Yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş böyiça yiğiliş ötkazildi
Tuman hokimligining kiçik majlislar zalida Respublika işçi guruhining ommaviy uçraşuvlari doirasida Özbekiston Içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Rustam Hotamov yoşlar iştirokida yiğiliş ötkazdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri Aytbay Temirxanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari Islom Ahmedov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov hamda tumanning faol yoşlari, Probatsiya bölimi nazoratidagi, uyuşmagan, iş bilan band bölmagan yoşlar qatnaşişdi.
Vazir örinbosari Rustam Hotamov dastlab, sönggi yillarda Prezidentimiz tomonidan yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan şart-şaroitlar haqida söz yuritdi. Köpçilik yoşlar asosan bekorçiligi, huquqiy savodxonligining pastligi, özi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmişini töğri baholay olmaganliklari, uşbu harakat jinoyat yoki huquqbuzarlik ekanligini anglab yetmaganliklari oqibatida şu işlarga yöl qöyib, jinoyat sodir etayotganligini aytib ötdi. Söngra, yoş avlod örtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, ularga har bir jinoyat yoki huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanligini tuşuntiriş, ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, öz vaqtida jinoyatçilikning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Tuman Içki işlar bölimining xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Dilafröz Şarifova ham tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda yoşlar jinoyatçiligini barvaqt profilaktika qiliş böyiça har oyda tarğibot dekadalari, tuşuntiriş işlari, turli loyihalar tizimli ravişda taşkil etilayotganligini, natijada tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarni kamaytirişga erişilgani haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, tumanda yoşlar bandligini taʼminlaş, ularni turli tögaraklarga jalb etiş hamda tarbiyasi oğir, jinoyat sodir etişga moyilligi bölgan yoşlarning ham ezgu ğoyalari, taşabbuslari bilan tanişib, ularni amalga oşiriş uçun kömak berilayotgani, şaroitlar yaratilayotgani haqida gapirdi.
Yiğilişda muqaddam jinoyat sodir etib, tuman Probatsiya bölimi nazoratida turgan 10 nafar yoşlar bilan alohida suhbat ötkazildi. Hozirgi kunda ularning qanday işlar bilan bandligi, yaşaş şaroitlari va duç kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Ularga endilikda foydali mehnat bilan şuğullanib, öz hayotlarini töğri yölga solişlari, jamiyat ravnaqiga öz hissalarini qöşişlari kerakligi tuşuntirildi.
Uçraşuv doirasidagi yiğiliş söngida yoşlar hayotidagi muammolarga doir murojaatlarni tinglandi. Iş bilan band bölmagan yoşlardan 6 nafari bandligini taʼminlaş böyiça murojaat qildi. Xitoy ovulida yaşovçi Doniyor Hayitboyev esa hudud yoşlari sport bilan şuğullanişi uçun futbol maydonçasi qurmoqçi ekanligini aytib, kredit va yer maydoni ajratilişi masalasida kömak söradi. Yoşlarning murojaatlar şu yerning özida örganilib, bu böyiça mutasaddi rahbarlarga topşiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Barça uçun qiziqarli ötgan tadbir davomida kelajagimiz yoşlar qölida bölganligi bois ular tomonidan jinoyat, huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik taşabbuslari çiqişi kerakligi, bunday işlar amalga oşirilişini taʼminlaş uçun barçamiz birdek harakatda bölmoğimiz kerakligi taʼkidlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶