hisoblanadi.
Mazkur xizmat turlariga maxsus blanka rasmiylaştiriş talab etilmaydigan davlat xizmatlari, davlat xizmatlarini körsatiş uçun hujjatlarni qabul qiliş, davlat xizmatlarini körsatiş natijasiga köra tayyorlangan hujjatlarni murojaat etuvçi körsatgan manzilga yetkazib beriş kabilar kiradi. Murojaat etuvçi ekspress-xizmatdan barça şaklda foydalanişi yoki ulardan birini tanlaşi mumkin.
Ekspress-xizmatlar nogironligi bölgan şaxslar va boriş qiyin bölgan hududlar aholisiga Özbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boşqarmalari tomonidan belgilangan jadvalga asosan bepul körsatiladi.
Nogironligi bölgan şaxslarga mazkur imtiyozdan foydalaniş uçun tegişli tarzda nogironlikni tasdiqlovçi hujjatlar asos böladi. Murojaat yakka tartibdagi yoki jamoaviy murojaat körinişida bölişi mumkin. Yakka tartibdagi murojaat jismoniy yoki yuridik şaxsnning özi uçun, jamoaviy murojaatda ikki yoki undan ortiq jismoniy şaxs yoki yuridik şaxsning ikki yoki undan ortiq xodimlariga ekspress-xizmat körsatiş közda tutiladi.
Ekspress-xizmat uçun tölov jismoniy şaxslar tomonidan markaz xodimi, bank kassasi va elektron tölov tizimlari orqali, yuridik şaxslar tomonidan pul ötkaziş yöli bilan yoki korporativ plastik karta orqali amalga oşiriladi.
Murojaat etuvçi ekspress-xizmatni oliş uçun markazga şaxsan özi kelib, telefon, veb-sayt yoki Telegram-bot orqali murojaat qilişlari mumkin.
Davlat xizmatlarini körsatiş natijasiga köra, tayyorlangan hujjatlarni murojaat etuvçi körsatgan manzilga yetkazib beriş murojaat etuvçining ixtiyoriy tanloviga asosan tezkor va boşqa poçta xizmatlari orqali ham amalga oşirilişi mumkin.
Sanjarbek Jumaniyozov,
tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶