KASB FIDOYISI
Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik – Özbekiston Pespublikasi yoşlarini harbiy xizmatga tayyorlaşning muhim bosqiçi bölib, umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf öquvçilarining boşlanğiç harbiy bilimlarini şakllantirişga xizmat qiladi.
20-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Marat Setdarov yuqori sinf öquvçilariga çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani böyiça taʼlim berib kelmoqda.
U 1980-1982-yillarda harbiy xizmatda böldi. Harbiy xizmatdan kelgaç, 1983-1987-yillarda Buxoro Davlat Pedagogika institutining boşlanğiç harbiy taʼlim va jismoniy tarbiya fakultetida tahsil oldi. Zahiradagi ofitser – katta leytenant Marat Setdarov 1987-yildan 20-sonli maktabda çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ustozlarning mehnatlari samarasi, albatta, şogirdlar erişayotgan yutuqlarda namoyon böladi. Marat Setdarovning öquvçilari Respublika miqyosida ötkaziladigan musobaqalarda faol iştirok etişmoqda va faxrli örinlarni egallab kelmoqda. Maktab öquvçilardan taşkil qilingan “Yoş qutqaruvçilar” jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan musobaqada 3-örinni egalladi. “Temurbeklar” jamoasi ham faxrli örinlarni qölga kiritib, maktabning faxriga aylandi. U samarali mehnatlari uçun “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan mukofotlandi.
Ustozning hozirgi kunda harbiy va boşqa sohalarda faoliyat olib borayotgan juda köplab şogirdlari bor. Yurtimiz ravnaqiga öz hissalarini qöşayotgan şogirdlari bilan u doim faxrlanadi.
Çaros ARSLONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶