25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:53
Jamiyat 👁 589

MAMLAKATIMIZDA 2020-YILDA ILM-MAʼPIFAT YuQOPI POGʻONAGA KOʻTAPILADI, QIZLAP OLIY TAʼLIM OLIShI UChUN QOʻShIMChA IMTIYoZLAP BEPILADI

MAMLAKATIMIZDA 2020-YILDA ILM-MAʼPIFAT YuQOPI POGʻONAGA KOʻTAPILADI, QIZLAP OLIY TAʼLIM OLIShI UChUN QOʻShIMChA IMTIYoZLAP BEPILADI

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, avvalo, oʻqituvchilar, olim va ziyolilarga koʻrsatilayotgan hurmat va ehtiromda oʻz ifodasini topgan, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilaridan tortib oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, olim va akademiklarning mehnatiga haq toʻlash, ularni alohida yutuqlari va xizmatlari uchun moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlari jamiyatimizda ilm-fan, taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilariga koʻrsatilayotgan beqiyos katta hurmatdir.

Men bugun Prezidentimizning parlamentga Murojaatini tinglab, barcha sohalarni yuksak taraqqiy ettirish, Oʻzbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olishiga erishishning asosiy kaliti – bu ilm-maʼrifatni yuksaltirish, bilimdon, yuqori salohiyatli yoshlarni tarbiyalash, har bir inson oʻzini islohotlarning haqiqiy jonkuyari sifatida namoyon etishida ekanligini yana bir bor his etdi.
Prezidentimiz jon kuydirib aytayaptilarki, “ilm-maʼrifatsiz iqtisodiyot emas, bizga ilm-maʼrifat bilan uygʻun rivojlangan iqtisodiyot kerak!” Aynan shunday uygʻunlikni taʼminlash maqsadida 2020-yilga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berdilar.

Oʻz-oʻzidan ayonki, yilimizga berilgan nomga mutanosib ravishda ilm-fan rivoji uchun yanada dadil qadamlar qoʻyiladi. Prezidentimiz oʻz nutqlarida ilmga intiluvchan, salohiyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qoʻshimcha imtiyozlar yaratish, grantlar va yoshlarning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun yaratiladigan imkoniyatlar, bajariladigan ishlar salmogʻi yanada oshirilishini alohida eʼtirof etdilar.

2020-yil davomida xotin-qizlarning kichik biznes loyihalari uchun 100 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishi, 1 ming 576 nafar uy-joyga muhtoj ayollar uy-joyga ega boʻlishlari uchun byudjet mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal toʻlab berilishi, bundan tashqari, oliy taʼlim olishni xohlagan qizlarimizga alohida imtiyozlar berilishini eʼtirof etganlarida, nafaqat zaldagi yigʻilish ishtirokchilari, balki butun mamlakatimiz ayol-qizlari cheksiz quvondilar.

Nazarimda, mamlakatimizda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan bu kabi hurmat va ehtirom, eʼtibor hech qachon boʻlmagan. Buni tan olishimiz kerak. Agar yilimizning oʻziga xos nomlanishidan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshiriladigan jamiki ezgu ishlarda ham ayol-qizlarimiz peshqadam boʻladilar. Bunga aslo shak-shubha yoʻq. Chunki ilm-fan, taʼlim tizimi, moliya va iqtisodiyot sohasi fidoyilarining eng jonkuyarlari, elim, yurtim degan zabardast xodimlari, olim-u fuzalolari orasida ayol-qizlar juda koʻpchilikni tashkil qiladi.

Prezidentimiz oʻz nutqlarida barcha sohalarda korruptsiyani tag-tomiri bilan yoʻqotish haqida alohida toʻxtaldilar. Chunki jamiyat taraqqiyotiga monʼelik qilayotgan eng katta illat – bu tanish-bilishchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, boshliqning bolasi – boshliq, dehqonning bolasi – dehqon boʻlishi kerak, degan oʻta sayoz, toʻgʻrirogʻi, oʻta yomon tushunchadir. Garchi, biz jamiyatni ana shu illatdan tozalamas ekanmiz, Prezidentimiz oʻz Murojaatnomalarida ilgari surayotgan tashabbuslarni amalga oshirishimiz, tahliliy koʻrsatkichlarga erishishimiz murakkabligicha qolaveradi. Prezidentimizning  har qanday korruptsion koʻrinishga murosasizlik bilan bildirgan fikrlari xalqimiz dilidagi fikrlarga hamohang boʻldi.

2020-yilda 6 yoshli bolalarni bir yillik taʼlim bilan qamrab olish uchun 130 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi haqidagi soʻzlari ham davlatimiz rahbarining  uzoq kelajakni koʻzlab qilayotgan saʼy-harakatlarining yorqin ifodasidir. Chunki bunda 6 yoshli bolada nafaqat ilm egallashga koʻnikma hosil qilinadi, balki bola ilmga intilishi jarayonida hayotga ham tayyorlab boriladi.

Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasini orziqib kutgan edim. Men ushbu Murojaatnomaning har bir satridan xalqimiz hayotiga chuqur maʼno va mazmun baxsh etuvchi maʼnolar, mohiyatlar topdim. “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da bu maʼnolar, mohiyatlar – hayotimizga chuqur mazmun baxsh etadi.

Pobiya YOʻLDOShEVA, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026