“Biz OITSga qarşimiz”
Bugungi kunda sayyoramizda qirq milliondan ortiq inson orttirilgan immunitet tanqisligi kasalligiga çalingan. Şu boisdan ham kasallikning tarqalib ketişining oldini oliş uçun butun dunyo miqyosida hamkorlikda kuraş olib borilmoqda.
Kasallik belgilari darhol namoyon bölmasligi, odam 10-12-yilgaça OIV virusi yuqtirganini sezmay virus taşib yurişi mumkinligi unga qarşi kuraşning ham nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi.
Uşbu maşʼum kasallikka çalinganlar orasida turli sabablarga köra yaşaş joylarini özgartirgan, öqiş, işlaş maqsadida çet ellarga çiqib, uzoq muddatlar öz oilasidan ayro yaşaganlar köpçilikni taşkil etadi.
Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, uşbu kasallikning tarqalişining asosiy sababi – zino, axloqsizlikdir. Şu boisdan ham ösib kelayotgan yoş avlod qalbida xalqimizning asrlar oşa avloddan avlodga meros bölib kelayotgan odob, ozodalik, sadoqat kabi insoniy fazilatlarni, soğlom turmuş tarzi afzalliklarini çuqur singdiriş muhim vazifa hisoblanadi.
1 dekbar – Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni - butun dunyoda OITSning halokatli oqibatlaridan ommaning xabardorligini oşiriş, soğlom turmuş tarğiboti kuni sifatida nişonlanadi.
Sana munosabati bilan tumanimizda ham kasallik haqida aholini xabardor qiliş, ayançli oqibatlarini tarğib qiliş maqsadida köpgina tadbirlar ötkazildi.
28-sonli maktabning biologiya fani öqituvçisi Tölğonoy Kenjaboyeva yuqori sinf öquvçilari iştirokida ötkazgan “Biz OITSga qarşimiz” mavzusidagi tadbiri ham şu maqsadga qaratildi.
Tadbir avvalida yuqori sinflar öquvçilari orasida şu mavzuda inşolar, rasmlar tanlovi eʼlon qilindi. Taqdim etilgan ijodiy işlar maktab maʼmuriyati bilan bamaslahat odilona baholandi va tadbirda ğolib öquvçilar eʼlon qilinib, taqdirlandi.
Tadbirda 1-dekabr sanasi har yili yurtimizda va butun dunyoda soğlom turmuş tarzi tarğiboti sifatida nişonlanişi va kasallikka qarşi kuraş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼruza öqildi. Şundan söng öquvçilar haqiqiy insoniy fazilatlar, yurtga fidoyilik tarannum etilgan şeʼrlar ijro etdilar.
2 ta 10-sinflar öquvçilari ota-onasining qarşiligiga qaramay özga yurtlarga işlaş uçun ketib, nomaqbul kimsalarga qöşilib qolgan yigitning ayançli qismatini sahna körinişi orqali ifodalab berdilar.
Tadbir barça öquvçilarda çuqur taassurotlar qoldirdi, soğlom turmuş afzalliklarini köngillariga muhrladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶