Boşlanğiç taʼlimda samaradorlikni oşiriş orqali uzluksiz taʼlimning poydevori mustahkamlanadi
Yurtimizda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar uzluksiz taʼlim tizimini joriy etiş, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor şaxsni tarbiyalab voyaga yetkazişda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Özbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi” talablarini amalga oşiriş jarayonining birinçi bosqiçida muayyan yutuqlarning qölga kiritilganligi esa sifat bosqiçini yanada yuqori kötarişga imkon bermoqda.
Taʼlim tizimi samaradorligini oşiriş, eng avvalo, öquvçining qobiliyatlarini hisobga oliş bilan ölçanadi. Bu muammoni taʼlim-tarbiya tizimida pedagogika va psixologiya sohasidagi fundamental nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etiş, taʼlim sohasida integratsiyalaşuv jarayonini tezkor yölga qöyiş, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniş, fanga nazariy yondaşuvni mustahkamlaş orqali hal etiş mumkin.
Komil inson qiyofasida aks etişi zarur bölgan sifatlar sirasidagi ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta özlaştiriş, zamonaviy texnika va texnologiyalar xizmatidan foydalana oliş kabi malakalar uzluksiz taʼlim tizimining poydevori hisoblangan boşlanğiç taʼlim jarayonida şakllanadi. Jamiyat taʼlim tizimi oldiga qöygan vazifalarning neçoğli sifatli bajarilişi aynan boşlanğiç taʼlim samaradorligiga bevosita boğliqdir.
Maktab hayotining birinçi bosqiçi uçun şu narsa xarakterliki, bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat qiluvçi öqituvçining yangi talablariga böysunadi. Şuningdek, öquv fanlarining mazmuniga qiziqa boşlaydi.
Maktabga qadam qöyişi bilan bola hayotida muhim özgarişlar sodir böladi. U yangi rejimning ayrim muhim odatlarini özlaştiradi, öqituvçi va örtoqlari bilan işonçli munosabatlar örnatadi. Öquv materiali mazmuniga nisbatan paydo bölgan qiziqiş asosida unda öqişga bölgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi. Bu yoşdagi bola idrokining ötkirligi va sofligi, qiziquvçanligi va xayolining yorqinligi hammaga maʼlum. Buni uning öyinida, rasm çizişida, loy va plastilindan narsalar yasaşida, oddiy quriş-yasaş maşğulotlarida yaqqol kuzatiş mumkin.
Kiçik maktab yoşi davomida bolalarning öqişga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Dastlab ular öqişga umumiy holda ijtimoiy faoliyat sifatida intilişadi. Keyin esa ularni öquv işining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat bola öquv faoliyatining içki mazmuniga qiziqib, öquv-nazariy vazifalarni aniq- amaliy vazifalarga mustaqil özgartiradi. Qiziqişning şakllaniş qonuniyatlarini tadqiq etiş zamonaviy bolalar va pedagogik psixologiya vazifalaridan biridir. Öquv jarayoni va öquv fanlariga qiziqiş öquvçilarning idrok, diqqat, xotira, tafakkur kabi ruhiy jarayonlariga boğliq.
Şuhrat ALLANAZAROV, 11-sonli umumiy örta taʼlim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶